ٌﺔَﻜِﺋﻼَﻣ ﺎَﻬْﻴَﻠَﻋ ُةَرﺎَﺠِﺤْﻟاَو ُسﺎﱠﻨﻟا ﺎَهُدﻮُﻗَو اًرﺎَﻧ ْﻢُﻜﻴِﻠْهَأَو ْﻢُﻜَﺴُﻔْﻧَأ اﻮُﻗ اﻮُﻨَﻣﺁ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎَﻳ
َﻣ َﻪﱠﻠﻟا َنﻮُﺼْﻌَﻳ ﻻ ٌداَﺪِﺷ ٌظﻼِﻏ
َنوُﺮَﻣْﺆُﻳ ﺎَﻣ َنﻮُﻠَﻌْﻔَﻳَو ْﻢُهَﺮَﻣَأ ﺎ
)
٦
(
"Ey iymon keltirganlar, o‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan
o‘tdan qo‘rqiting. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga
isyon qilmaydilar va nimaga buyurilsalar, shuni qiladilar" («Tahrim», 6).
Ushbu oyat nozil bo‘lgach Hazrati Umar roziyallohu anhu: "Ey Rasululloh, o‘z nafsimizni-ku
saqlaymiz, ahlimizni qanday saqlaymiz? deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam
ularga javoban: "Alloh sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsa, ularni ham qaytarasizlar. Alloh
sizlarni nimaga buyursa, ularni ham buyurasizlar. Ana o‘sha ularni o‘tdan saqlash bo‘ladi",
deganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |