57
boshlamalar ham deyish mumkin. Muqaddima shovqin bilan aytiladigan yoki
kuylanadigan chorlamalar, cheklashmachoqlar va sanamalarni o‘z ichiga oladi.
Bularning har biri mustaqil folkloriy hodisa bo‘lib, muqaddimaning janriy tarkibini
tashkil etadi.
2.O‘yinning o‘zi. 3.O‘yin intihosi yoxud yakuni. Bunga tarqalmachoq
janri kiradi. Shuni ta’kidlash joizki, bunday tarkibiy tuzilish ma’naviy (so‘z)
o‘yinlar uchun emas, balki harakatli o‘yinlar uchungina xos mushtarak xususiyatdir.
Bolalar qalbi qo‘shiqqa shu qadar oshuftaki, ular hatto faoliyatlarida asosiy o‘rinda
turuvchi o‘yinlarini ham qo‘shiq bilan ziynatlaganlar. O‘ynagani bir-birlarini
qo‘shiq aytib chaqiradilar, bunday badihalar
CHORLAMAlar deb yuritiladi.
Chorlamalar bolalarning bir-birlarini o‘yinga chaqirish jarayonida kechinmalarini
vaziyat taqozosiga bog‘liq holda ifodalaydi vahamisha o‘yinga da’vat etish,
chaqirishdan iborat vazifasini bajaradi:
– Bacha, bacha, bozi,
Kim qora qozi?
Kim o‘yinga chiqmasa,
Bo‘yniga tosh tarozi!
Yoki:
Bacha bo‘lsang, kelaver,
O‘ynab, o‘ynab ketaver.
Kel-ho, kel,
Kel-ho, kel.
Ikkala chorlama ohangi ham yolg‘iz bolaning ko‘cha bo‘ylab sakrab-sakrab
chopish harakatiga mos. Dastlabkisida o‘tmishdagi turmushga xos adolatsizlikka
kinoya motivi ustuvor: lirik qahramon o‘yinga chorlovchi hakamlik qiluvchi
qozining qora ishini qilmaslikdan ogohlantirayotir:
“Kim qora qozi”.Shuncha
chorlasa-da, o‘yinga chiqmayotganlarni o‘sha zamon kattalarisingari qarg‘ayapti:
“Bo‘yniga tosh tarozi”. Chorlamada o‘tmishdagi og‘ir hayotning bolalarni
muddatidan ilgari kattalarday mulohaza yuritishga, kattalarday gapirishga,
qarg‘ashga majbur qilganligi in’ikos topgan. Shu xususiyatiga ko‘ra unda zamon
ruhi, ijtimoiy hayot ruhi tarixan muhrlangan. Ikkinchisida esa, bunday ruh yo‘q,
unda quvnoq kayfiyatga yo‘g‘rilgan chorlov motivi ustivor. Hayqirib, baqirib-
chaqirib, shovqin solib kuylash barcha chorlamalar uchun mushtarak xususiyatdir.
O‘zbek bolalar o‘yinlari tashkil etilish tartibiga ko‘ra, ikki yo‘nalishga ega:
Birinchi yo‘nalishdagi o‘yinlarda bolalar o‘zaro ikki raqib tarafga
bo‘linmoqlari taqozo etiladi, bu vazifani o‘yin muqaddimasi sifatida
cheklashmachoqlar vositasi hal qiladi.
Ikkinchi yo‘nalishga mansub o‘yinlar esa, bolalar raqib tomonlarga
bo‘linmaydi, balki faqat navbat (gal)da turuvchini aniqlash asosida tashkil etiladi.
Navbatda turuvchi esa o‘yin muqaddimasi vazifasini bajaruvchi sanamalar
vositasida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: