1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


 Obligatsiyalar asosiy tavsifnomalari va ularning daromadlilik



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

 
4. Obligatsiyalar asosiy tavsifnomalari va ularning daromadlilik 
tahlili. Obligatsiyalar portfeli daromadliligi 
Obligatsiyalarning  asosiy  parametrlari  qatoriga  quyidagilar  kiradi: 
nominal  narx;  qaytarib  sotib  olinadigan  narx,  agar  u  nominal  narxdan  farq 
qiladigan bo‘lsa; daromadlilik me‘yori va foyizlarni to‘lash muddatlari. 
Foyizlarni to‘lash muddati emissiya shartlarida kelishib olinadi, to‘lovlar 
yiliga bir marta, yarim yillik yoki choraklar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin 
bo‘ladi. 
Jahon  amaliyotida  obligatsiyalar  bo‘yicha  daromadlarni  to‘lashning  bir 
nechta usullaridan  foydalaniladi, xususan:  qat‘iy  belgilab qo‘yilgan  foiz  to‘lovi 
o‘rnatish;  pog‘onali  foiz  stavkasini  qo‘llash;  foiz  daromadi  o‘zgaruvchan 
stavkasidan  foydalanish;  obligatsiyalar  nominal  qiymatini  indeksatsiyalash; 
obligatsiyalarni  ularning  ustiga  yozib  qo‘yilgan  qiymatidan  chegirma  (diskont) 
bilan sotish; yutuqli zayomlar o‘tkazish. 
qat’iy belgilab qo’yilgan foiz to’lovi o’rnatish eng tarqalgan usul bo‘lib, 
oblinatsiyalar bo‘yicha daromadlar to‘lashning eng oddiy shakli hisoblanadi. 
Pog’onali  foiz  stavkasini  qo’llashda  bir  nechta  sana  belgilanadi  va  ular 
tugagach,  obligatsiyalar  egasi  yoki  obligatsiyalarni  bahosini  to‘lab  qaytarib 
olishi  yoki  keyingi  sana  kelguncha  qoldirishi  lozim  bo‘ladi.  Har  bir  keyingi 
davrda foiz stavkasi o‘sib boradi. 
Oblinatsiyalar  bo‘yicha  stavka  o’zgaruvchan  bo‘lishi,  ya‘ni  O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  Banki  qayta  moliyalashtirish  stavkasi  dinamikasi  yoki 
kim  oshdi  savdosi  orqali  joylashtiriladigan  davlat  qimmatli  qog‘ozlarining 
daromadlilik  darajasiga  muvofiq  muntazam  (har  yarim  yilda  va  hokazo) 
o‘zgarib turishi mumkin. 
Ayrim mamlakatlarda inflyasiyaga qarshi chora sifatida iste‘mol narxlari 
indeksining  o‘sishini  hisobga  olgan  holda  indeksatsiyalanuvchi  nominalli 
obligatsiyalar chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 
Ayrim  obligatsiyalar  bo‘yicha  foizlar  to‘lanmayd.  Ularning  egalari  bu 
obligatsiyalarni  diskont  bilan  (ustiga  yozib  qo‘yilgan  qiymatidan  chegirma 


145 
 
bilan) xarid qilishi va nominal bo‘yicha bahosini to‘lab qaytarib olish hisobiga 
daromad oladilar. 
Obligatsiyalar  bo‘yicha  daromad  muntazam  o‘tkazib  turiladigan  tirajlar 
yakunlari  bo‘yicha  ularning  egalariga  tegadigan  yutuqlar  shaklida  ham  
to‘lanishi mumkin. 
Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  oldi-sotdi  ob‘ekti  hisoblanar  ekan, 
obligatsiyalar  emissiya  paytida  nominalga  teng,  undan  qimmat  yoki  arzon 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan bozor narxiga ega bo‘ladi. 
Bozor  narxlari  bir-biridan  sezilarli  farq  qiladi,  shu  sababli  ularga 
taqqoslashga 
erishish 
uchun 
obligatsiyalar 
kursi 
hisoblab 
chiqiladi. 
Obligatsiyalar kursi deganda 100 ta nominal pul birligidagi bitta obligatsiyaning 
xarid  narxi  tushuniladi.  Obligatsiya  kursi  ayni  paytda  kapital  bozorida  mavjud 
bo‘lgan  ssuda  foizi  o‘rtacha  ko‘rsatkichiga,  bahosini  to‘lab  qaytarib  olish 
muddatiga,  emitentning  ishonchlilik  darajasiga  va  boshqa  bir  qator  omillarga 
bog‘liq bo‘ladi.  
Obligatsiyalar kursi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:  
 
100
N
P
P
k

   
 
 
 
(20.8) 
 
bu erda  
R
k
— obligatsiyalar kursi; 
—  bozor narxi; 
N – obligatsiyalar nominal narxi. 
 
Obligatsiyalar  daromadliligi  emitent  taklif  qilgan  shartlarga  bog‘liq 
bo‘lgan  bir  qator  ko‘rsatkichlar  bilan  tavsiflanadi.  Masalan,  ular  chiqarilgan 
muddat  yakunida  bahosini  to‘lab  qaytarib  olinuvchi  obligatsiyalar  uchun 
daromadlilik to‘liq va joriy kupon daromadliligi bilan o‘lchanadi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish