38
Konsorsiumda mulkiy va huquqiy munosabatlar quyidagi tamoyillar asosida
amalga oshadi:
- konsorsium yuridik shaxs sifatida uning taomonidan bitim asosida berilgan
mulkka
egalik qilish huquqiga ega;
- birgalikda xarid qilingan mulkka egalik qilish mulkka qo‗shgan ulushga
qarab belgilanadi;
- konsorsium bitim asosidagi korxonani tashkil etish huquqiga ega va har bir
holatda konsorsium bilan bo‗lgan o‗zaro aloqalar
shaklini belgilab beradi;
- mulkga egalik qilish, uni boshqarish huquqi ishtirokchilar o‗rtasida
qo‗yilgan hissalarga qarab teng taqsimlanadi;
- konsorsiumni boshqarish organining vazifasi va
maqomi uning faoliyatining
asosiy vazifalaridan kelib chiqib aniqlanadi, ya‘ni loyihalarni ishlab chiqarishni
tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun kerak bo‗lgan moliyaviy resurslarni sarflash,
ishtirokchilar va sheriklarning ilmiy-texnika
sohasidan foydalanish;
- innovatsiya loyihalarni ishlab chiqarishni tashkil etuvchi konsorsium va
ilmiy-tadqiqot olib boruvchi tashkilotlar, loyihalashtiruvchilar, buyurtamchilar
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar, bitimlar asosida amalga oshadi. Bitimlar konsorsium
yoki alohida ishtirokchilar tomonidan tuzilishi mumkin;
- konsorsium faoliyati tugagandan so‗ng mulk uning tarkibiga kirgan
tashkilotlar o‗rtasida taqsimlanadi.
Konsorsium doirasida rejalashtirilgan ishlar va yirik ishlab chiqarish texnikaviy
va iqtisodiy loyihalar bo‗limlar va konsorsium qatnashchilarining boshqarish
shakllari va moliyaviy iqtisodiy vazifalarini aniqlashdangina iborat bo‗lmasdan,
konsorsiumni boshqarishni yangi modelini yaratishga bo‗lgan xarakatni ham
ifodalaydi.
Tavsiya etilayotgan konsorsiumni ishlab chiqarish xo‗jalik faoliyati modelining
xususiyati yuqori organlar bilan (ta‘sischilar-mulkdorlar) bajaruvchi organlar
boshliqlari o‗rtasidagi vazifalarni aniq belgilab beradi.
Konsorsiumning ilmiy-ishlab chiqarish va ho‗jalik faoliyatini muhim
yo‗nalishi loyihalarni boshqarish tizimini tashkil qilish hisoblanadi.
Ho‗jalik loyihasi dasturi maqsadli, rejaning ob‘ekti bo‗lib resurslar,
ishtirokchilar, bajarish muddati bilan bog‗liq bo‗lagan va konkret muammoni
samarali hal etishni ta‘minlaydigan iqtisodiy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy,
tashkiliy va boshqa tadbirlar va topshiriqlarni majmui sifatida ifodalash mumkin.
Konsorsium ho‗jalik loyihasini maqsadga muvofiq holda shakllantirish
mexanizmini ta‘minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
- maqsadni tanlash, unga erishish uchun ho‗jalik loyihasini ishlab chiqish va
amalga oshirish;
-
birinchi navbatda loyiha yoki loyihalarni ishlab chiqish, takliflarni ishlab
chiqish, ishlanmalarni samaradorli bo‗lishga
olib kelish kerak;
-
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan u yoki bu loyihani amalga
oshirish uchun kerakli bo‗lgan muddat va xarajatlarni belgilab olish.
Konsorsium doirasida loyihalarni ishlab chiqish va tadbiq qilish uchun
quyidagilarni amalga oshirish kerak:
39
-
loyihani ishlab chiquvchi va uni amalga oshiruvchilar faoliyatini
muvofiqlashtirish (bu vazifani loyihani boshqarish uchun tuzilgan maxsus
boshqaruvchilar guruhi amalga oshiradi).
-
loyihani moliyalashtirish uchun konsorsium tarkibiga kirgan bank
mablag‗lari va boshqa kredit va pudratchilarning ajratmalaridan vujudga kelgan
moliyaviy resurslarni to‗plash.
Loyiha konsorsiumni boshqarishning yirik tadbirlarining asosiy shakli bo‗lishi
kerak. Uni amalga oshirishning umumiy sxemasi: konsorsium nomidan uning kerakli
bo‗lgan vazifalarini vaqtinchalik bajaradigan guruhni shakllantirish. Loyihalarni
amalga oshirish uchun hisoblar, konsorsiumning valyuta yoki hisob raqami
yordamida amalga oshiriladi. Loyiha boshqarmasi uni amalga oshirish uchun mablag‗
yig‗adi, ilmiy uslubiy ta‘minlash va amaliyotga tadbiq etish uchun buyurtma beradi,
moliyalashtiradi, loyihani boshqarish uchun kerakli bo‗lgan barcha vazifalarni
bajaradi. Loyiha amalga oshirilgandan so‗ng uni boshqarish tizimi tarqatib yuboriladi
(yoki unga boshqa loyihani amalga oshirish yuklatiladi). Loyihani boshqarish bitim
asosida amalga oshadi.
Konsorsiumni boshqarish konsipsiyasi o‗zgarishi bilan unga qarashli bo‗lgan
bo‗linmalarda tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish talab etiladi. SHu bilan birga
operativ va strategik vazifalarni o‗zaro bir-biriga bog‗lashni amalga oshiradigan
boshqarish tizimining tarkibida muvofiqlashtiruvchi ilmiy-texnika kengashini tashkil
etish zarurati tug‗iladi.
Konsorsium faoliyatining o‗zagi ijrochilar bilan tuziladigan bitim tizimiga asoslanadi.
Konsorsiumga tovar
etkazib berish, xizmat ko‗rsatish yoki ob‘ektni jihozlash ishlarini
amalga oshiridigan tashkilotlar xomashyo etkazib beruvchilar yoki pudratchilar
hisoblanadi. Agarda bu tashkilot o‗z navbatida boshqa buyurtmachilarni o‗zining
majburiyatlarini bajarishga jalb qilsa, u buyurtmachilar oldida (konsorsium) to‗liq
javobgarlikni bo‗yniga oladi va o‗zi xomashyo etkazib beruvchi yoki bosh pudratchi
bo‗lib hisoblanadi.Loyihani joriy etish jarayonida jihozlar to‗plamini xarid qilish
maqsadida xorijiy firmalar yordamida ob‘ektlarni qurish zarur bo‗ladi. Jihozlar
to‗plamini keltirish yoki ob‘ektlarni qurish pudrat shartnoma tuzilayotganda, ularning
foydalanish muddati tugaguncha shartnomaning amal qilishi uchun bank kafolatidan
foydalaniladi. Tomonlar o‗rtasida jarima to‗lash va zararni qoplash yuzasidan
kelishmovchilik bo‗lganda buyurtmachi arbitraj xukm chiqarguncha xom ashyo
etkazib beruvchining kafolatidan kerakli summani olishi mumkin. Bundan tashqari
shartnomada buyurtmachilarga yirik banklardan pul summasini olishi mumkinligi
ham belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: