َنﻮُﻠُآْﺄَﺗ
)
٢١
(
"Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidagi sut
bilan sug‘orurmiz, yana sizlar uchun ularda (yunglaridan kiyim to‘qish, minish kabi) ko‘p foydalar
bordir. Shuningdek ular (ning go‘sht-yog‘lari) dan yeysizlar" («Mu’minun», 21).
Oyatda insonlarning hayvonlardan oladigan foydalari haqida gapirilganda, "Qornidagi sut bilan
sug‘orurmiz" deyilgan. Tasavvur qiling, sigirning qornida yegan ovqati, ichgan suvi, tomirlarida
aylanayotgan qoni, ichki a’zolari bo‘ladi. Shuncha aralash narsalar ichidan mazali, vitamin va
oqsillarga to‘la oppoq sutning ajralib chiqishi Allohning mo‘jizasi emasmi? Alloh taoloning cheksiz
ilmiga yana bir isbot: bu oppoq rangdagi sigir sutining manbai yashil o‘tlar, qurigan sariq, jigar
rangdagi yem-xashaklardir.
Allohning sut beruvchi hayvonlar jismini yaratishdagi cheksiz qudrati dag‘al hashak va yashil
rangdagi o‘tlardan suyuq va oppoq ne’mat — sut chiqishida ham namoyon bo‘ladi.
ﺎًﻐِﺋﺎَﺳ ﺎًﺼِﻟﺎَﺧ ﺎًﻨَﺒَﻟ ٍمَدَو ٍثْﺮَﻓ ِﻦْﻴَﺑ ْﻦِﻣ ِﻪِﻧﻮُﻄُﺑ ﻲِﻓ ﺎﱠﻤِﻣ ْﻢُﻜﻴِﻘْﺴُﻧ ًةَﺮْﺒِﻌَﻟ ِمﺎَﻌْﻧﻷا ﻲِﻓ ْﻢُﻜَﻟ ﱠنِإَو
Do'stlaringiz bilan baham: |