4-мавзу. ИНТЕЛЕКТУАЛ МУЛК МОҲИЯТИ ВА УНИ ҚОНУНЧИЛИК ДОИРАСИДА ТАРТИБГА СОЛИШ Reja: 1. Intellektual mulk ob‟ektlarining klassifikatsiyasi 2.Intelektual mulkni huquqiy himoya qilish asoslari 1. Intelektual mulk. Asosiy tushunchalar. Intellektual mulk ob‟ektlarining klassifikatsiyasi O‗zbekiston Respublikasida mulkchlikni yangi ko‗rinishi sifatidagi intelektual
mulk nisbatan yaqinda, 1990 yillarda paydo bo‗ldi. U bozor ob‘ekti asosi sifatida
rivojlana boshladi. Bu bozorni dastlabki shakllanishi asosi – mamlakatdagi ulkan
ilmiy-texnika salohiyatidir. Intellektual mulkning bozor uchun ahamiyati, uni
yaratish, eng yuqori iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan tovarlarni ishlab chiqarish va
xizmat ko‗rsatishni qonuniy ravishda monopollashtirishning yagona usuli
ekanligidadir.
Intelektual kapital mulk ob‘ekti sifatida ishlab chiqarish vositalaridan o‗zining
xususiyatlariga qarab farqlanadi: u jismoniy jihatdan holi,bo‗lib, boshqa kishilarga
yoki tashkilotlarga sotilganda yoki axborot sifatida berilganda bevosita bilimlar mulk
egasida qoladi. Intellektual kapitalning bunday xususiyati yollangan ishchi kuchlarni
o‗qitish,bilm berish va salohiyatini oshirish uchun katta miqdorda investitsiya oqimi
jalb etilishini talab etadi. SHuning uchun bugungi kunda intellektual mehnatning
muhim xususiyati – unga bir kishi yoki birgalikda egalik qilish hisoblanadi.
Investitsiyaga davlat va munitsipial tashkilotlar, xususiy firma va ijtimoiy
fondlar o‗z mablag‗larini sarflaydilar. Mavjud qonunlar ularga to‗g‗ri va egri soliqar,
foizlar ko‗rinishida foyda olishni kafolatlaydi. Intelektual kapital uning egalariga
daromad keltiradi. Mulk egasi va undan foydalanuvchi, asosiy qismi nomoddiy
bo‗lgan vositalarga egalik qiladigan bozor qonuni asosida o‗ziga xos bo‗lgan tovar
mahsulotning egasi sifatida namoyon bo‗ladi va mahsulotga bo‗lgan talabni yuqori
bulishidan manfatdor buladi. Davlat tasaruffida bo‗lgan xolat oddiy takror ishlab
chiqarish jarayoniga to‗sqin bo‗ladi. Ayniksa bunday xolat bozor iqtisodiyoti sust
rivojlangan davlatlarga xos.
Rivojlangan davlatlarda intellektual kapitalni yaratilish texnologiyasi, uning
jamg‗arilish qo‗lami, xamda ishlab chiqarish vositalarining jismoniy va ma‘naviy
eskirishining ob‘ektiv qonuniyatlari shu xolatga qayta miqdorda investitsiyalarni jalb
etadi. Bu holda investitsiyalar samaradorligini asosiy ko‗rsatkichi foydalanayotgan
kapitaldan olinadigan yuqori foyda normasi hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiyot
intellektual mulkning ma‘lum ob‘ektidan foydalanadigan yuqori texnologiyaga
asoslanadi. Intellektual salohiyatni tijoratlashuvi iqtisodiyot sohalarini intellektual
resurslarni yangilash bilan yuqori daromad olish uchun sharoit yaratadi.