1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


 Innovatsion faoliyatni  loyihaviy moliyalashtirish



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

3. Innovatsion faoliyatni  loyihaviy moliyalashtirish 
Zamonaviy,  shu  jumladan  xalqaro  moliyaviy  faoliyatda    loyihaviy 
moliyalashtirish kabi  istiqbolli va dinamik yo‗nalish borgan sari ko‗proq rivojlanish 
olmoqda.  Bu innovatsion  faoliyatda moliyaviy va bank ishtirokining  turi sanoatning 
ko‗p  resurslar  va  sarmoyalar  iste‘mol  qiluvchi    sohalari  ishlab  chiqarish  apparatini  
modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga ayniqsa muhtoj mamlakatlar va  
mintaqaoar uchun ayniqsa dolzarbdir. 
Hozirga  qadar  rivojlangan  mamlakatlarda  moliyalashtirishda  elektr  energiyasi, 
foydali  qazilmalarni  qazib  olish  bilan  bog‗liq  investitsion  loyhalar  katta 
ommaviylikka  ega  bo‗lganlar.  Endi  loyihaviy  moliyalashtirish  ham  sanoatning 
infratuzilmasini  va  qayta  ishlab  chiqaruvchi  sohalari  bilan  bog‗liq  va  ham    ilmiy-
texnik  yangiliklar  va  ilg‗or  texnologiyalarga  qaratilgan  sanoat  ob‘ektlarining 
ko‗pchiligiga keng tarqalgan. Keyingi yo‗nalish yuqori texnologik, ko‗p ilm  iste‘mol  
qiluvchi ishlab chiqarishlarga investitsiyalar kiritishning kam sonli  tajribasida paydo 
bo‗lgan. 
Loyihaviy  moliyalashtirish  an‘anaviy  ravishda  investitsion  loyihalarga 
mo‗ljallanganligiga  qaramasdan,  hozirgi  vaqtda  bu  usullar  noyob  novatorlik 
yondoshishlar  va  tubdan    yangi  ishlab  chiqarishlar  sohasiga  tez    kirib  bormoqda. 
Bunda,    shubhasiz,  loyihaviy  va  moliyaviy  xatarlar,  demak    loyihalarni    ekspertli  
baholashga  talablar    ham  o‗sadi.  Bu    masalalarni    ham  uslubiy  va  ham    amaliy  va 
tashkiliy  jihatdan  hal    qilish  zarur.  Nafaqat  kreditorlarni,  balki  mahsulotning 
yaroqligini    baholash  va  xatarni    bartarf  qilishga  qodir  mustaqil    maslahatchilarni  
topish  qiyin.  Ishonchli  ta‘sischilar,  samoyadorlar,  kafolatchilar,  pudratchilar  va 
operatorlardan  tashkil    topgan  loyihaviy  jamoani  tanlab  olish  undan  ham  qiyin. 
Shunga  qaramasdan  xuddi  innovatsiyalarni  loyihaviy  moliyalashtirish  bugun  eng 
katta qiziqishni uyg‗otadi. 


46 
 
Loyihaviy  moliyalashtirish  kamida    innovatsion  faoliyatni  tashkil  qilish  va 
moliyalashtirish  haqidagi    uchta    prinsipial  qoidalarni  ishonchli    ravishda  namoyish 
qiladi.  
Birinchisi-sanoati  rivojlangan  mamlakatlar    misolida  shu  narsa  ko‗rinadiki, 
innovatsion  jarayonlarning asosiy  qismini  har xil  darajada va ko‗lamdagi xususiy 
kompaniyalarning  kuchlari  bilan  malga  oshirish  mumkin.  Shubhasiz,  innovatsion 
jarayonlar  bu  erda  maqsadning  o‗zi  emas,  balki    tadbirkorlik  muvaffaqiyatiga  
erishish  vositasi  sifatida  bo‗ladilar.  Innovatsion    biznes  har  xil    tashkiliy  fondlarda  
akademik  ―sof  fan‖  va  xususiy  sarmoya  manfaatlari  o‗rtasida  vositachi    bo‗ladi, 
chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko‗rib chiqiladi. 
Ikkinchisi-  davlatning  innovatsion  siyosati  nafaqat  innovatsion  jarayonga  
to‗g‗ridan  to‗g‗ri  ta‘sir  ko‗rsatishda,  balki  innovatsiyalar  uchun    innovatsiyalarni 
davlat  tomonidan    vositali  qo‗llab-quvvatlanishining  har  xil  moliyaviy  qonunchilik, 
soliq, sotsial va boshqa usullari bilan bir  qatorda qulay iqtisodiy muhitni yaratilishida 
namoyon  bo‗lishi  mumkin.  Davlat  o‗zbek  iqtisodiyotining  hozirgi    holatida 
innovatsion siyosatning asosiy  yukini o‗ziga ololmaydi, ammo innovatsion biznesni 
qo‗llab-quvvatlovchi tadbirlarning  to‗liq turli tumanligini ta‘minlashi mumkin. 
Va  nihoyat,  uchinchisi-  inovatsion  faoliyatning  egiluvchanligi,    ko‗p  
variantliligi  va  muqobilliligi  davlat  va  xususiy    tadbirkorlik,  xususiy  va  xorijiy  
sarmoyadorlar hamkorligining  ko‗p sonli  shakllarini  vujudga kelishiga juda  yaxshi 
yordam  beradi.  Loyihaviy    moliyalashtirishning  kengroq  amaliyoti  va  innovatsion 
faoliyatni    rivojlanishi  agar  davlat  siyosiy,    makroiqtisodiy  va  yirik  ekologik 
xatarlardan  kafolatchi  bo‗lgan  holda  o‗ziga  munosib    o‗rinni  topishlari  mumkin. 
O‗zbekistonda  innovatsion  biznesni  rivojlanishi  uchun    dastlabki  sharoitlar 
yaratilgan. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish