O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

birinchi  vaziyat  —  sport  bellashuvi  paytida  o‘yin  qoidalari  buzilmagani  holda  sog‘liqqa  shikast 
yetkazilishi.  Garchi,  bunday  harakatlar  natijasida  zararli  oqibatlar  yuz  bersa  ham,  sportchi  sport  qoidalarini 
buzish va shikast yetkazishga qasd qilmaydi. Shu bois uning harakatlari ijtimoiy xavfli va g‘ayriqonuniy, deb 
topilishi mumkin emas; 

ikkinchi  vaziyat  —  sportchining  ehtiyotsizlikdan  o‘yin  qoidalarini  buzganligi  natijasida  sog‘liqqa 
shikast  yetkazilishi.  Bunday  hollarda  ham  sportchining  harakatlarida  jinoyat  tarkibi  bo‘lmaydi  va  unga 
nisbatan musobaqa qoidalarida nazarda tutilgan jazolargina qo‘llanilishi mumkin; 

uchinchi  vaziyat  o‘yin  qoidalarini  qasddan  buzish  natijasida  sog‘liqqa  shikast  yetkazilishini  qamrab 
oladi.  Bunday  hollarda  masala  ro‘y  bergan  oqibatlarga  qarab  hal  etiladi.  Agar  badanga  yengil  shikast 
yetkazish tarzidagi oqibat yuz bergan bo‘lsa, aybdor jinoiy javobgarlikka tortilmasligi lozim. Jabrlanuvchiga 
o‘rtacha  og‘ir  yoki  og‘ir  shikast  yetkazilgan  bo‘lsa,  aybdorning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  111-moddasi 
(ehtiyotsizlikdan badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazganlik uchun) bilan kvalifikatsiya qilinadi; 



to‘rtinchi  vaziyat  raqibning  sog‘lig‘iga  sport  bellashuviga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  shikast 
yetkazilishidir.  Bunday  hollarda  badanga  qasddan  u  yoki  bu  darajada  shikast  yetkazganlik  uchun  aybdor 
jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
 
Badanga  shikast  yetkazadigan  harakatlar  juda  xilma-xil  bo‘lib,  ularni  quyidagi  guruhlarga  bo‘lish 
mumkin: 
 
1) jismoniy (mexanik, termik, elektrik va h.k.) ta’sir ko‘rsatib, badanga yetkaziladigan shikastlar; 
2)  organizmga  kimyoviy  yoki  biologik  faol  vositalar  bilan  ta’sir  ko‘rsatish  (turli  kislotalar,  zaharli 
moddalar, gazlar va h.k.dan foydalanish) yo‘li bilan badanga yetkaziladigan shikastlar; 
3) ruhiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan badanga yetkaziladigan shikastlar. 
 
Jismoniy  ta’sir  ko‘rsatish  yo‘li  bilan  badanga  yetkaziladigan  shikastlar  odamning  muskul  kuchidan 
foydalanib, ya’ni urish, tepish, kalla qo‘yish bilan yetkazilishi mumkin. Aksariyat hollarda aybdorlar buning 
uchun  turli  asboblar,  xo‘jalik-ro‘zg‘or  ashyolari,  o‘qotar  yoki  sovuq  qurollardan  foydalanadilar. 
Fuqarolarning  sog‘lig‘iga  termik  yoki  elektrik  ta’sir  ko‘rsatish  (badanni  dazmol,  qizdirilgan  ashyolar  bilan 
kuydirish va h.k.) orqali shikast yetkazishlar ham hayotda tez-tez uchraydi. 
Qilmishni badanga shikast yetkazishlik, deb kvalifikatsiya qilish uchun shikast yetkazish usuli, u yoki bu 
asbobdan  foydalanganlik  ahamiyatga  ega  emas.  Biroq,  jazo  tayinlash  paytida  sog‘liqqa  shikast  yetkazish 
usuli  inobatga  olinishi  mumkin.  Negaki,  bu  holat  aybdor  shaxsning  va  u  sodir  etgan  jinoyatning  u  yoki  bu 
darajada  ijtimoiy  xavfliligidan  dalolat  beradi.  Odamning  sog‘lig‘i  yoki  jismoniy  daxlsizligiga  turli  xildagi 
harakatlar,  turlicha  usullar  orqali  xilma-xil  asboblar  va  jinoyat  vositalari  yordamida  zarar  yetkazilishi 
mumkinligi sababli badanga shikast yetkazish turli darajada bo‘lishi mumkin. 
Bu oqibatlar qonunda: 
 
1) hayot uchun xavfning mavjudligini yoki yo‘qligini; 
2) sog‘liqqa yetkazilgan zararning og‘irligi darajasini; 
3) umumiy mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasini hisobga olib tasniflanadi. 
 
Jinoyat  kodeksida  yuz  bergan  oqibatlarga  qarab  badanga  og‘ir  (Jinoyat  kodeksining  104-moddasi), 
o‘rtacha  og‘ir  (Jinoyat  kodeksining  105-moddasi)  va  yengil  (Jinoyat  kodeksining  109-moddasi)  shikast 
yetkazganlik uchun differensiyalashtirilgan javobgarlik nazarda tutiladi. 
Jinoyat  kodeksining  alohida  normasida  do‘pposlaganlik  (kaltaklaganlik)  va  qiynaganlik  uchun  (Jinoyat 
kodeksining  110-moddasi)  javobgarlik  nazarda  tutilgan.  Qonunda  ko‘rsatilgan  muayyan  oqibatlarning  yuz 
berganligi  (mehnat  qobiliyatining  yo‘qotilishi,  biron-bir  organni  yoki  shu  organ  faoliyatining  yo‘qotilishi, 
homilaning tushishi va h.k.) badanga og‘ir, o‘rtacha og‘ir, yengil shikast yetkazishni tamom bo‘lgan jinoyat, 
deb topishning zaruriy belgisi hisoblanadi. Bunda sodir etilgan ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy qilmish va yuz 
bergan  oqibatlar  o‘rtasidagi  sababiy  bog‘lanish  mavjud  bo‘lishi  kerak.  Bunday  bog‘lanish  bo‘lmagan 
taqdirda, ro‘y bergan oqibatlarda shaxsni aybdor, deb topish mumkin emas.  
Ko‘pincha oqibat sodir etilgan jinoiy harakatlarning emas, balki uchinchi shaxslarning aybi bilan yoxud 
qandaydir boshqa holatlar tufayli ro‘y bergan bo‘ladi. Shu munosabat bilan, agar shaxsning qasdi bilan ro‘y 
bergan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud bo‘lsa, yuz bergan oqibatlar «to‘g‘ridan to‘g‘ri» yoki 
«tasodifiy» bo‘lganligidan qat’iy nazar, javobgar bo‘ladi. Masalan, V.ning jinoyat ishini ko‘rib chiqaylik. U 
talabalar  yotoqxonasida  O.ni  jinsiy  yaqinlik  qilishga  undagan.  Rad  javobini  olgach,  V.  uning  nomusiga 
tegishga uringan. O. deraza tokchasiga chiqib olib, agar V. unga yaqinlashsa, o‘zini derazadan pastga tashlab 
yuborishini  aytgan.  V.  tahdidga  parvo  qilmay  unga  yaqinlashgan,  O.  esa  derazadan  pastga  sakragan  va 
uchinchi  qavatdan  yiqilib  tushib,  og‘ir  shikastlangan.  Bu  holda,  bizningcha,  garchi  O.ning  sog‘lig‘iga 
o‘zining  harakatlari  natijasida  shikast  yetkazilgan  bo‘lsa  ham,  V.ning  harakatlari  va  yuz  bergan  oqibatlar 
o‘rtasidagi  zaruriy  (to‘g‘ridan  to‘g‘ri)  sababiy  bog‘lanish  emas,  balki  tasodifiy  xususiyatdagi  sababiy 
bog‘lanish mavjud, shuning uchun ham yuz bergan oqibatlarda V. aybdor, deb hisoblanishi kerak.  


Yuqorida bayon etilganlardan yuz bergan oqibatlar uchun javobgarlik ham zaruriy, ham tasodifiy sababiy 
bog‘lanish  mavjud  bo‘lgan  va  uning  rivojlanishi  aybdorning  qasdi  bilan  qamrab  olingan  bo‘lsa,  yuzaga 
keladi, degan xulosa qilish mumkin. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish