ogohlikka, go‘zal axloqqa, pokiza hayotga undaydi; Qur’oni karim asosida yashashga chaqiradi.
Mo‘min odam uyg‘onganida uyqu va bedorlik, tiriklik va o‘lim, kecha va kunduz, a’zoyi badan
Yuvinayotganda vujud ne’matini, suv va poklik ne’matlarini o‘ylab, Alloh pok bandalarini sevishini
Qur’on axloqiga ko’ra mo’minning 24 soati. Horun Yahyo
www.ziyouz.com кутубхонаси
2
fikrlab, masrur bo‘ladi.
Kiyinayotganda badanni berkitib turadigan, issiqdan, sovuqdan va turli
zararlardan saqlaydigan
kiyim-kechak ne’matini, taomlanayotgan paytida halol luqma, quvvat va ibodat, meva-sabzavot, olov
va taom ne’matlarini tafakkur qilib, Parvardigoriga shukr aytadi.
Yo‘l yurayotganida yer va osmon, suv va quruqlik, yurish va ulov: ot, eshak, xachir, tuya,
avtomashina, poyezd, samolyot, kema va hali inson zoti bilmagan turli naqliyot vositalarini fikrlab,
ularga sabab bo‘lgan temir, po‘lat, mis va xilma-xil ma’danlarni o‘ylab ogohlanadi.
Ish-xizmat, savdo-sotiq asnolarida rizqning orqasidan quvib Allohni unutmaslikka, dunyo hirsiga
berilib, taqvoni unutmaslikka, oxiratni qo‘ldan bermaslikka urinadi.
Ibodat asnosida bu ne’matni hamma narsadan ustun qo‘yib, ixlos va muhabbat bilan, xorlik va
zorilik, ogoh dil bilan mehribon Parvardigoriga bandalik qilishga beriladi.
Uxlash oldidan yana kecha va qunduzning almashinib turishini fikrlaydi, tavbayu istig‘for bilan,
tunni libos va orom qilib bergan Robbisiga shukrlar qiladi. Xufton va bomdod namozlari orasidagi
uyqusi ham ibodat o‘rniga o‘tadi.
Shuningdek, mo‘min kishi oilasi va yaqinlari bilan munosabatda, turli ne’matlar oldida, go‘zallik
qarshisida, betob bo‘lganida, ozor yetkazuvchi narsalarga duch kelganida, hamisha, har qachon, har
qayda muqaddas Qur’onga muvofiq yashashga intiladi.
Insonning o‘rinli sukuti ham ibodatga aylanadi. Jimlik ikki xildir: sukut — oddiy jim turish, sumut
("sod" bilan) — Allohning qudrati, san’ati, ne’matlarini tafakkur qilgan holda jim turish. Ikkinchi holda
banda Allohga yaqinlikni kasb etadi.
"Dil ba yor, dast ba kor" - "Ko‘ngil Allohda, qo‘l ishda, ya’ni, “Zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan”
deb atalgan Naqshbandiya qoidasi Qur’on va sunnatga asoslanganligi ana shu hollarda ko‘rinadi.
Mazkur ishlarni bajarishda mo‘min inson to‘rt ulug‘ ne’matga erishadi:
1.Kunlik hayotining hamma jarayonida muqaddas Qur’on axloqiga, uning oliy namunasi bo‘lmish
Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xulqlariga rioya qilib, savob va darajotlar topadi.
2.Har qaysi ish-harakat, faoliyat onida o‘sha ish-harakatlarga tegishli oyati karimalarni tafakkur
qilib, Allohga yaqin bo‘ladi.
3.Qalbi va niyatining sihhatiga qarab, insonning butun harakatlari ibodat holiga keladi.
4.Dunyoda mas’ud va baxtiyor bo‘lib, Alloh zikri va fikri bilan vujudi orom topib, inshaAlloh
oxiratda ham Allohning rahmatiga, jannati va jamoliga musharraf bo‘ladi.
Bas, ushbu mo‘‘jaz risola insonning g‘aflatdan qutulishiga yordam beradigan ma’nolar xazinasidir.
Robbimiz undagi go‘zal tavsiyalarga amal qilib yashashni hammamizga nasib aylasin!
Tarjimol va musannif Dilfuza Sarvarova "Muqaddas oylar va mustajob duolar", "Oxirat ozig‘i"
tasniflari bilan kitobxonlarga tanish. Ushbu asarni ham mehribon Alloh dunyo va oxiratlari uchun
manfa’atlik qilsin!
Hoji Mirzo Kenjabek 18.01.2006
Sevikli Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xulqlari Alloh
maqtagan, Kur’oni karim o‘rgatgan xulq bo‘lib, Kur’ondagi barcha yaxshiliklarni u zotda ko‘rish
mumkin edi. Sahobalar u zotning xulqlari haqvda Oisha onamiz roziyallohu anhodan so‘rashganida,
bunday javob qilganlar: “Sizlar Kur’on o‘qimaysizlarmi? U zotning xulqlari Qur’on edi”.
Do'stlaringiz bilan baham: