1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


Kichik biznesning innovatsion faoliyatini



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

2.Kichik biznesning innovatsion faoliyatini 
venchur moliyalashtirish usuli 
Iqtisodiyotning  har  qanday  tarmog‗ida  innovatsiyani  joriy  etish  moliyaviy 
mablag‗ni  talab  qiladi.  Innovatsion  biznesni  moliyalashtirish    jarayoni  esa 
odatdagidan ko‗ra farqli bo‗lib, jahon amaliyotida bunday moliyalashtirishning asosiy 
manbalaridan biri venchur fondi hisoblanadi.  
Jahon amaliyotidagi ilg‗or tajribalarning ko‗rsatishicha, kichik biznesni 
moliyalashtirishda  venchur fondining ahamiyatiga alohida o‗rin berilgan. 
―Venchur‖ tushunchasi inglizcha venture so‗zidan olingan bo‗lib, odatda 
―xatar‖, ―tavakkalchilik‖ degan ma‘nolarni anglatadi.  
Venchur fondi – bu tavakkalchilik darajasi yuqori, oldindan daromad yoki 
ziyon ko‗rilishi aniq ma‘lum bo‗lmagan innovatsiya loyihalari va dasturlarini 
moliyalashtirish va amalga oshirish, shuningdek, innovatsiyalarni joriy qiluvchi 
tashkilotlarni moliyaviy, konsalting, injiniring va huquqiy qo‗llab-quvvatlovchi 
jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan maxsus moliyaviy 
fonddir. 
Venchur moliyalashtirish - bu korxonalarning tavakkalchilik darajasi yuqori, 
foyda yoki zarar ko‗rishi oldindan noma‘lum bo‗lgan innovatsion faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash uchun moliyaviy resurslarni ajratishdir. 


56 
 
Ko‗p  hollarda  venchur  kapitali  mustaqil  fondlar  ko‗rinishida  bo‗lib,  ular 
kichik va o‗rta korxonalarni investitsiyalash uchun moliyaviy institutlar sarmoyasini 
o‗ziga jalb qiladi. 
 Jahon tajribasida ba‘zi moliyaviy institutlarning o‗zida ham venchur fondlari 
amal  qilishi  kuzatilgan.  Bundan  tashqari,  venchur  sohasida  xususiy  investorlar  va 
yirik kompaniyalarning birgalikdagi ishtiroki, ya‘ni korporativ venchurlash mavjud.  
AQSHda  venchur  kapitali  sohasiga  mansub  bo‗lgan  tijorat  moliya 
tashkilotlari  keng  tarqalgan.  Ularning  faoliyat  maqsadi  pul  mablag‗larini  yig‗ib, 
foyda  olish  uchun  manfaatli  loyihalarni  moliyalashtirishdan  iborat.  Ma‘lumotlarga 
qaraganda, AQSH va Buyuk Britaniyada bunday fondlar mablag‗ining o‗rtacha hajmi 
50 mln. dollarni tashkil etadi. Ko‗p hollarda venchur fondlari mas‘uliyati cheklangan 
hamkorlik  shaklida  tashkil  etiladi.  Ayni  ushbu  tarixiy  shakl  venchur  kapitalini 
tuzishda  qulay  vosita  bo‗lib  chiqqan.  Bunday  faoliyat  mas‘uliyati  cheklangan  va 
umumiy  sheriklik  qismlaridan  tarkib  topgan.  Birinchi  qismga  mansublari  faqat  o‗z 
kapitali  bilan  ishtirok  etadi,  ammo  boshqaruvda  qatnashmaydi,  mas‘uliyatga  ega 
bo‗lmaydi.  Ular  o‗z  mablag‗larini  tavakkal  qilib  sarflashadi.  Umumiy  sherik  esa 
aksincha,  bajariladigan  barcha  ishlar  uchun  javobgar  hamda  boshqaruvda  ishtirok 
etadi. 
Tahlillarga  qaraganda,  venchur  fondlari  o‗z  faoliyatlarini  ham  ichki,  ham 
tashqi  bozorda  olib  borishgan.  Masalan,  Buyuk  Britaniyadagi  mavjud  10  ta  yirik 
venchur  fondlarining  3  tasi  xorijiy  investorlar  sanalib,  ular  AQSH  kompaniyalariga 
mansubdir. 
Jahon  amaliyotida  venchur  fondlarida  ko‗p  hollarda  banklar,  yirik 
korporatsiyalar,  sug‗urta  kompaniyalarining  faol  ishtirokini  ko‗rish  mumkin. 
Masalan,  2007  yilda  Evropada  tashkil  etilgan  mas‘uliyati  cheklangan  shakldagi 
(Limited  Partnership)  venchur  fondlarining  ta‘sischi  yoki  investorlarining  25,3  foizi 
pensiya jamg‗armalari, 16,2 foizi banklar, 10,3 foizi sug‗urta kompaniyalari, 9 foizi 
biznes-angellar  hissasiga  to‗g‗ri  kelgan.  Evropadagi  amaliyotga  ko‗ra,  bunday 
hamkorlik  shartnomalari  10  yilga  tuziladi  va  ba‘zida  yana  3  yilga  uzaytiriladi. 
Kembridj  tadqiqot  markazining    tahlillariga  ko‗ra,  2007-2008  yillarda  Buyuk 
Britaniyada  eng  ko‗p  investitsiyalar  hajmi  mas‘uliyati  cheklangan  hamkorlik 
shaklidagi venchur fondlari hissasiga to‗g‗ri kelgan. 
Tahlillar shuni ko‗rsatadiki, dunyoda norasmiy venchur kapitalining eng ko‗p 
hajmini  biznes-angellarning investitsiyalari  tashkil  etmoqda. SHu  o‗rinda  qayd  etish 
kerakki,  ―biznes-angel‖  tushunchasi  dastlab  turli  madaniy  tadbirlarni  homiylik 
asosida  moliyalashtirish  va  muvaffaqiyatli  natijalarga  erishilgan  holatlarda  olingan 
foydaning  taqsimlanishida  ishtirok  etish  jarayonida  paydo  bo‗lgan.  Keyinchalik 
Silikon  vodiysida  badavlat  kishilar  innovatsion  loyihalarni  amalga  oshirishning 
dastlabki  bosqichlarida  moliyalashda  qatnashganlar.  Davriy  ravishdagi  bunday 
loyihalarning  amaliyoti  investitsiyalar  oqimining  oshishiga,  biznes-angellar 
faoliyatining kengayishiga olib kelgan.  
2008 yildagi statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, AQSHda 1 mln. nafar salohiyatli 
biznes-angellar  faoliyat  ko‗rsatgan  bo‗lib,  ularning  yillik  imkoniyatlari  50  mlrd. 
dollarni  tashkil  etgan.  Evropada  shu  paytda  yiliga  20  mlrd.  evro  miqdorida 


57 
 
investitsiyalash imkoniyatiga ega 12 ming 800 nafar biznes-angel faoliyat ko‗rsatgan. 
Biznes-angellar  xatarlarni  kamaytirish  maqsadida  ko‗pincha  o‗z  mablag‗larini 
birlashtirib, sindikatlarni tashkil etishgan. 
Umuman,  jahon  tajribasidan  ma‘lum  bo‗lishicha,  venchur  kapitali  amaliy 
g‗oyalarning tijoratlashtirilishida katta yordam bergan. Garchi, Evropada YAIMning 
1,8  foizi,  AQSHda  esa  2,8  foizini  tashkil  etsada,  venchur  kapitali  o‗ziga  xos 
ahamiyatga  ega  bo‗lgan.  CHunki,  ushbu  kapital  korxonalarning  innovatsion 
taraqqiyotini ta‘minlashning yagona omili sifatida xizmat qilgan. SHu boisdan dunyo 
miqyosida venchur kapitalini innovatsion biznes rivojining asosi, deyish mumkin. 
Kichik  biznes  sub‘ektlarining  innovatsion  loyihalarini  amalga  oshirish  va 
tijoratlashtirish muammosini samarali hal etishda venchur moliyalashtirish fondlarini 
tashkil  etish  maqsadga  muvofiqdir.  Innovatsion  loyihalarni  venchur  loyihalashtirish 
fondi  davlat  va  xususiy  mablag‗larni  jamlab,  ularni  ushbu  loyihalarni 
moliyalashtirishga yo‗naltiradi. 
Firmada  venchurli  bo‗limning  tuzilishi  va  harakat  qoidasi  huddi  erkin 
venchur  korxonaga  o‗xshashdir.  Ma‘lumki,  venchurlar  asosan  kichik  biznesni 
rivojlanishiga taalluqlidir. Ularning tavsifi hususiyatlariga quyidagilar kiradi: 
1. Bu tavakkalli biznes, ya‘ni bu tadbir o‗ta yangi, avval hech kim tomonidan 
ishlanmagan  (innovatsion)  ob‘ektni  tanlaydi  va  o‗z  kapitalini  yoki  qarzga  olingan 
moliyaviy  vositalarni  ishlatishni  tavakkal  qilib  sarflaydi.  Agar  muvafaqqiyatga 
erishsa, tadbirkor katta o‗lchamdagi o‗ta yuqori darajadagi daromadga ega bo‗ladi. 
2.  Tahlillarning  ko‗rsatishicha,  ilmga  boy  venchur  firmasi  o‗z  loyixasini 
ishlash  va  mahsulot  chiqarishni  yirik  korxonalarning  vazifaviy  bo‗limlariga 
qaraganda 1/3 yoki 2/3 martda tezroq amalga oshirishga muvaffaq bo‗ladi. 
Venchurning  shiorlaridan  biri  «Agar  sen  bugun  yirik  muammoni  echishga 
tayyor bo‗lmasang, unda hozirgi kunda qo‗lingdan keladigan masalani ech». 
3.  Venchur  firmasi  barcha  kichik  biznes  dunyosida  katta  harakatchanlikka 
ega.  U  erkin  tashkilot  bo‗la  turib,  ish  usullarini  va  sxemalarini  o‗zgartirish 
imkoniyatiga ega. 
4.  Tadbirkorlik  «venchur»  tushunchasiga  egaligidagi  eng  muhimi,  uning 
quyidagi  alomatlaridir:  (egallogich,  rahbar,  menejer):  ishbilarmonlik,  intiluvchanlik, 
mardlik,  tavakkalchilik,  raqobatchilik  bilan  bo‗ladigan  kurashdagi  jonkuyarligi  va 
boshqa sifatlari juda muhimdir. 
Kichik  biznesda  muvaffaqiyatli  harakat  qiluvchi  venchurlardan  keladigan  
foyda  shunchalik kattaki,  hatto  yirik  firma  rahbarlari ulardan  o‗ziga  ittifoqchi qidira 
boshlaydilar.  Innovatsion  loyixalarni  bajarish  uchun  rahbarlar  shartnoma  va 
buyurtmalar  tuzadilar,  moliyaviy  yordamlar  ko‗rsatishadi. Ikkinchi  yo‗l  esa  venchur 
guruxining  ijobiy  tajribasini  o‗tkazish  va  firma  ichida  kerakli  innovatsiya 
bo‗linmalarining yaratishdan iborat. 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish