O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Badanga  shikast  yetkazishni  o‘zga  kishining  sog‘lig‘iga  uning  xohishiga  zid  ravishda,  tashqi  muhit 
omillari  ta’siri  ostida  to‘qimalar  yoki  a’zolarning  anatomik  bus-butunligi  yoki  fiziologik  funksiyalari 
buzilishiga sabab bo‘lgan g‘ayriqonuniy zarar yetkazish, deb ta’riflash mumkin. 


Bundan  urish,  do‘pposlash,  jismoniy  og‘riq  beruvchi  boshqa  zo‘ravonlik  harakatlari  sodir  etilishini 
badanga  shikast  yetkazishlar  jumlasiga  kiritish  mumkin  emas,  degan  fikr  tug‘iladi.  Shubhasiz,  bunday 
harakatlar natijasida odamda jismoniy og‘riq, noxush tuyg‘ular paydo bo‘ladi, lekin ular, odatda, sud-tibbiy 
ekspertizasini  (badanga  yetkazilgan  shikastlarning  og‘irlik  darajasini  sud-tibbiy  aniqlash  qoidalari  asosida) 
o‘tkazish  jarayonida  obyektiv  mezonlar  asosida  tasdiqlanishi  mumkin  bo‘lgan  darajada  sog‘liqni  ishdan 
chiqarmaydi.  Shu  munosabat  bilan  urish,  do‘pposlash  va  boshqa  zo‘ravonlik  harakatlarini  badanga  shikast 
yetkazishlar toifasiga kiritilishi mumkin bo‘lmagan mustaqil jinoyatlar, deb hisoblash kerak bo‘ladi. 
Badanga  shikast  yetkazishning  obyekti  uning  holati  va  individual  sifatlaridan  qat’iy  nazar,  o‘zga 
kishining  sog‘lig‘idir.  Jismoniy  daxlsizlik  shaxsning  sog‘lig‘iga  zarar  yetkazish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan 
boshqa zo‘ravonlik harakatlarining obyekti, deb hisoblanishi lozim. 
Sog‘liqqa  zarar  yetkazganligini  aniqlashda,  uning  badanga  shikast  yetkazilgan  paytdagi  holatiga,  ya’ni 
sog‘liqning  yomonlashuviga  asoslanish  kerak  bo‘ladi.  Sud  tibbiyoti  va  sud  amaliyoti  sodir  etilgan  qilmish 
natijasida  sog‘liq  avvaliga  nisbatan  yomonlashgan  bo‘lsa,  jabrlanuvchi  sog‘lig‘iga  zarar  yetkazilganligini 
qayd etilishi kabi qoidaga amal qiladi. 
Badanga shikast yetkazish jinoyatining obyekti faqat o‘zga kishining sog‘lig‘igina bo‘lishi mumkin. O‘z 
sog‘lig‘iga yetkazgan shaxs (o‘z a’zosini mayib qilish) faqat boshqa jinoyat, harbiy yoki muqobil xizmatdan 
bo‘yin  tovlash  (Jinoyat  kodeksining  225-moddasi),  o‘zining  biron  a’zosini  mayib  qilish  yo‘li  bilan  yoki 
boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash (Jinoyat kodeksining 290-moddasi) sodir etgan hollardagina 
jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Bunday hollarda o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazish ana shu moddalarda nazarda tutilgan jinoyatni sodir etish 
usuli sifatida namoyon bo‘ladi va shu bois bunday shaxslarning harakatlari qo‘shimcha kvalifikatsiyani talab 
qilmaydi. Agar ijtimoiy xavfli  maqsadda shaxsning roziligi bilan boshqa shaxs tomonidan uning sog‘lig‘iga 
zarar  yetkazilsa,  yetkazgan  zarar  darajasiga  qarab  badanga  shikast  yetkazish  va  o‘z  sog‘lig‘iga  tegishli 
og‘irlikdagi  zarar  yetkazilishiga  rozilik  bergan  shaxs  esa,  jinoyatda  ishtirokchi  sifatida  jinoyatlar  jami 
bo‘yicha javobgar bo‘ladilar.  
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi II bobidan boshqa boblarida ham inson sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi  
mumkin  bo‘lgan  bir  qancha  jinoyatlar  uchun  ham  javobgarlik  nazarda  tutilgan.  Bu  jinoyatlarning  jinoyat 
qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan  boshqa  ijtimoiy  munosabatlariga  zarar  yetkazishi  tufayli  qonun  chiqaruvchi 
ularni  «Sog‘liqqa  qarshi  jinoyatlar»  jumlasiga  kiritmaydi.  Bunday  jinoyatlar  yuridik  adabiyotlarda  ikki 
obyektli jinoyatlar, deb yuritiladi (masalan, bosqinchilik — Jinoyat kodeksining 164-moddasi, talonchilik — 
Jinoyat  kodeksining  166-moddasi  va  h.k.).  Badanga  shikast  yetkazishda  tajovuz  faqat  shaxs  sog‘lig‘igina 
qaratilgan  bo‘ladi,  aynan  mana  shu  farq  «Sog‘liqqa  qarshi  jinoyatlar»  bobida  nazarda  tutilgan  badanga 
shikast  yetkazish  va  sodir  etilishi  jarayonida  badanga  shikast  yetkaziladigan  jinoyatlarni  bir-biridan  ajratib 
turadi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish