Xarajatlar moddasi — budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy
yo‘nalishi va to‘lovlarning aniq turlari bo‘yicha belgilovchi budjet tasnifining
bir qismi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida budjet xarajatlarining roli va ahamiyatini
aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra turkumlashtirish maqsadga
muvofiq. Nazariya va amaliyotda budjet xarajatlarini tasniflashning bir necha
belgilari mavjud. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy
takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari
yoki idoraviy bo‘linishi, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha, hududiy
turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat
boshqaruvi darajasiga ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |