ْﻟا َﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ ِﻒْﻴَﺿ ُﺚﻳِﺪَﺣ َكﺎَﺗَأ ْﻞَه
َﻦﻴِﻣَﺮْﻜُﻤ
)
٢٤
(
ٌمْﻮَﻗ ٌمﻼَﺳ َلﺎَﻗ ﺎًﻣﻼَﺳ اﻮُﻟﺎَﻘَﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋ اﻮُﻠَﺧَد ْذِإ
َنوُﺮَﻜْﻨُﻣ
)
٢٥
(
ٍﻦﻴِﻤَﺳ ٍﻞْﺠِﻌِﺑ َءﺎَﺠَﻓ ِﻪِﻠْهَأ ﻰَﻟِإ َغاَﺮَﻓ
)
٢٦
(
َنﻮُﻠُآْﺄَﺗ ﻻَأ َلﺎَﻗ ْﻢِﻬْﻴَﻟِإ ُﻪَﺑﱠﺮَﻘَﻓ
)
٢٧
(
"(Ey Muhammad) senga Ibrohimning karamli (muhtaram) mehmonlarining xabari
kelmadimi? Ular (Ibrohim)
huzuriga kirib, "Salom" degan vaqtlarida, u (Ibrohim)
"Salom,
notanish qavmlar", dedi. Ahliga (maxfiy)
borib, (pishirilgan)
semiz buzoqni (go‘shtini)
keltirdi"
Uni (buzoq go‘shtini)
ularga yaqin surdi va "Yemaysizlarmi?" dedi"
(«Zoriyat», 24-27).
Ibrohim alayhissalomning Qur’onda vasf qilingan mehmondo‘stligidan ibrat olgan mo‘minlar
mehmonni ochiq chehra bilan, salom berib qarshi olishlari, uning hurmatini joyiga qo‘yib, haqlarini
ado etishlari lozim.
Mehmon ehtiyoj yuzasidan kelgan bo‘lsa, uni ortiqcha savollar bilan qiynamay, ehtiyojini bayon
qilishga imkon berish kerak. Gaplarini diqqat bilan tinglagach, uni xijolatga qo‘ymay, imkon qadar
hojatini ravo qilish harakatida bo‘lish kerak. Mehmon kutish borasida rioya qilinishi kerakbo‘lgan
odoblardan biri — paysalga solmay dasturxon tuzash va uydagi eng yaxshi ne’matlarni dasturxonga
tortishdir. Mehmonni ovqatlanish uchun ortiqcha-majburlamaslik, mehmondorchilikni ovqat pishirish
bellashuviga aylantirmaslik kerak. Shirin suhbat, mezbonlik odobi, oilaviy an’analar, oila a’zolari bilan
yaqindan tanishtirish va bu bilan oilasining ibrat bo‘ladigan tomonlari xususida maqtanmasdan, og‘ir
botmaydigan qilib g‘oyat zukkolik bilan fikr almashish lozim. Mehmonning o‘zi dasturxonni yig‘ish
taklifini bermaguncha dasturxon yig‘maslik, ovqatlanish uchun mehmonni ortiqcha majburlamaslik,
namoz vaqgini eslatib, uni ado etishga imkon yaratish mezbonning vazifasi bo‘lsa, uy egasining
vaqtini olmaslik, nafsi ochlik qilib ko‘p yemaslik, mezbon ko‘rsatgan joyga o‘tirish, uni xijolatga
qo‘imaslik, ziyofatdan so‘ng xonadon sohibining haqqiga duo qilish mehmonning burchi hisoblanadi.
O‘z ixtiyori bilan mehmon chaqirish borasida amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalardan yana biri,
mehmondorchilikning shariat doirasida va taklif qilingan mehmonlarning taqvodor, duogo‘y odamlar
bo‘lishiga e’tibor qaratishdir. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
"Mo‘min kishilar bilan do‘st bo‘l va taomingni faqat taqvodor kiishlarga yegiz".
Islom ta’limotida mo‘minlardan talab qilingan mehmondo‘stlik maqtanish va riyo maqsadida,
kishilarning boy-kambag‘alligiga qarab tabaqalanmasligi kerak. Aksincha, mehmonlar faqir, muhtoj
bo‘lsa, ularni mehmon qilib siylaganligi uchun savob ham ko‘proq berilishini unutmaslik lozim.
Oramizda shunday kimsalar borki, uylariga kelgan odamni tanisalar ham zo‘rma-zo‘raki eshik
ochadilar. Uyga kiritishga majbur bo‘lganda esa, tashrif buyurgan kishi bilan istar-istamay gaplashib,
malol kelganini yashirmaydilar. Uy egasining nosamimiy muomalasi, albatga, mehmonlar dilini
og‘ritib, kelganligi uchun pushaymonlik hissining ortishiga sabab bo‘ladi. Ularning xafa bo‘lgani
mezbonning parvoyiga ham kelmaydi, aksincha vaqgi zoe ketgani uchun xafa bo‘ladi. Shuningdek bu
kabi johil kimsalar mehmonning mavqeiga qarab muomala qiladilar. Kelgan mehmon yuqoriroq
mansab egasi bo‘lsa, uydagi eng yaxshi ne’matlar bilan dasturxon tuzaydilar. Mehmon yaxshi odam
bo‘lsa-yu, jamiyatda hech qanday mansabga ega bo‘lmasa, dasturxonga qo‘ygani narsa ham
topilmay qoladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, insonlar orasida yaxshi munosabatlar, chiroyli suhbatlar, samimiy
mehmondo‘stlik, og‘a-inichilik va birodarlik fazilatlarining ortib borishi faqat Qur’on ilmi bilan kamol
topish orqali vujudga keladi.
Qur’on axloqiga ko’ra mo’minning 24 soati. Horun Yahyo
www.ziyouz.com кутубхонаси
57
Mo‘min odam insonlarning haqiqiy yurti oxirat yurti ekanligini, Yunus Emro ta’biri bilan aytganda,
bu dunyo bir mehmonxona, unda hamma insonlarning mehmon ekanligini
unutmasligi va shunga
munosib ravishda mehmonnavozlik qilishi kerak.
www.ziyouz.com
2008