POKIZA HAYOT VASFI
(yoki ogohlikka undovchi kitob)
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dunyoda barcha bandalariga, oxiratda esa O‘zi do‘st tutgan
bandalariga rahm qilguvchi Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin. Qur’on axloqi bilan xulqlanib, eng
ulug‘ xulq sohibi bo‘lgan sevikli Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi va sallamga
so‘ngsiz salotu salomlar yo‘llaymiz.
Alloh taolo muqaddas Kalomida:
ُﺪﻴِﻤَﺤْﻟا ﱡﻲِﻨَﻐْﻟا َﻮُه ُﻪﱠﻠﻟاَو ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻟِإ ُءاَﺮَﻘُﻔْﻟا ُﻢُﺘْﻧَأ ُسﺎﱠﻨﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎَﻳ
)
١٥
(
"Ey insonlar! Sizlar Allohga muhtojsizlar, Alloh esa boy-behojatdir (hech narsaga, hech
kimga hech qaiday ehtiyoji yo‘qdir) va hamdga loyiq zot faqat Udir!" — deb marhamat qiladi.
("Fotir", 15).
Darhaqiqat, inson dunyoyu oxiratda Allohning rahmatiga muhtojdir. Alloh insonga ato
etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri go‘zal axloqdirki, unga sohib bo‘lish uchun ham Allohga, Qur’onga
muhtojmiz.
Inson ogohqalb bilan yashasa, muqaddas Islom dini uning butun faoliyatini ibodat holiga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |