Tanqidiy
mohiyatlar
uslubi
loyihaning
tavakkalchilik
uchun
tekshirilayotgan o‘zgaruvchan (omillari) yoki parametrlarining loyiha
samaradorligi tegishli mezonining hisob-kitobdagi kattaligini tanqidiy
chegaragacha olib keladigan mohiyatlarini topishga asoslanadi.
Ehtimolliklarning murakkab taqsimotlarini («echimlar daraxtini»)
qurish yordamida tanlash vazifasining modellashtirilishi tavakkalchilikni tadqiq
etishning muhim uslublariga kiradi. Bunday modellashtirish ehtimol tutilgan
echimlar variantlarining grafik (tarmoqli) tarzda qurilishiga asoslanadi.
«Daraxt»ning novdalariga qarab ehtimol tutilgan hodisalarning sub‘ektiv va
ob‘ektiv baholari ajratib chiqiladi. qurilgan novdalar bo‘ylamasi bilan borib va
ehtimolliklarni hisob-kitob qilishning maxsus uslubiyotlaridan foydalanib, har
bir yo‘lga baho beriladi va eng kam tavakkalchiliklisi tanlanadi. 3.3-paragrafda
ushbu uslub yanada batafsil ko‘rib chiqiladi.
133
Do'stlaringiz bilan baham: |