O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

D. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish 
(Jinoyat kodeksining 105-moddasi) 
 
Badanga yetkazilgan o‘rtacha og‘ir shikastlar og‘ir shikastlardan, avvalo, shunisi bilan farqlanadiki, ular 
hayot uchun xavfli bo‘lmaydi va odatda ular tufayli o‘lim yuz bermaydi. Yuqorida bayon etilganlar badanga 
yetkazilgan o‘rtacha og‘ir shikastlarning zaruriy belgisi hisoblanadi. O‘rtacha og‘ir tan jarohatlari odamning 
sog‘lig‘iga ancha ziyon yetkazishi mumkin, lekin ular a’zoning yo‘qotilishiga yoki og‘ir tan jarohatlariga xos 
bo‘lgan boshqa oqibatlarga sabab bo‘lmaydi. 
Badanga yetkazilgan o‘rtacha og‘ir shikastlarning asosiy belgilari quyidagilardir: 
 
1)  sog‘liqning  uzoq  vaqt,  ya’ni  kamida  yigirma  bir  kun,  ammo  to‘rt  oydan  ko‘p  bo‘lmagan  davrga 
yomonlashuvi; 
2) umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qotilishi. 
 
Amaliyotda sog‘liqning yomonlashuvi qancha davom etganligi mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida, 
ko‘pincha esa, jabrlanuvchining kasalxonada yotib davolanishi qancha davom etgani haqidagi ma’lumotnoma 
asosida ham aniqlanadi. Ammo bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki bu hujjatlarda badanga yetkazilgan shikast 
tufayli  sog‘liqning  yomonlashuvi  qancha  davom  etganligi  hamisha  ham  to‘g‘ri  qayd  etilmaydi.  Negaki, 
kasallik  varaqasi  bilan  tasdiqlangan  mehnatga  qobiliyatsizlikning  davom  etish  muddati  hamisha  ham 
yetkazilgan shikast bilan bog‘liq bo‘lavermaydi va boshqa holatlar: bir vaqtda qo‘zg‘algan boshqa kasallik, 
jabrlanuvchining  kasbiy  xususiyatlari  (oshpaz,  qandolatchining  qo‘lida  chaqa  joylar  borligi  va  h.k.)  bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aksincha, jabrlanuvchining o‘z iltimosiga ko‘ra, kasallik varaqasi barvaqt yopilib, u 
to‘la sog‘aymasdan ishga chiqib ketishi ham mumkin. Shu sababdan sog‘liqning uzoq vaqt yomonlashuviga 
olib  kelgan  aybdorning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  105-moddasi  bilan  kvalifikatsiya  qilinganida, 
sog‘liqning yomonlashuv muddati Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasi 
asosida aniqlanmog‘i lozim. 
Umumiy  mehnat  qobiliyatining  o‘n  foizidan  o‘ttiz  uch  foizigacha  yo‘qotilishi  badanga  yetkazilgan 
o‘rtacha og‘ir shikastning mustaqil belgisi hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 105-moddasi, 2-qismida javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda badanga o‘rtacha 
og‘ir  shikast  yetkazganlik  uchun  javobgarlik  nazarda  tutilgan  (Jinoyat  kodeksining  104-modda  tahliliga 
qarang). 
Jazoni  yengillashtiruvchi  holatlarda  badanga  shikast  yetkazganlik  uchun  javobgarlik  masalalari. 
Yengillashtiruvchi holatlarda sodir etilgan badanga shikast yetkazishlar jumlasiga kuchli ruhiy hayajonlanish 
holatida  qasddan  badanga  og‘ir  yoki  o‘rtacha  og‘ir  shikast  yetkazish  (Jinoyat  kodeksining  106-moddasi); 
zaruriy  mudofaa  chegarasidan  chetga  chiqib,  qasddan  badanga  shikast  yetkazish  (Jinoyat  kodeksining  107-
moddasi); ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, 
badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish (Jinoyat  kodeksining 108-moddasi) kiradi. 
 
E. Qiynash 
(Jinoyat kodeksining 110-moddasi) 
 
Qiynashning bevosita obyekti jabrlanuvchining sog‘lig‘i yoki jismoniy daxlsizligi hisoblanadi. Obyektiv 
tomondan  jinoyat  muttasil  ravishda  do‘pposlashda  yoki  boshqacha  harakatlar  bilan  qiynashda  ifodalanadi, 
bunda Jinoyat kodeksining 104, 105-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlar kelib chiqmagan bo‘lishi kerak.  
Qiynashlar  ko‘p  marotaba  yoki  uzoq  vaqt  davomida  og‘riq  yetkazish  bilan  bog‘liq  harakatlar, 
chimchilash,  savalash,  to‘mtoq  yoki  o‘tkir  uchli  narsalar  bilan  ko‘plab,  ammo  uncha  katta  bo‘lmagan 
shikastlar yetkazish, qizdirilgan buyumlar bilan ta’sir ko‘rsatish yoki boshqa shunga o‘xshash harakatlardir. 
Qiynash jabrlanuvchiga og‘ir jismoniy va ruhiy azob, og‘riq, aziyat yetkazadi. 


Qiynashda  muttasillik  jinoyatni  uch  karra  va  bundan  ortiq  marta  sodir  etishdan  iborat  bo‘lib,  bu 
harakatning  doimiyligidan,  takroriyligidan  dalolat  beradi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  muttasillik  shunchaki 
ayni bitta jinoiy qilmish takrorlanishinigina emas, balki uning harakatlarida muayyan umumiy reja namoyon 
bo‘lishini yoki aybdorning muayyan jinoiy ko‘nikmalari mustahkamlanib borishini kuzatish mumkin bo‘lgan 
bir qator harakatlarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi – uning bir necha bor takrorlangan jinoiy qilmishlari 
bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. 
Muttasil ravishda do‘pposlash, deganda nimani tushunmoq lozim? Qiynashning bir turi sifatida, muttasil 
do‘pposlashda, aybdorning sodir etgan harakatlari jabrlanuvchiga qattiq og‘riq va azob berishini anglashidan 
iborat bo‘lgan umumiy belgi  mavjud bo‘lishi lozim.  Shu tariqa, qasddan badanga  yengil shikast yetkazish, 
muttasil ravishda do‘pposlash, boshqa zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirish qiynashning usullari bo‘lib, 
tahlil qilinayotgan jinoyat obyektiv tomonining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Qiynashni  sodir  etishda  aybdor aynan  shunday  usulni  ongli  ravishda tanlaydiki, bunda u  o‘zi  xohlagan 
oqibatlarga  –  jabrlanuvchiga  juda  qattiq  og‘riq  yetkazishga  yoki  uni  azob-uqubatga  solishga  erishadi. 
Do‘pposlash  va  shikast  yetkazishlarning  usuli,  vositasi  muayyan  doiradan  chetga  chiqmasligi,  ularning 
xususiyati – bularning barchasi aybdorning niyati o‘z qurboniga o‘ziga xos jismoniy og‘riq yetkazishga yoki 
uni  azob-uqubatga  solishga  qaratilganligidan  dalolat  beradi.  Yuqoridagi  aytilgan  fikrlar  qiynash  muttasil 
ravishda va bir marta sodir etilishi mumkin, deb xulosa qilish imkonini beradi.  
Shu tariqa «qiynash» tushunchasi muttasil do‘pposlashlar, jabrlanuvchiga qattiq qiynoq, jismoniy og‘riq 
va  azob  beradigan  bir  necha  martalik  yoki  bir  martalik  harakatlardan  iboratdir.  Qiynash  natijasida  badanga 
yengil  shikast  yetkazilishi  yoki  yetkazilmasligi  ham  mumkin.  Agar  jabirlanuvchiga  bunday  shikastlar 
yetkazilgan  bo‘lsa,  qilmish  Jinoyat  kodeksining  110-moddasi  bilan  qamrab  olinadi  va  qo‘shimcha 
kvalifikatsiyani talab qilmaydi. Agar qiynash natijasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan 
bo‘lsa,  jinoyat  Jinoyat  kodeksining  104-moddasi  yoki  105-moddasining  tegishli  bandi  bilan  kvalifikatsiya 
qilinishi kerak. 
Jinoyat  do‘pposlash  yoki  boshqacha  harakatlar  bilan  muttasil  ravishda  qiynash  sodir  etilgan  paytdan 
e’tiboran tamom bo‘lgan, deb topiladi. 
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Qilmishning motivi va maqsadi jinoyatni kvalifikatsiya 
qilishda ahamiyat kasb etmaydi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan aqli raso har qanday jismoniy 
shaxs hisoblanadi. 
Ko‘rib chiqilayotgan moddaning 2-qismida: 
 
1) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; 
2) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; 
3)  ojiz  ahvoldagi  aybdorga  ayon  bo‘lgan  shaxsga  nisbatan  sodir  etilgan  qiynash  uchun  javobgarlik 
nazarda tutilgan. 
 
Aybdorning  qilmishini  Jinoyat  kodeksining  110-moddasi,  2-qismi  bilan  kvalifikatsiya  qilish  uchun 
aybdor  qiynashni  sodir  etishidan  oldin  ayolning  homiladorligini  bilganligini  aniqlash  zarur.  Homiladorlik 
muddatlari  jinoyatni  kvalifikatsiya  qilish  uchun  ahamiyatga  ega  emas.  Ojiz  ahvoldagi  shaxsni  qiynagan 
shaxsni  javobgar,  deb  topish  uchun  aybdor  jabrlanuvchining  ojiz  ahvoldaligini  aniq  bilgan  yoki 
bilmaganligini aniqlash lozimdir. 
 
 
 
 
1.  Badanga  shikast  yetkazish  jinoyatining  tarkibi  va  bu  qilmish  uchun  jinoiy  javobgarlikka  tortilish  uchun  zarur  bo‘lgan 
sharoitlarni tushuntiring. 
2.  Badanga yetkazilgan shikast darajasini aniqlashning mezoni va jinoyatning huquqiy asoslarini tushuntirib bering. 
3.  Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, ularning belgilari va javobgarlik masalasi (javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar). 
4.  Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishning qasddan odam o‘ldirishdan farqi. 
5.  Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga shikast yetkazishning ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirishdan farqi. 
6.  Qaysi holatlarda qasddan badanga (o‘rtacha og‘ir) shikast yetkazganlik uchun  jinoiy javobgarlik istisno qilinadi? 
7.  Javobgarlikni  og‘irlashtiruvchi  holatlarda  qasddan  badanga  o‘rtacha  og‘ir  shikast  yetkazishning  belgilari  va  jinoiy 
javobgarlikka tortish asoslari.  


8.  Qasddan badanga yengil shikast yetkazishning og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazishlardan farqi nimalardan iborat? 
9.  Qiynashning o‘ziga xos belgilarini bayon eting. 
10. Qiynashning takroran qasddan badanga yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir shikast yetkazishdan farqi nimada? 
 
11.  Jinoyat kodeksining 111-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va bu qilmish 
uchun javobgarlik masalasi (ehtiyotsizlikdan badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish). 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish