CHEKLASHMACHOQLAR. O‘zbek bolalari orasida shunday o‘yinlar
ko‘pki, aksariyati jiddiy musobaqa xarakteriga va ichki qonun-qoidalarga ega.
Bolalar shu qonun-qoidalarga g‘ayriixtiyoriy tarzda amal qiladilar va bu jarayonda
ichki intizom, tartiblilik va o‘ynash huquqi mas’uliyatini sezish ruhida
58
tarbiyalanadilar. Bunday ichki qoidalardan biri – o‘ynagani to‘planishgan bolalarni
ikki raqib guruhga taqsimlash masalasidir. Bu jiddiy masala bo‘lib, bolalar uni aniq
ichki intizom, tartib va quvnoqlik bilan hal qilishda cheklashishga amal qiladilar.
Cheklashish xalqimiz orasida qadimdan ma’lum. M.Qoshg‘ariy “cheklashdi”
so‘zining “qur’a tashlash” ma’nosi borligini qayd etgan. O‘tmishda qur’a tashlab
tole sinashgan, fol ochib taqdirni oldindan bashorat qilganlar. Folbinlar faoliyatida
qur’a tashlab fol ochish an’anasi hamon uchraydi. Qur’a tashlash hozirgi zamon
sportida ham keng qo‘llanilmoqda. Bu o‘yindagi cheklashish asosida yuzaga
kelgan.
Cheklashish bo‘lajak ikki raqib guruh onaboshilari tanlangandan so‘ng amalga
oshiriladigan o‘yin muqaddimasi bo‘lib, ko‘p hollarda qur’a tashlash yo‘li bilan hal
qilinishi an’anaviydir.
Cheklashmachoqlar odatda ikki bolaning o‘zaro yashirincha kelishuvi – til
biriktirib o‘zlariga yasama “ot qo‘yish”lari asosida yuzaga keladi. Bu ular va
onaboshi o‘rtasidagi savol-javobning sirliligini ta’minlaydi. Cheklashmachoqlar
aksaran onaboshiga murojaat qilish bilan boshlanadi.
– Matti, matti,
Kimning navbati?
– Meniki.
(Onaboshilardan biri):
– Toji tillo xo‘rozni olasanmi
Yo chala mullo tovuqnimi?
– Toji tilla xo‘rozni!
– Men-toji tillo xo‘roz.
– O‘t men tomonga.
Bunday cheklashmachoqlar murojaat va savoldan iborat bo‘lishsa-da, savol hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Savollar to‘liqsiz gap shaklida bo‘lib, hamisha ikki
qismdan tashkil topadi va o‘zaro so‘roq intonatsiyasi asosida yo, yoki, yoxud
bog‘lovchilari vositasida bog‘lanadi:
– Ho‘ppoqni olasanmi, yo so‘poqni?
– Tayloqni olasanmi, yo toychoqni?
Murojaat shunchaki onaboshiga qaratilgan bo‘lmay, balki uning tashqi ko‘rkini
tavsiflash motiviga ham ega:
– Onaboshi, onaboshi,
Yigitlarning qalamqoshi.
Nima yeysan, ne olasan?
Atalami? Palov oshi?
Bunday hollarda murojaat va savolni “Nima yeysan?”, “Ne olasan?”, “Kimni
olasan?” singari qo‘shimcha savollar o‘zaro bog‘laydi, shu asosda savolning so‘roq
ohangi yanada kuchaytiriladi:
– Boshla boshiq,
Qalam qoshiq.
Kimni olasan,
Tovuqnimi? Xo‘roznimi?
59
Ko‘rinadiki, bolalar cheklashishni ta’minlagan barcha sirli nomlarning o‘zaro
mutanosibligiga ahamiyat berganlar. Bu cheklashmachoqlarda poetik fazilatni
kuchaytirgan, ular estetik zavqini tarbiyalovchi vositaga aylantirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |