O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

–  Endi o‘lasan! 
– Nega o‘lar ekanman?!–deydi Anvar hangu-mang bo‘lib. 
–  Radioni buzibsanku... 
–Buzganim  yo‘q.  Proigrevatelni  olib,  maktabdagi  radioga  qo‘ydik.  Anu 
maktabda  muzika  to‘garagidagi  radio  ishlamas  ekan...  Shunga  qizlar  tansa 
tusholmay... Shu orada oyisi chiqib qolgach, bu chorakda “ikki” tushmaganligidan 
maqtanmoqchi  bo‘lgan  Anvarning  sumkasidan  dazmol  ham  chiqib  qolib,  tag‘in 
bahona izlashga tushadi. Oyisining avzoyi buzuqligini sezgach esa, devordan oshib, 
qochib  qoladi.  Anvar  oyisidan  ham  ko‘ra  singlisi  Mahfuzadan  jahli  chiqqan  edi. 
Go‘yo  hammasini  o‘sha  oyisiga  chaqib  bergan.  Endi  ko‘chada  sovqotib,  qayerga 
borishni  bilmay  asabiylashayotib,  undan  qasd  olish  rejasini  tuzib,  navbatdagi 
hangomani boshlaydi. Barcha qo‘ni-qo‘shnilarni bola-chaqasi-yu, butun oilasi bilan 
mehmonga, onasining “Tug‘ilgan kuni”ga aytib chiqadi. Maqsadi esa mehmon ko‘p 
kelsa,  qozon-tovoq  yuvishni  yomon  ko‘radigan  singlisiga  ish  ko‘paytirib,  o‘ch 
olmoqchi...  Rostdan  ham  kechqurun  hovli  mehmonga  to‘ladi.  Mahfuzaga  ish 
ko‘payib  ketadi.  Anvarning  shumtakaligi  kattalar  tomonidan  kulgi  bo`lib,  uning 
bobosiga o‘xshagani, Nazarbekdagi voqealarda  kimlar ishtirok etgani tilga olinadi, 
shu tariqa qissada o`tgan asrning 20-yillaridagi voqealar hikoya qilinadi... 
Nosir  Fozilov  ijodida  qissadan  qissaga  ko‘chib  yuruvchi  obrazlar  (Karim 
ko‘zoynak,  Izatulla, Jalil,  Abdunabi,  Po‘lat  amaki,  A’zam...),  tasvir  va  tashbehlar, 
(chalov o‘rish, “eshak karvon” bilan g‘alla tashish, o‘smir yigitlar o‘rtasidagi o‘zaro 
nizolar) talaygina... Bu uning o‘ziga qadrdon dalalar, ang‘iz va jing‘il kabi buta-yu 
to‘qayzorlar,  bolaligidanoq  ko‘z  o‘ngiga  jo  bo‘lgan  manzaralar  (masalan, 
“qishlog‘imiz  oqshomini  bir  ko‘rsangiz:  odamlar  daladan  qaytib  kelayotgan,  poda 


223 
 
orqasida  bulutdek  chang  qoldirib,  qishloq  sari  siljiyotgan,  kunbo‘yi  ang‘iz  ustida 
donlab,  g‘ujg‘on  o‘ynayotgan  qora  zag‘chalar  qishloq  osmonini  ajib  bir  kuyga 
to‘ldirib,  Sir  bo‘yiga  –  qo‘noq  joyiga  shoshilayotgan...”  Yoki,  “bolalarning  qiy-
chuvi-yu,  sigirlarning  mo‘rashi,  itlarning  vovullashi,  ...sigirlarning  tuyoqlaridan 
ko‘tarilgan  oppoq  changning  kattakon  juldur  ko‘rpaga  o‘xshab  havoda  muallaq 
qalqib  yurishi”  kabi);  odamlar  va  voqealar  ekanligini  anglash  mumkin.    Uning 
adabiy qahramonlari va sujet chizig`idagi tasvirlar ham betakror: Iriskeldi, Supabek 
otalarning  podachilik  sir-u  sinoatlari,  ularga  yordam  beradigan  Qalmaqon,  Karim, 
Kamola  kabi  o‘smir  yigit-qizlarning  balog‘at  pallasiga  yetishdagi  tuyg‘ulari... 
Bolalarning  uyma-  uy  yurib  osh-u  halol  yig‘ishlari,  chalov  o‘rishi-yu,  xirmonda 
ishlab,  eshak,  ot  va  tuyada  shahar  bilan  qishloq  o‘rtasida  sut-u  qatiq  sotib,  oilani 
tebratishga yordam berishi, “eshak karvon”larda g‘alla tashishi, dala-dashtni kezib, 
to‘qayzorlar kechib ov qilishi, daryo -yu dengizda baliq tutib, o‘z mehnati lazzatini 
anglab  yetishi  kabilar  yosh  kitobxon  uchun  ohorli  hikoyalardir.  Qolaversa,  bu 
qissalarda qozoq, o‘zbek, tatar, qirg‘iz, ukrain, polyak kabi turli millat vakillarining 
umumlashma obrazi mavjud. Qissa qahramonlari qaysi millatga mansub bo‘lishidan 
qat’iy  nazar  o‘zaro  bir  yoqadan  bosh  chiqarib,  ishlaydilar,  qahramonlik 
ko‘rsatadilar, yoxud o‘zaro birodarlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadilar. N.Fozilov talqin 
etgan  obrazlar  chindan  ham  o‘z  asosiga  ega.  Turkistonlik,  qoraqalpog‘istonlik 
o‘zbek-u  qozoqlar  ana  shunday  qon-qarindosh  bo‘lib  yashayotgani  ayni  haqiqat. 
Demak, bu tabiiy jarayonni o‘smirlar kitobxonligida N.Fozilov maromiga yetkazib 
tasvirlagani  e’tirofga  loyiq.  Ayni  paytda  qissalarda  bu  yoshlarning 
o‘zboshimchaliklar qilib, ba’zan tashvish ham tug‘dirishi yoki, o‘zlarini katta bo‘lib 
qolgandek  mustaqil  ish  tutishga  intilishlari  bolalar  adabiyoti    tabiatini  ochishga 
xizmat qiladi. 
O‘tgan asr bolalar qissachiligidagi tarixiy, avtobiografik, sarguzasht, detektiv, 
fantastik  yo‘nalishlar  uning  alohida  tamoyillarini  belgilagan  bo‘lsa,  yangi  asr 
bo‘sag‘asida  inson  ruhiyati,  aniqrog‘i  bolalar  va  o‘smirlarning  ichki  olami  teran 
tadqiq  etilgan  psixologik  asarlar  ijobiy  mazmun  kasb  etayotganini  ta’kidlash  joiz, 
albatta. Binobarin, yuqorida zikr etilgan bolalar adiblarining asarlarida ham bu jihat 
o`ziga xos uslubda namoyon bo`lganligini kuzatish mumkin. 
Nosir Fozilov ijodiga xos bosh fazilat uning faqat o‘zi yaxshi bilgan, chuqur 
his  etgan  va  puxta  o‘rgangan  mavzu,  voqea  va  odamlar  to‘g‘risida  qalam 
tebratishidir.  Uning  “Oqim”,  “Qush  qanoti  bilan”  va  “Qorxat”  qissalari  shu 
ma’noda  kitobxonlarga  alohida  taassurot  uyg`otadi.  Yozuvchining  “Qush  qanoti 
bilan...”  qissasi  yetuk  adabiyotshunos  To‘xtasin  Jalolovga  bag‘ishlangan  bo‘lib, 
qatag‘on qurbonlari, shaxsga sig‘inish davri oqibatlari badiiy adabiyotda yoritilgan 
dastlabki  asar  sifatida  dolzarb.  Qissada  tuhmatga  uchrab  nohaq  qamalgan  Akmal 
aka  qismati  o‘smir  yigit  Sarvar  tilidan  hikoya  qilinadi.  Ya’ni  davr  ziddiyatlari, 
qamoqdan  bo‘shab  surgun  muddatini  o‘tagani  Turkiston  qishloqlaridan  biriga 
yuborilgan  Akmal  akaga  qishloq  ahli,  avvalo  bolalar  qilgan  g‘amxo‘rlik, 
do‘stliklarining  tarannum  etilishi  mustabid  sho‘ro  istibdodi  avj  olgan  60-yillar 
adabiyotida o‘ziga xos jasorat edi. 


224 
 
Qissadagi  yana  bir  jihat  kitobxonning  alohida  diqqatini  tortadi.  Bu  aynan 
bolalar va o‘smirlar orasidagina uchrab turadigan yashirin til ifodasi. Akbar, A’zam, 
Sarvarlar  dalada  mehnat  qilisharkan,  ularga  tushlikda  qatiq  olib  keladigan  Hasan 
ko‘zoynakning aldayotganini sezib qolishadi. Ya’ni qatiqda maza-matrasa yo‘q, suv 
qo‘shib,  suyultirib  kelayotgani  bilingach,  uni  nima  qilish  haqida  bahslashayotgan 
paytda,  ularga  boshliq  etib  tayinlangan  Akmal  aka  kelib  qoladi.  Bolalar  nima 
qilishni bilmay turganda, Akbar gapida davom etaveradi: 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish