2. Yuksalish davri. Tovarning hayotiylik davrining ikkinchi
bosqichida birinchi bosqichda qilingan xarajatlar qaytarilishi
lozim. Agar bu ro‘y bermasa, ikkita yo‘l mavjud: birinchi yo‘l
— marketing xarajatlarini keskin kamaytirish va ishlab
chiqarishni to‘xtatish; ikkinchi yo‘l — bozorga kiritilgan
tovarning sifatini yaxshilash xarajatlarini oshirish, sotish
sharoitlarini takomillashtirish va shu bilan birga xaridorlar
tovarlarni yaxshiroq qabul qilishlari uchun uning bahosini
pasaytirish. Faqat ana shundan so‘ng ketgan xarajatlarni qoplash
va foyda olish chora-tadbirlarini ko‘rish kerak. Bu marketing
taktikalaridan birini tanlashdan oldin kerakli iqtisodiy hisob-
kitoblarni qilish, bozorni o‘rganish va reklamani mohirlik bilan
qo‘llashni amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |