٧٢
(
"(Ey Muhammad), ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha
ustingizda mangu qilib qo‘ysa, Allohdan o‘zga qaysi bir iloh sizlarga biron yorug‘lik keltira
olur?! Axir anglamaysizlarmi?" Ayting: Xabar beringiz-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat
kunigacha ustingizda mangu kilib qo‘ysa, Allohdan o‘zga qaysi bir iloh sizlarga orom oladigan
kechani keltira olur?! Axir ko‘rmaysizlarmi?" («Qasos», 71-72).
Kecha va kunduzning muntazam ravishda almashinib turishi, ular o‘rtasidagi muvozanatning
saqlanishi, tun qisqarsa, kunning uzayishi va aksincha kun qisqarsa tunning uzayishi — borliqning
yagona yaratuvchisi — Allohdandir. Insonlar tomonidan eng mukammal yaratilgan soatlar ham bir
kecha-kunduzda ma’lum daqiqalarga "adashadi", biroqkun bilan tunning almashishi, fasllarning bir-
biriga joy berishi, ular bilan bog‘liq turli mavsumiy, Alloh tomonidan belgilab qo‘yilgan qonunlar
asosidagi tabiat hodisalarida hech qanday mavhumlik yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |