O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

HARAKATLI O‘YINLAR. Bu xildagi o‘yinlarni yuzaga keltiruvchi vositalar 
turlicha  namoyon  bo‘ladi,  qay  birida  narsa  (o‘yinchoq)  harakatni  yuzaga  keltirib 
boshqarsa, qay birida faqat so‘z bu vazifani ado etadi. Shu xususiyatiga ko‘ra ularni 
uch ichki turga bo‘lib o‘rganish mumkin: 
1.Sof  harakatdan  iborat  o‘yinlar.  Bularni  taqlidiy  o‘yinlar  deyish  ham 
mumkin,  chunki  ularda  harakat  narsa  yoki  so‘z  vositasida  emas,  balki  taqlid 
negizida yuzaga keladi. “Almash qadamlar”, “Sirg‘anchiq yoki toyinishma”, “Ona 
tovuq va hakka”, “Jik-jik”, “Duk-duk”, “Shax-shax”, “Quvlashmachoq” va boshqa 
shu xildagi o‘yinlarda harakat u yo bu hodisaga taqlid zamirida voqelikka aylangan. 
Sof  harakatdan  iborat  o‘yinlarning  aksariyati  maktabgacha  va  kichik  maktab 
yoshidagi bolalarga mosligi bilan ajralib turadi. 
2.  Harakatni  narsa  boshqaradigan  o‘yinlar.  Bu  guruhga  mansub  o‘yinlar 
kichik  maktab  yoshdagi  va  o‘smirlarga  mos  bo‘lib,  ularda  harakatni  tuproq,  loy, 
toshcha,  tanga,  ishti,  oshiq,  danak,  yong‘oq,  ro‘molcha,  chillak  va  chillakdasta, 
lanka,  to‘p,  koptok,  qo‘g‘irchoq,  sopol  va  metall  hushtaklar,  yog‘och  g‘ildirakli 
itarma aravachalar, g‘arg‘ara, kamon, soqqa, varrak, parrak, suv solib puflaydigan 
sopol  bulbulchalar,  govg‘altaklar,  hallo‘ngi,  turli-tuman  o‘yinchoqlar  yuzaga 
keltiradi  hamda  boshqaradi.  Shunisi  muhimki,  o‘tmishda  bu  o‘yinchoqlarning 
aksariyatini bolalarning o‘zlari yasashgan,  yo‘ngan, tikkan, xullas, tayyorlashgan. 
Harakatni  narsa  boshqaradigan  o‘yinlar  silsilasini  “Besh  tosh”,  “To‘p  tosh”, 
“Ishti”,  “Hango‘z”,  “Kalpo‘shto‘ppi”,  “Urib  qochar”,  “O‘rtada  o‘tirish”,  “Oldim”, 
“Kim  echki?”,  “Tandir-mandir”,  “To‘pdan  saqlan”,  “Qalpoq  tepdi”,  “Chillak”, 


62 
 
“Qol-qolak”, “Baynol”, “Laxtak va laxtakboz”, “O‘ra koptok”, “Salavot”, “Chillim 
kes”,  “Tizma”,  “Qocharma”,  “Jambul”,  “Quloq  cho‘zma”,  “Ko‘zbog‘log’ich”, 
“Podsho-vazir”  va  boshqalar  tashkil  etadi.  Bu  o‘yinlarning  har  birida  bir  narsa, 
aytaylik,  toshcha,  koptok,  qalpoq,  chillak,  ro‘mol  va  hokazolar  harakatni  yuzaga 
keltirishga xizmat qilishdan tashqari, o‘sha harakatni boshqarib turadi. 
XX  asrning  o‘rtalaridan  e’tiboran  zavod-fabrikalarda  ishlab  chiqarila 
boshlangan “madaniy” o‘yinchoqlar vositasida o‘ynash rusumga kira bordi. Futbol, 
voleybol,  basketbol  singari  sport  xarakteridagi  o‘yinlarning  tobora  ommalasha 
borishi – bolalar o‘rtasidagi xalqona o‘yinlarni siqib chiqara boshladi. Bunda o‘zbek 
xalq  o‘yinlariga  eskilik  sarqiti  qabilida  qarashni  targ‘ib  qilgan  sho‘ro  mafkurasi 
ham  ma’lum  darajada  hissa  qo‘shdi.  Qolaversa,  texnik  tafakkur  taraqqiyotiga 
monand “Konstruktor”, aviaplanerchilik va boshqa shu xildagi o‘yinlarning bolalar 
faoliyatiga  kirib  borishi  ular  aqliy  olamining  o‘zgarishiga  ta’sir    ko‘rsatmay 
qo‘ymadi. 
3.  Harakatni  so‘z  boshqaradigan  o‘yinlar.  Bu  turdagi  o‘yinlar  tarkibiy 
tuzilmasida qo‘shiq muhim uzvga aylangan. U o‘yinda harakatni yuzaga keltiradi va 
butun  o‘yinni  boshqaradi,  aniqrog‘i,  qo‘shiq  yo  o‘yin  kompozitsiyasining  asosini 
tashkil etadi, yo o‘yin yo‘nalishida biror vazifani bajaradi. Shu xizmati bilan u o‘yin 
estetik qimmatini oshiradi va folkloriy ruhini kuchaytiradi. 
Jumladan, “Oq terakmi – ko‘k terak?” o‘yin-qo‘shig‘i bu jihatdan yorqin misol 
bo‘la oladi.  Bu o‘yin-qo‘shiq bolalar  repertuarida uzoq  zamonlardan beri o‘ynalib 
kelinadi.  Shunga  ko‘ra  uning  verbal  qismi  bo‘lgan  qo‘shiqlari  zamon  ruhiga 
yo‘g‘rilgan  holda  xilma-xil  variantlarda  uchraydi.  Biroq  o‘yinning  ijro  tartibi 
hamma  zamonlarda  ham  bir  xilligicha  davom  etib  kelayotir.  Unda  to‘plangan 
bolalar  dastlab  ikki  onaboshini  belgilab,  so‘ngra  cheklashmachoq  vositasida  ikki 
raqib  tarafga  ajraladilar.  Bunda  o‘yinchi  bolalar  sonining  teng  bo‘lishiga  ayricha 
e’tibor qilinadi. 
Taraflar  o‘zaro  ro‘para  turib,  har  biri  alohida  saflangan  holda  tizilishadi. 
Safdagilar  esa  bir-biri  bilan  o‘zaro  qo‘lma-qo‘l  ushlashib, o‘zlaricha  “devor”  hosil 
qilishadi.  Shunda gal olgan taraf raqib tarafdagilardan  xor  bo‘lib  so‘rashadi: 
Oq terakmi, ko‘k terak, 
Bizdan sizga kim kerak? 
Yoki: 
Qamar-qamar, qamchini, 
Qovurg‘aning  yanchini. 
Oq terakmi, ko‘k terak, 
Bizdan sizga kim kerak? 
Raqib tarafdagilar ham shu ohangda xor bo‘lishib, shunday javob qaytarishadi: 
–Kichkina Karim kerak! 
Yoki: 
–Jilmayibgina turgan, 
Bo‘tako‘z  Zumrad kerak! 
Odatda qarshi taraf kichikroq, kuchsizroq yoki o‘zlariga yoqqan bolani da’vat 
etishi  an’anaviydir.  Shu  sababli  da’vat  etuvchi  bola  nomi  turlicha  sifatlanmog‘i 


63 
 
mumkin,  biroq  bu  javob  satri  ritmining  savol  satrlari  ritmiga  mos  bo‘lishiga 
mone’lik  qilmasligi  lozim.  Da’vatlangan  bola  esa,  raqib  taraf  safini  yorib  o‘tish 
niyatida  shiddat  bilan  chopib  borib,  ko‘ksi  bilan  bir-birini  ushlab  olgan  qo‘llar 
“arqoni”ni “kesib” o‘tmog‘i shart;  agar u kesib o‘ta olsa, g‘olib sanalib, o‘zi kesib 
o‘ta bilgan “arqon”ni   hosil qilgan qo‘llar egalaridan birini yetaklab keladi va o‘z 
safiga qo‘shadi; aks holatda esa uning o‘zini mag‘lub sifatida qarshi tarafdagilar o‘z 
safida saqlab qolishadi. O‘yin to bir taraf safi tugagunicha davom etaveradi. O‘yin 
tartibi  va  ijrosiga  xos  qoidalar  hamon  qat’iyligicha  qolgan;  safni  yorgan–g‘olib, 
yorolmagan  –  mag‘lub.  Eng  muhimi,  safni  yorishi  zarur  topilgan  bola  qarshi 
tarafning kuchsiz joyini mo‘ljallay olishga, o‘sha joynigina yorib o‘tishga o‘z kuchi 
yetishini his qilishga, demak, aniq mo‘ljal ola bilishga va o‘z kuchiga ishonch hosil 
qilishga ham o‘rganadi. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish