Taomlanayotgan paytda...
Mudom Alloh yodi bilan yurish baxtiga erishgan mo‘min har ishda bo‘lgani kabi, ovqatlanish
uchun oshxonaga kirganda ham, Alloh unga bo‘ysundirib qo‘ygan, inson manfaati uchun xizmat
qiluvchi ne’matlarga ibrat nazari bilan qaraydi. Shunday ulkan ne’matlardan biri — olov. Odam Ato va
Momo Havvoning yerda yashashlari davridan boshlab, shu kungacha inson hayotini olovsiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Chunki har doim unga insonning hojati tushib turadi. U yondirish, isitish, kuydirish
xususiyatiga ega bo‘lishi bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish uchun tayyorlashda ham
axamiyati katta. Olovdan foydalanish shunchalik odatiy holga aylanganki, uni kim yaratgan, yonish,
yondirish xususiyatini kim bergan, hamma narsani ham yondira oladimi, deb o‘ylab ko‘rish
hammaning ham xayoliga kelavermaydi. Yer yuzidagi barcha unsurlar kabi olov ham insonga xizmat
qilish uchun bo‘ysundirib qo‘yilgan. Alloh taolo marhamat qilganidek:
ٍمْﻮَﻘِﻟ ٍتﺎَﻳﻵ َﻚِﻟَذ ﻲِﻓ ﱠنِإ ُﻪْﻨِﻣ ﺎًﻌﻴِﻤَﺟ ِضْرﻷا ﻲِﻓ ﺎَﻣَو ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا ﻲِﻓ ﺎَﻣ ْﻢُﻜَﻟ َﺮﱠﺨَﺳَو
Do'stlaringiz bilan baham: |