Texnologiyasi instituti


Kiyim tikishning umumiy printsipial sxemasi quyidagicha



Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/151
Sana21.07.2021
Hajmi2,33 Mb.
#125521
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151
Bog'liq
yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi

Kiyim tikishning umumiy printsipial sxemasi quyidagicha: 
           1. Old bo`lakni tayyorlash va bort qotirmasiga ulash 
           2. Cho`ntaklarni tikish 
           3.  Adipni tayyorlash va old bo`lakka ulash 
           4.  Old va ort bo`lakni ulash 
           5.  Yoqani tayyorlash va yoqa o`miziga o`tqazish 
           6.  Yengni tayyorlash va yeng o`mizga o`tqazish 
           7.  Isituvchi qatlamni va astarni tayyorlash, ularni avraga ulash 
           8.  Kiyimni  so`nggi dazmollash va unga so`nggi bezak berish. 
Kiyimning fasoni va konstruksiyasiga qarab, sxema o`zgarishi mumkin. 
 
Masalan:  Yenglar  old  va  orqa  bo`lak  bilan  yaxlit  bichilgan  yoki  reglan  konstruksiyali 
bo`lishi, ba`zi plashlarda astar bo`lmasligi, ayrim modellarda yoqa yoki cho`ntak bo`lmasligi mum-
kin. Ust kiyim detallarini turg`unlashtirish va foydalanish xususiyatlarini yaxshilash uchun, keyingi 
yillarda  ularga  to`qima  yoki  noto`qima  materiallarning  bir  tomoniga  yelim  qoplab,  yassi  yostiqli 
maxsus presslarda yopishtirilmoqda. 
        
Pidjaklarga qotirma  yopishtirish, shakl berish bilan bir vaqtning o`zida bajarilishi mumkin.  
Pidjakning  yelka  qismi  bo`ylab  solqi  hosil  bo`lmasligi  va  yeng  o`mizining  cho`zilmasligi  uchun 
qo`yiladigan qotirma pidjak ipiga 45 gradus  burchak ostida bichiladi. 
Gavdaga  yopishib  turadigan  kiyimlarga  ishlov  berganda  ort  bo`lak  bel  qismidagi  yon 
qirqimlari  tortib  cho`ziladi,  ort  bo`lak  o`rta  chizig`ining  bel  qismidagi  joylari  esa  dazmollab 
kirishtiriladi. Dazmollab kirishtirishda namlik, issiqlik va  bosim ta`sirida gazlamaning kirishtirish 
yo`nalishlaridagi iplari qiskaradi, ularga perpedikulyar yo`nalishdagi iplari esa  zichlashadi. 
  
Dazmollab  cho`zganda  cho`zish  yo`nalishidagi  iplar  uzayadi  va  ularga  perpendikulyar 
yo`nalishdagi iplar orasi ochilib, gazlama sathi kyengayadi. 
 
Gazlamaga  solqiroq  tikish  yo`li  bilan  kerakli  shakl  berish  gazlamaning  kirishishi  hisobiga 
bo`ladi. Buning uchun mashinada chok solayotganda ulanayotgan detallarining bittasi solqiroq  ti-
kiladi. Masalan: yengning old chokini hosil qilishda  uning  ostki bo`lagining tirsak qismi solqiroq 
qilib tikiladi yoki yeng o`mizga o`tqazilayotganda yengning qiyama qismi terib o`tqaziladi. 


 
92 
 
Kiyim  va  uning  ayrim  qismlarini  qalin,  elastik  va  issiq  saqlaydigan  qilishga  gazlama  
qatlamlarini ko`paytirib erishiladi. Masalan: avraning o`zidan 2 qatlam tikiladi   (ko`ylak manjetlari, 
xlyastiklar,  belbog`lar)  yoki  1  qatlam  avra  va  1  qatlam  astar  tikiladi.  Ular  orasiga  bir  yoki  ko`p 
qatlamli yordamchi material qo`yilsa ham bo`ladi (Masalan: ust kiyim bort qotirmasi ko`p qatlamli 
hisoblanadi).  Detallarni elastikroq va qattiqroq qilish, ularga parallel baxyaqator solish yo`li bilan 
ham  erishish  mumkin.  Gazlamaning  qalinligiga,  baxyaning  tortilish  darajasiga  va  baxyaqatorlar 
orlig`ining  kattaligiga  qarab,  detalning  egilishga  qarshilik  ko`rsatish  har  xil  bo`ladi.  Egilishga 
qarshilik  uzunasiga (baxyaqator bo`ylab)  yeng ko`p , ko`ndalangiga esa  yeng kam bo`ladi. Yelim 
bilan    yopishtirilgan    detallar  qattiqroq  va  elastikroq  bo`ladi.  Bundan  tashqari  zanjirsimon  baxya-
qator bilan    biriktirilgan detallar elastik bo`ladi. 
 
Detallarni  qattiqrok  qilish  uchun  ular  qaviladi.  Masalan  erkaklar  qishlik  paltosining  ostki 
yoqasi qavilganda baxyaqatorlar bir-biriga yaqin solinadi, shuning uchun yoqa tik turadigan bo`ladi. 
Pidjakning,  paltoning  adip  qaytarmasi  turg`un  shaklda  bo`lishi  uchun  bort  qotirmasi  old  bo`lakka 
bir necha baxyaqator yuritib tikiladi yoki yelim kukun bilan yopishtiriladi. Berilgan  shaklni  saqlab 
turish uchun  yelka tagliklardan  keng foydalaniladi. 
 
Ko`pincha kiyimning issiq saqlash xususiyati kerakli  darajada bo`lishining ham ahamiyati 
katta. Kiyimning issiq saqlash xususiyatini oshirish uchun paxta qavatlar ishlatiladi. Masalan: ustki 
kiyim tikishda avra, qotirma (shamol to`suvchi qatlam), isituvchi qatlam ( vatin ) va astar qo`yiladi. 
Isituvchi  qatlam  g`ovak  bo`lsa,  (penopoliuretan  materiali)  kiyimning  issiq  saqlash  xususiyati 
yaxshilandi. Penopoliuretan elastik, yеngil, issiqlikni saqlash xususiyati yaxshi materialdir.   
Kiyim  sifatini  yaxshilashga  qaratilgan  ilg`or  yo`nalishlardan  biri  erkaklar  pidjagiga 
yopishtiriladigan ko`p zonali termoplastik qotirma materialidir. 

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish