Yengni yeng o`miziga o`tqazish
Yengni yeng o`mizi ichiga kiritib, ularning o`ngini ichkariga qaratib qo`yiladi va yeng
tomondan maxsus 302 kl. mashinasida ustki materialdan qiyalama qismida solqi hosil qilib,
yeng o`miziga 1,2-1,5 sm. kenglikdagi chok bilan o`tqaziladi. Hosil qilingan yeng solqilari
dazmolda yoki pressda kirishtirib dazmollanadi (ip gazlamadan tikilgan bo`lsa kirishtirib
dazmollanmaydi).
Bir chokli yenglarni o`mizga o`tqazishda yeng choki yon chokiga to`g`ri keltirib
o`tqaziladi, chok qirqimlari yo`rmalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |