Budjet hisobi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/128
Sana20.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#124523
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128
Bog'liq
budjet tasnifi unlocked (1)

 
 


 
133 
 
2.  G‘aznachilik tizimida budjet tasnifidan foydalanish. 
Ma’lumki, budjet qurilishi mamlakatning davlat budjeti va budjet tizimini
uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi budjetlararo munosabatlarni tashkil qilish 
shakllarini, budjet tasnifini, budjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi 
budjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, budjet mablag‘larini shakllantirish va 
sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.  
2007 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida davlat budjetining 
g‘azna ijrosi elementlari joriy etildi, davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy 
tasnifiga ko‘ra barcha guruhlari bo‘yicha ijrosi g‘aznachilik bilan qamrab olindi.  
2011 yildan boshlab yangi budjet tasnifiga asoslangan, davlat budjeti 
g‘azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G‘aznachilik dasturiy majmui 
ishga tushirildi. Hozirgi kunda G‘aznachilikning yagona axborot tizimi 
yaratilgan bo‘lib, “Davlat mablag‘larini boshqarishning axborot tizimi” 
(DMBAT) deb ataladi. Budjet operatsiyalari bo‘yicha kodlashtirilgan va 
tasniflangan ma’lumotlar DMBAT ga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa 
daromadlarni tasniflar, xududiy belgilari, budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar 
bo‘yicha aniqlash imkonini beradi. Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya 
hisobi G‘aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati 
organlari, budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini 
taqsimlovchi organlar tomonidan davlat budjetining g‘azna ijrosi buxgalteriya 
hisobining yagona hisoblar rejasi va budjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda 
amalga oshiriladi. G‘aznachilik belgilangan budjet tasnifiga muvofiq, barcha 
davlat tushumlarini ularning aniq ro‘yxati bo‘yicha yagona g‘azna 
hisobraqamida yuritilishini ta’minlaydi.  
G‘aznachilikda Yuridik va moliyaviy majburiyatlar budjet tasnifining turi 
bo‘lgan iqtisodiy tasnif kodlari bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lar 
doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan qabul 
qilinadi hamda G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziadi. 
G‘aznachilik tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng ularning to‘lovi 


 
134 
amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining  7-moddasida  qayd etilgan 
budjet tizimining yagonaligi  tamoyiliga muvofiq, barcha darajadagi budjetlarni 
shakllantirish va ijro etishda yagona budjet tasnifi qo‘llaniladi. Barcha 
darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari tasniflash ob’ektlariga 
tegishli raqam(kod)lar berish bilan guruhlanadi hamda tasnif ko‘rsatkichlari 
doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi. 
Budjet tasnifi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda 
ulardan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda davlat budjeti va 
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va 
ijro qilish, shuningdek davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari 
budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-
son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifini qo‘llash 
bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq,  yangi budjet tasnifi 2011 yil 1 yanvardan 
amalga kiritildi. 
Ushbu yo‘riqnomaga ko‘ra, budjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi davlat 
budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari tuzilmasiga kiruvchi budjetlar 
daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish 
manbalarining guruhlanishi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
−  davlat budjeti daromadlarining tasnifi; 
−  davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy 
tasnifi; 
−  davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi. 
Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda 
ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va 
budjet ma’lumotlarining xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday 
ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. 
Budjet tasnifini tuzishning asosiy tamoyillari  quyidagilar hisoblanadi 
(7.2.-rasm): 


 
135 
 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish