Rasm-4.4. Soliq tizimi
Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Umumdavlat soliqlari
Mahalliy soliqlar
− yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig’i;
− yagona soliq to’lovi;
− jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig’i;
− qo’shilgan qiymat solig’i;
− aktsiz solig’i;
− yer qa’ridan foydalanganlik
uchun soliq;
− suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq.
− obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish
solig’i;
− transport vositalariga benzin,
dizel yoqilg’isi va gaz
ishlatganlik uchun olinadigan
soliq;
− mol-mulk solig’i;
− yer solig’i;
− yagona er solig’i;
− ayrim turdagi tovarlar bilan
chakana savdo qilish huquqi va
ayrim turdagi xizmatlarni
ko’rsatish uchun yig’im.
Soliq tizimi
63
• davlat mulkini foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
• budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan haqli (to‘lovli) xizmatlardan
kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq
to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
• fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida
olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va
davlat sub’ektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar
va majburiy undirilgan boshqa mablag‘lar;
• moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet
kreditlaridan tashqari);
• boshqa soliqsiz daromadlar.
Budjet daromadlarining tarkibiga tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari
hisobga olinishi mumkin:
• davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi
yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar;
• kredit muassasalaridagi hisob varaqlarida budjet mablag‘larining
qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar;
• davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli
boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;
• qaytarish va haq olish asosida boshqa budjetlarga, xorijiy davlatlarga
yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan budjet mablag‘laridan foydalanganlik
uchun haq;
• davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalining
hissasiga yoki aktsiyalar bo‘yicha dividentlarga to‘g‘ri keladigan foyda
ko‘rinishidagi daromadlar;
• davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig‘imlar
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan
qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |