Taklif egri chizig‘i – ma’lum bir vaqt davomida turlicha narxlar
bo‘yicha sotuvchilarning sotishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlari
miqdorining grafikda ifodalanishi.
Taklif elastikligi (egiluvchanligi) – narxning o‘zgarishi ishlab
chiqaruvchi (sotuvchi)larga qanday ta’sir qilishi, ya’ni ularning
narxlarga ta’sirchanligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Taqsimot – xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida resurslarni,
ishlab chiqarish omillarining egalari o‘rtasida esa yaratilgan
mahsulotning taqsimlanishini ifodalovchi jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |