1. Zamonaviy ehmlarning dasturiy ta'minoti. Amaliy dasturlar paketi



Download 73,18 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi73,18 Kb.
#80158
Bog'liq
3-ma'ruza


3- ma’ruza

Muhandislik dasturlarining sinflanishi, ishlatilish sohalari

Ma’ruza rejasi:

1. Zamonaviy EHMlarning dasturiy ta'minoti.

2. Amaliy dasturlar paketi.

3. Avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlarning sinflanishi.

Ma'lumki, zamonaviy EHMlar boshqa hisoblash qurilmalaridan farq qilib, kiritilgan ma'lumotlar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin. Buning uchun shu texnologiyalarning asosi bo'lmish kompyuter tushunadigan tilda kerakli ko'rsatmalar (dasturlar) tuzib, uning xotirasiga kiritish kerak. Bunday dasturlarning majmui EHMlarning dasturiy ta'minotini tashkil qiladi va ularning imkoniyatlarini aks ettiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.

Dasturiy ta’minot (DT)ni vazifasiga ko‘ra, tizimli (System), instrumental (Tools) va amaliy (Application Software) dasturiy ta’minotga ajratiladi. Tarqatish va foydalanish usuliga ko‘ra, tijorat (Commercial Software, Shareware), erkin (Freeware, Free Software) va ochiq(Open Source Software) dasturiy ta’minotlarga ajratiladi.

Tizimli dasturiy ta'minot (TDT) – foydalanuvchi bilan EHM o'rtasidagi muloqotni o'rnatishga, kompyuterning samarali ishlashini ta'minlashga, kompyuterning asosiy va qo'shimcha qurilmalari faoliyatini nazorat qilish hamda boshqarishga xizmat qiluvchi tizimli dasturlar (TD)dir.

Tizimli dasturlarga operatsion sistemalar va qobiqlar, bazaviy qurilgan dasturlar (BIOS va h.k.), fayl-menejerlar, drayverlar va servis dasturlar (utilitlar: arxivlash va formatlash vositalari, antiviruslar, xotirani boshqaruvchi, diagnostika va optimallash vositalari) kiradi.

Instrumental dasturlarga yuqori tartibdagi dasturlash tillari yordamida foydalanuvchi tomonidan tuzilgan amaliy dasturlarni kompyuter tushuna oladigan quyi tartibli mashina kodlariga tarjima qilib, ularni ishchi dasturlarga aylantiruvchi dasturiy vosita(translyatorlar: translyator-assembler, translyator-interpretator, translyator-kompilyator)lar kiradi.

Amaliy dasturiy ta'minot (ADT)ga foydalanuvchilar uchun yozilgan yoki foydalanuvchilar tomonidan kompyuterda aniq masalani yechish uchun yozilgan amaliy dastur (AD)lar kiradi.

Amaliy dasturlar paketi

Bugungi kunda yuqorida keltirilgan ADlar alohida amaliy dastur ko'rinishida, ba'zilari esa foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni to'liq avtomatlashtirib, kompyuter axborotni qayta ishlash jarayonida biror ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan to'liq ozod etadigan amaliy dasturlar paketlari ko'rinishida namoyon bo'lmoqda.

Amaliy dasturlar paketi (ADP) – bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir.

Avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlarning sinflanishi

Amaliy dasturiy paketlar ichida turli hisoblash, modellash va loyihalash jarayonlarini hamda boshqarish tizimlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Umuman olganda bunday ADPlarni avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlar (AQP) deb atab, ularning tuzilishi, vazifasi (qaysi jarayonlarga qo'llanilishi) va boshqa xususiyatlariga ko'ra sinflash mumkin.



AQPlarni vazifasi (qaysi jarayonlarga qo'llanilishi)ga qarab quyidagicha sinflash mumkin:
  • Hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar;
  • Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar;
  • Texnik tizimlarni modellash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar;
  • Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar va hokazo.

Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarni uchta sinfga bo'lish mumkin:
  • A sinf: Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan SCADA paketlar (masalan: Trace Mode va h.k.);
  • B sinf: Ishlab chiqarish korxonalari resurslari boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar (masalan: DRCS (Distributed Resource Control System – Resurslar taqsimlash boshqarish tizimi) va h.k.);
  • C sinf: Ishlab chiqarish korxonalari rejalashtirish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar (masalan: MPCS (Manufactoriing Planning Control System – Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarish tizimi) va h.k.);

SCADA (Supervizory Control And Data Acquisition-dispetcherlik boshqaruvi va ma`lumotlarni to'plash) sinfining dasturiy maxsulotlari jahon bozorida keng tarqalgan. Bular o'nlab SCADA - paketlar bo'lib, ularning ko'pchiligi O'zbekistonda ham qo'llanilmoqda. Ulardan eng ko'p tarqalganlari quyida keltirilgan:
  • In Touch (Wonderware) - AQSh;
  • Sitect (CI Technologi) - Avstraliya;
  • FIX (Intelection) - AQSh;
  • Genesis (Iconics Co) - AQSh;
  • Factory Link (United States Data Co) - AQSh;
  • Real Flex (BJ Software Systems) - AQSh;
  • Sitex (Jade Software) - Buyuk Britaniya;
  • Trace Mode (Ad Astra) - Rossiya;
  • Cimplicity (GE Fanuc) - AQSh;
  • SARGON (NTV- Avtomatika)- Rossiya.
  • EXPERION PKS (Honeywell) - AQSh;

Download 73,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish