)
٨٦
(
"Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan ko‘ra yaxshiroq alik oling
yoki xuddi o‘zidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir”
(«Niso», 86).
Ushbu oyat talabidan kelib chiqib, mo‘minlar salomga afzalroq qilib javob qaytaradilar. Bu “as-
Salamu alaykum”, ya’ni sizga tinchlik bo‘lsin uchun “Va alaykumus Salam va rohmatulloh — sizga
ham tinchlik va Allohning rahmati bo‘lsin” yoki “va barokatuhu”, ya’ni barokati bo‘lsin jumlasini ziyoda
qilish bilan amalga oshadi. Salom xayrli, barakali amal bo‘lgani uchun kim birinchi salom bersa ana
o‘sha fazlga ega bo‘ladi.
Musulmonchilikda taniganga ham, tanimaganga ham salom berishlik sunnat, salomga javob
qaytarish esa vojibdir. Lekin javob qaytarilmasa, salom bergan odamga afzalroq zotlar, ya’ni
farishtalar alik oladilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam salom berish tartibini quyidagicha
joriy etganlar: kichik kattaga, ketayotgan o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka, suvoriy piyodaga salom
berishi lozim. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avval salom bergan kishini Allohga itoatliroq
deb aytganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam ummatlarini “Salomni yoyinglar, ko‘p salom
Do'stlaringiz bilan baham: |