O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

SANAMALAR.  Bular  behad  keng  tarqalgan  o‘yinboshi  badihalari  bo‘lib, 
asosiy  vazifasi  –  o‘yin  boshlanishi  oldidan  uni  boshlab  beruvchini,  navbatda 
turuvchini aniqlash, biror bola galini tayinlashdan iborat. Sanamalar butun o‘yinga 
kompozitsion asos bo‘lolmasa-da, muqaddima sifatida uning tarkibiy uzvini tashkil 
etadi  va  o‘sha  o‘yinning  yo‘nalishiga  poydevor  soladi.  Bu  ma’sul  vazifa 
sanamalarda  raqamlarni  “poetik  raqsga  tushirish”,  so‘z  yoki  so‘qma  (ma’nosiz) 
so‘zni  raqam  o‘rniga  qo‘llab,  sanash  intonatsiyasida  qo‘llash  asosida  ritmik 
o‘ynoqilikka  erishish  negizida  amalga  oshiriladi.  Bunda  sanamalarning  leksik 
xususiyati  qanchalik  bo‘rtib  ko‘rinsa-da,  ularni  ritmik  ohangdorlikdan  xoli  holda 
tasavvur  etish  yaramaydi.  Shu  xususiyatiga  ko‘ra  sanamalarning  uch  turini  farqlab 
ko‘rsatish mumkin: 
1.Voqeaband  sanamalar.  Bu  turga  mansub  sanamalar  asosini  sanash  ritmiga 
omuxta  sujet  tashkil  etadi.  Bunday  sujetlar  mo‘jazgina  bo‘lib,  bir-biriga  mantiqan 
bog‘langan  ikki-uch  harakatnigina  ifodalaydi.  Harakatning  mantiqan  izchil  tartibi 
sanash ohangini yuzaga keltiradi. 
Ko‘pincha  birdan  yettigacha,  birdan  o‘n  ikkigacha  va  birdan  o‘n  oltigacha 
bo‘lgan  raqamlar  faol  qo‘llanadi.  Biroq  birdan  ikkigacha,  uchgacha,  to‘rtgacha.. 
yettigacha  va  nihoyat,  ba’zan  o‘ngacha  to‘liq  sanalsa-da,  qolgan  hollarda  ritmik 
ehtiyoj va qofiya ohangdoshligi talabiga ko‘ra sakrab o‘n, o‘n ikki, o‘n olti sanog‘i 
aytib ketilaveriladi: 
Bir, ikki.. aylana, 
Aylanaga kir yana. 
Anqov bo‘lma, ey o‘rtoq, 
Doving keladi yana. 
Yoki: 
Bir, ikki,.. o‘n,.. o‘n ikki, 
O‘n ikki deb kim aytdi? 
O‘n ikki deb men aytdim, 
Ishonmasang, sanab boq: 
Birim – bilak, 
Ikkim – elak. 
Uchim – ichak, 
To‘rtim – terak. 
Beshim – beshik 
Oltim – olganim, 
Yettim – yetganim. 
Sakkizim – jonon qizim, 
To‘qqizim – qizil yuzim. 
O‘nim – ishimdagi unum, 
O‘n birim – aytilgan sirim, 
O‘n ikkim – chiqa tur san, ukkim! 


60 
 
       2.  Kumulyativ  sanamalar.    Uch-o‘n  ikki  yashar  bolalarning  fikrlashlari  va  uni 
bayon  etishlari  ayni  holatdagi  kayfiyatlariga  bog‘liq  ravishda  turlicha  kechishi 
psixologik jihatdan asoslangan. 
Bolalar  o‘yin  jarayonidagi  zavq-shavq  ta’sirida  mantiqsizliklarga  tabiiy 
ravishda  yo‘l  qo‘yadilar:  hayajonlanib,  quvonchlarga  to‘lib-toshib  o‘z  fikrlarini 
poyma-poy  so‘z  va  iboralar  vositasida  ifodalashdan  huzurlanadilar.  Bu  hol 
sanamalarning kumulyativ turida chuqur iz qoldirgan. Zotan, ular bolalarning o‘yin 
boshlashdan  hayajonlanishlari  oqibatida  sochilib  ketgan  fikr-tuyg‘ularining 
mantiqan  bog‘lanmagan  so‘z  va  iboralarda  ifodalana  turib,  sanash  ritmiga  qat’iy 
buysungan  holda  poetik  ohangdorlik  kasb  etib  tizmalanishi,  to‘planishi  tufayli 
yuzaga  kelgan  an’anaviy  o‘yin  badihalaridir.  “Kumulyativ”  so‘zi  bu  xildagi 
sanamalarning yetakchi xususiyati – tartibsiz va mantiqsiz so‘zu iboralarning sanash 
ritmida to‘planishini to‘la aks ettiradi, shu sababli ularni kumulyativ sanama istilohi 
bilan alohida guruh sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq: 
Avag-avag, 
Boy talog‘i, 
Do‘stim tavak. 
Boy kuchugi. 
Shoh ho‘kizi, 
Qachon kelar? 
Shoh kapalak. 
Yozi kelar. 
Turna qaro, 
San tur, 
Tur kuchugi. 
San chiq! 
Shu  holatida  sanamada  yaxlit  bir  manzarani  tasavvur  etishda  nimadir 
yetishmayotganday,  sintaktik  tuzilishi  sanash  ritmida  bo‘lganidan  mantiqdorlik  bir 
qadar  chekinganday.  Shunga  qaramay,  unga  hayvonlar,  qushlar  va  hasharotlarni 
ifodalovchi  epitetli  obrazlar  tizilishib  kelgan.  Bolalar  shunday  obrazlar  vositasida 
tabiatga munosabatlarini ham yashirmaydilar. Ular tushunchasidagi “shoh ho‘kizi”, 
“shoh  kapalak”  obrazlari  o‘sha  hayvon  va  hasharotning  shohga  qarashliligini 
anglatmaydi, balki “ho‘kizlar shohi” – eng zo‘ri, yaxshisi, “kapalaklar shohi” – eng 
chiroylisi,  go‘zali”  ma’nolirini  ifodalab,  bolalarning  estetik  didlari  andozalarini 
namoyon etadi. 
3.  So‘qma  sanamalar.    Bu  xildagi  sanamalarning  farqli  xususiyati  shundaki, 
bularda  voqeabandlik  (sujet)  yo‘q,  raqam,  ma’noli  so‘z  butkul  chekingan,  faqat 
so‘qma (ma’nosiz) so‘z hal qiluvchi poetik mohiyat kasb etgan. 
Bolalar  nutqida  o‘zlarini  o‘rab  olgan  olamdan,  “o‘z  imkoniyatlari  darajasida 
idrok etilgan va yangilangan”  tovushlardan so‘z shaklida tovush birikmalari paydo 
bo‘ladi. Ular hech qanaqa ma’noga ega bo‘lmasa-da, ohangdorligi jihatidan bolalar 
qalbiga  yaqindir,  ularning  olamga  munosabatlarini  ifodalovchi  o‘ziga  xos 
vositalardir.  Shu sababli bunday  tovush  birikmalarini so‘qma  so‘z  tarzida nomlash 
an’anaga aylangan. So‘qma so‘z, aniqrog‘i, so‘z shaklidagi tovush birikmalari nomi 


61 
 
bo‘lib,  har  xil  hodisalarni  yopadi.  Bolalar  idrok  etgan  olamni  tovushlar 
ohangdorligi silsilasida ifoda etadi. 
So‘qma  so‘zning  sanamalar  “qurilish  materiali”ga  aylanishi  janrning  to‘la-
to‘kis  bolalar  repertuariga  o‘tishi,  kattalar  ijodkorligiga  xos  raqamlarga  sig‘inish 
an’analaridan  batamom  tozalanib,  bolalar  ijodkorligi  namunasiga  aylanganligini 
tasdiqlovchi  muhim  dalildir.  Shu  ma’noda,  so‘qma  sanamalar  janrning 
takomillashgan  turi  sifatida  bolalar  poetik  folklori  arsenalini  boyitdi  va  bugungi 
kunda ham faol ijod qilinmoqda: 
Abadayni, 
Shabadayni, 
Shab-shabadayni. 
Dumala qoq, 
San chiq-u boq! 
Sanamalar  o‘zbek  bolalar  folklorining  qadimiy  va  g‘oyat  keng  tarqalgan, 
bugungi kunda ham faol davom etayotgan janri hisoblanadi. Hech bir janr bolalarda 
ritm  tuyg‘usini  tarbiyalashda  unga  tenglasha  olmaydi.  Shu  xususiyatiga  ko‘ra,  u 
bolalar  shoirlari  va  bastakorlari  diqqatini  tortib,  badiiy  janrga  aylanish  jarayonini 
kechmoqda.  Samuil  Marshak,  Daniel  Xarmslar  rus  bolalar  poeziyasida 
sanamalarning  ko‘rkam  adabiy  namunalarini  yaratgan  bo‘lsalar,  M.  A’zam, 
T.Adashboyev,  Anvar  Obidjon,  Q.Uzoqovlar  uni  o‘zbek  bolalar  poeziyasi 
arsenaliga  kiritish  yo‘lida  izlanmoqdalar.  Bu  o‘zbek  bolalar  adabiyotining  folklor 
bilan ijodiy uyg‘unlashuvi jarayonining istiqbol omili hisoblanadi. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish