2. Intelektual mulkni huquqiy himoya qilish asoslari
Intellektual mulk ob‘ektini huquqiy himoya qilishni tartibga solish innovatsiya
jarayonlarini boshqarish samaradorligiga yordam beradi. Patent va avtorlik huquqini
himoya qilish qonunining ma‘nosi innovatsiya korxonalariga raqobatda ustunlikni
taminlash, innovatsiya natijalaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, innovatsiya
mahsulotlarini sotish natijasida shunga muvofiq ravishda foyda olishni bildiradi.
Intellektual mulk ob‘ektini yaratish uni huquqiy himoya qilish, undan
foydalanish yuzasidan vujudga keladigan mulkiy munosabatlarni huquqiy himoya
qilish yordamida tartibga solinadi. O‗zbekistonda korxonalar intellektual mulki
ob‘ektlarini huquqiy jihatdan tartibga soladigan asosiy normativ hujjatlariga:
O‗zbekiston Respublikasi Patent qonuni, Tovar belgilari, xizmat ko‗rsatish
belgilari va tovar ishlangan joy, nomi xaqida ―Avtorlik huquqi va shunga o‗xshash
huquqlar xaqida‖ ―Integral mikrosxemalar topologiyasini himoya qilish xaqida‖
―Komp‘yuter dasturlari va malumotlar bazasini himoya qilish xaqida‖ Bundan
tashqari, intellektual mulk munosabatlarini O‗zbekiston Respublikasi Fuqorolik
kodeksi va intellektual mulkni himoya qilish yuzasidan tuzilgan xalqaro bitimlar
tartibga soladi. Intellektual mulkni himoya qilishning huquqiy mexanizmi iqtisodiy,
ijtimoiy, huquqiy usul va vositalar tizimida innovatsiyalarni qo‗llab-quvvatlashni
xam ko‗zda tutadi. Hozirgi kunda intelektual mulkni himoya qilishni uchta asosiy turi
mavjud:
- patent ;
- avtorlik huquqi;
- tovar belgisi.
Patent bu – sanoat mulki va unga egalik qilishni belgilaydigan hujjat. Patent
afzalligi, avtorlik ixtirosi, foydali model, sanoat namunasi ekanligi va undan
foydalanish huquqini beradigan guvohnoma. Patent xususiyatlari ilmiy-texnikaviy,
huquqiy ijtimoiy axborotlar manbaini ifodalab, ular amaliy tadqiqotlar va
ishlanmalarni olib borish, ilmiy texnika taraqiyoti va iqtisodiy tendensiyani bashorat
qilish uchun kerak bo‗ladi. Patentlarning noyob xususiyatlari eng yaxshi axborotlarni
o‗zida saqlash va ulardan kelajakda yaxshi ixtirolar uchun asos kilib olish mumkinligi
litsenziya bitimlari tuzilganda, innovatsiya uchun asos kilib olish hisoblanadi.
Patentga egalik kiluvchi ishlanma avtori merosxo‗r yoki undan foydalanish huquqiga
ega bo‗lganlar bo‗lishi mumkin. O‗zbekiston Respublikasida patent egasi nafaqat
respublika fuqarosi, balki ―Stokgolm konvensiyasi‖ mulkini himoya qilish
ishtirokchilari, xorijiy jismoniy va huquqiy shaxslar xam bo‗lishi mumkin. Patent
egasining huquqi o‗zining xoxishiga karab ixtirolar, foydali model, sanoat nomlarini
32
foydalanishi yoki qonundagi ko‗rsatmalar buzilganda undan foydalanishni
taqiqlashda ifodalanadi. Patent egasining huquqlari buzilishi ruxsat berilmagan
tovarlarni olib kelishi, sotishga tavsiya etishi, uni xo‗jalik omborida saklash kabilarda
nomoyon bo‗ladi.
Qonun asosida patentdan foydalanish belgilari ko‗rsatib berilgan:
1. Ixtiro yangi, darajasi yuqori sanoatda qo‗llanilsa patentga ega bo‗ladi. Ixtiro
shu vaqtgacha texnika tarixida ma‘lum bo‗lmagan bo‗lsa yangi hisoblanadi. Ixtiro
agarda mutaxasisga ma‘lum bo‗lsa ixtiro darajasiga ega bo‗ladi. Sanoatda qo‗lanilishi
ixtironi sanoatning qaysidir sohasida qo‗llanilishini ifodalaydi. (Masalan, sog‗likni
saqlash, kishlok xo‗jaligi va x.k.) Ixtironi himoyalovchi hujjat patent bo‗lib, ma‘lum
muddatga beriladi. Patentni maksimal amal qilish mudati 20 yil. Patent miqdorini
O‗zbekiston Respublikasi xukumati belgilab beradi. Unga amal qilish davrinig
uchinchi yilidan boshlab xaq to‗lanadi.
2. Foydali model patentga egalik qilish uchun yangi va sanoatda
qo‗llaniladigan bo‗lishi kerak. Foydali modelni himoyalovchi hujjat guvohnoma,
uning amal qilish mudati 5-yil, ariza asosida yana 3 yildan ko‗p bo‗lmagan vaqtga
uzaytirilishi mumkin.
Sanoat namunasi patentiga ega bo‗lishning muhim sharti yangiligi, noyobligi
va sanoatda qo‗llanilishidir.
Noyobligi deganda mahsulotnig estetik va ergonomik xususiyatiga egaligi
avtor ijodiy mehnatining maxsuli bo‗lishi tushiniladi.
Sanoat namunasining himoyalovchi hujjati patent bo‗lib, 10 yil muddatga
beriladi. Arizaga muvofiq 5 yildan ortiq mudatga cho‗zish mumkin. Patent egalari
huquqini arbitraj va xakamlar sudi himoya qiladi. Bu organlar sanoat mulki ob‘ekti
patent egasini tayinlash, sanoat mulki ob‘ektiga egalik qilish huquqini buzilishi,
avtorlarni mukofotlash va tovon to‗lash kabi masalalarni ko‗rib chiqadi. Fan,
adabiyot, san‘at fonogramma yordamidagi chiqishlar, sahna asarlari, efir va kabel
orqali olib boriladigan eshitirishlar avtorlik huquqi yordamida tartibga solinadi.
Qonun yordamida himoya kilinadigan asarlarni qo‗llash keng va xilma-xildir. Ularga
quyidagilar kiradi: adabiy, dramatik, musiqali spektakllar, audivizual, ixtiro, tasviriy
san‘at, arxitektura, shahar barpo etish va va xokozolar. Qonunga binoan quyidagi
belgilarga ega bo‗lgan asarlar avtorlik huquqi ob‘ektiga ega bo‗ladi. Asarning ijodiy
xarakterga ega ekanligi va ob‘ektiv shaklda aks etishi avtorlik huquqi ob‘ektining
belgilariga kiradi. Asarning ijodiy xarakteri ko‗pgina olimlarning fikriga ko‗ra uning
yangiligida. U yangi mazmunda, yangi shaklda, yangi g‗oyada, yangi ilmiy
konsepsiyada ifodalanadi.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |