Ming boshi, qirq ergashi bor, yona sakkiz navkari.
Holga kelmas, butni taqmas, barchasi jallodvash,
To‘rti chorlab, o‘nu ellik, menga yuzlandi bari.
Birining qo‘lida uch yuz xanjar-u to‘rt yuz pichoq,
O‘nining og‘zida buldur: “Pora qil!”– deb gaplari.
“Abjad”– harflar yig‘masi hosilasi, arab alifbosida an’anaga ko‘ra har bir harf
bir raqam (son) qiymatiga ega. Yuqoridagi chistonning yechimi: “g‘am haddin
oshti!” iborasini beradi. Shoira bu iborani chistonda aks ettirib, o‘zi yashagan
ijtimoiy muhitdan noroziligini yorqin ifoda etgan, ayni choqda, o‘z shogirdlariga
ijtimoiy tengsizlikdan saboq berib, ular ongini uyg‘otishni, ijtimoiy-siyosiy
dunyoqarashlarini shakllantirishni ko‘zlagan.
Shoirning “qalam”, “qog‘oz”, “kamar”, “o‘qloq”, “dutor”, “sham”, “ko‘ylak”,
“qaychi” singari predmetlar, “uyqu”, “yong‘oq”, “makkajo‘xori”, “daraxt”, “qizil
gul”, “bog‘”, “xok” (tuproq), “choy”, “chakas”, “kaklik”, “ko‘z”, “to‘y”, “jon”,
93
“suv”, “muhabbat”, “tun” va “kun”ga oid chistonlari ham abjad hisobi asosida
yechiladi:
Bog‘ oralab bir gule ko‘rdim, ajoyib nogahon,
Yuz tani bor, yettis hoxi, o‘n butoq bo‘lmish ayon.
Yoprog‘i o‘ttiz, yigirma bandi, o‘ttiz ildizi,
Ey Falotun, tab’ olim, aylagaysen imtihon.
Bu chistonning abjad hisobi bo‘yicha yechimi “qizil gul” iborasini ifodalaydi.
Shoira bolalarda o‘quv qurollariga havas uyg‘otmoq va ularni sarishta-
saranjom hamda ozoda tutmoqlarini ko‘zlab, “qalam” va “qog‘oz” haqida shunday
chistonlar yaratgan:
Ul na qushdur: boshi yuzdir, qo‘lga olsang xosiyat,
Oning o‘ttizdir qanoti, yurmagidur ofiyat,
Poyi qirq, abjad hisobi anda ermish bandi bog‘.
Banddin aylang xalos ul qushni, qilmang qabziyat.
Yoki:
Ul na shahredur, yigirma bob, bir bozori bor,
Bulbuli mingdur, ajoyib yeti gulzori bor?
Yona vasfi shahri Rumdur, hindular tutmish vatan,
Tashna sursa, bog‘i abjaddin chiqqan anhori bor.
Bundagi sonlar ifodalan harflar jamlanganda, “qog‘oz” so‘zi kelib chiqadi.
Uvaysiy ellikka yaqin chiston yaratgan, shulardan o‘n sakkiztasi shoiraning
turli to‘plamlari va ayrim tadqiqotlarda e’lon qilingan. Chistonlar xilma-xil
mavzularda bo‘lib, xalq ijodiyotiga xos topishmoq hodisasidan ijodiy ta’sirlanish
samarasi sifatida yozilgan. Shoira bu xizmati bilan XIX asr o‘zbek mumtoz
adabiyotining janriy arsenalini boyitdi.
Anbar Otinning (1870-1915) “Yakka bayt”lari ham alifbe-manzumaning
o‘ziga xos namunasidir.
U arab harflari ifodalagan tovushlarni idrok etishni qulaylashtirishni
ko‘zlovchi to‘rtlik, oltilik, sakkizlik va o‘nlik shaklidagi poetik tizmalar bo‘lib,
qofiyalanuvchi so‘zlarning oxirgi hijosida muntazam takrorlanib kelishi ritmik bir
butunlikni ta’minlab kelgan, bunga g‘oyaviy-axloqiy ruhi qo‘shilib, asarning
kompozitsion yaxlitligiga erishilgan.
Odam ersang ma’ni bil dona-dona,
Vatan erur senga ikkinchi ona
So‘zlamasdan oldin so‘zingni sina
Har bir so‘zdir umring ichinda sina .
Shoira birato‘la odamiylikning to‘rt fazilatini ta’kidlayotir: birinchisi-
odamiylikning bosh fazilati bama’niligida, farosatliligida. Aksincha, bema’nilik va
farosatsizlik – odamiylikka zid xislatdir. Ikkinchisi – Vatanni ikkinchi ona o‘rnida
idrok etish, uni chin dildan sevish muhofazasiga fidoyi bo‘lishga shaylik ham
odamiylikning ziynati. Uchinchi – so‘zni amalda isbotlash va to‘rtinchi – so‘zda
sobitlik, bular bari bir-birini to‘ldiruvchi axloqiy mezonlar bo‘lib, odamiylik
tushunchasini mohiyatan ochishga xizmat qilgan. Harfdan harfga o‘tgan sayin,
shoira odamiylikning yangidan-yangi axloqiy jilolarini namoyish eta boradi.
94
“B” tovushi jilosidan odam adabiga zeb beruvchi axloqiy qarashini shunday
tovlantiradi:
Ulg‘ayursan sanda bor o‘lsa ada b,
Ulg‘ayursan sanda yor o‘lsa ada b.
Odam ersang, tashqi surat berma ze b,
Ona yurtingni hamisha ayla ze b.
Shoira tashqi ko‘rkka oro berish odamiylikka kirmasligini, ichki go‘zallikning
afzalligini, Vatanni obod qilish chinakam insoniy burchligini shu yo‘sinda
ta’kidlayotir. “B” tovushi bahonasida shu g‘oyani umumjahoniy darajaga ko‘taradi.
Dunyoda yaxshi nom qoldirish uchun yaxshi ishlar qilish zarurligini uqtiradi.
Shu tariqa,g‘oyaviy-badiiy barkamol alifbe-manzuma namunasini yaratib, el
farzandlarining tezroq xat-savod egallashlariga munosib hissa qo‘shgan. Binobarin,
bunday alifbe-manzumalar XX asrda bolalar she’riyatida yuzaga kelgan alifbe
she’rlar-abidsedariylar uchun an’anaviy zamin vazifasini o‘taganligi bilan ham
qimmatlidir.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |