1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


  Innovatsion loyihalarda risklarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

2.  Innovatsion loyihalarda risklarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish 
Risklarni  sifat  tahlili  –  bu  loyiha  bo‗yicha  kutilishi  mumkin  bo‗lgan  asosiy 
risklarni aniqlash, loyihani amalga oshirishda uning oqibatlarini o‗rganish va risklarni 
pasaytirish yo‗llarini (tadbirlarini) aniqlashdan iborat.  
Innovatsiyalarni  sifat  jihatdan  tahlil  qilishning  o‗ziga  xos  xususiyati  uni 
miqdoriy  natijalar  sifatida  aks  ettirishidadir.  Loyihaviy  risklarning  sifat  tahlilini 
o‗tkazish jarayonida loyiha bo‗yicha aniq risk turlari aniqlanadi, ularni paydo bo‗lish 
sabablari  o‗rganiladi,  risklarni  pasaytirish  yuzasidan  tavsiyalar  va  loyihani  amalga 
oshirish oqibatlari tahlil qilinadi.  
Risklarning  miqdoriy  tahlili  esa  risklilik  nuqtai  nazaridan  loyiha  bo‗yicha  bir 
qator  omillarning  o‗zgarishi  natijasida  loyiha  samaradorligi  mezonlarining 
o‗zgarishini o‗rganishdan iboratdir.  
Loyihaviy  risklarning  miqdoriy  tahlilini  o‗tkazish  loyihaning  hisob-kitoblariga 
asoslaniladi.  Miqdoriy  tahlilning  asosiy  vazifasi  loyiha  samaradorligi  mezonlariga 
asosan  riskli  omillarning  o‗zgarishi  ta‘sirini  miqdor  jihatdan  o‗lchashdan  iborat 
bo‗lib,  miqdoriy  tahlil  risklarni  loyiha  natijalariga  son  o‗lchovida    ko‗rsatib  beradi. 
Bunday  tahlil  turida  matematik  modellar,  ehtimollar  nazariyasi,  statistik  usullar 
qo‗llaniladi.  
Miqdoriy  tahlilning  kamchiliklari:  u  katta  hajmdagi  ma‘lumot,    vaqt  va  aniq 
bilim talab qiladi, ammo bu tahlil turi aniq o‗lchovli ma‘lumot beradi.  
Miqdoriy tahlil quyidagilarni o‗z ichiga qamrab oladi: 
- statistik ko‗rsatkichlar (dispersiya, variatsiya va boshqalar);  
- sezgirlik usuli (bitta risk omili o‗zgarishining loyiha samaradorligi mezonlarining 
o‗zgarishiga bog‗liqligini tadqiq qilish);  
- zarasizlik nuqtasini  aniqlash usuli;  
- ssenariylar usuli;  
- Monte-Karlo usuli;  
- diskontlash stavkasini o‗zgartirish usuli va boshqalar. 
Odatda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:  
-  birinchi  bosqichda  muayyan  turdagi  riskning  ko‗payishi  yoki  kamayishiga 
ta‘sir etuvchi ichki va tashqi omillar aniqlanadi;         
- ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o‗tkaziladi;  


50 
 
- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida moliyaviy nuqtai 
nazardan aniq ko‗rinishdagi risk tahlili olib boriladi: a) loyihaning moliyaviy ahvoli 
(likvidligi)ni aniqlash; b) investitsiya loyihasida ishtirok etishning iqtisodiy jihatdan 
maqsadga  muvofiqligini  (moliyaviy  mablag‗lar  qo‗yilmasining  samaradorligini) 
aniqlash;  
-  to‗rtinchi  bosqichda  riskning  tanlangan  darajasi  bo‗yicha  alohida 
operatsiyalar tahlili o‗tkaziladi;  
-  beshinchi  bosqichda  risk  oqibatida  kutilishi  mumkin  bo‗lgan  yo‗qotishlar 
hajmi aniqlanadi;  
- oltinchi - so‗ngi bosqichda, ko‗rib chiqilayotgan loyihada qatnashish bo‗yicha 
ijobiy  qaror  qabul  qilingan  hollarda  riskni  yo‗qotish  yoki  pasaytirish  bo‗yicha 
kompleks  chora-tadbirlar  ishlab  chiqiladi.  Odatda,  bunday  vaqtlarda  turli  xil 
yo‗qotishlarga tayyor turish uchun oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham 
ko‗rib chiqish mumkin.  

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish