O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

 
 
 
Nosir Fozilov
 
 ijodida bolalar va o‘smirlar ruhiyati talqini 
(1929-2018 ) 
Nosir  Fozilov  1929-yili  Qozog‘istonning  Chimkent  viloyati  Turkiston 
tumanining  Koriz  qishlog‘ida  tavallud  topadi.  Uning  ota  va  onalari  dehqonchilik 


221 
 
bilan  shug‘ullangan.  “Ijod  deb  atalmish  yo‘lning  boshi,–  deb  yozgan  edi 
N.Fozilov,–  tom  ma’noda, tug‘ilish, bolalik  dunyosi, bu  dunyoning  ulg‘ayib,  katta 
yo‘llar yaratishi bilan chambarchas bog‘liq”. Bu o‘rinda yodga albatta, ota-ona, oila 
va  muhit  tarbiyasi  keladi, zero bu har bir shaxs  uchun hayot maktabi. 
Bo‘lajak  yozuvchining  otasi  Fozil,  onasi  Jahonbibi  –  ismi-jismiga  monand 
xulq-atvorli,  mehnatsevar  insonlar  bo‘lishgani  adibning  o‘zi  tomonidan  e’tirof 
etiladi.  Nosir  Fozilovning  bolaligi  1930-1933-yillardagi  ocharchilik  va  urush 
davriga  to‘g‘ri  kelgan.  Adibning  xotirlashicha,  ularning  qishlog‘ini  ikkiga  bo‘lib 
yuborishadi. Ular ko‘chib o‘tgan Yoyilma degan qishloqdagi 70-80 xonadon chorva 
bilan  shug‘ullangan.  U  paytlarda  odamlar  o‘qish-yozishga  havas  qo‘yishdan  ham 
ko‘proq qorin qayg‘usi bilan qattiq bog‘langan edi. Qishloqda faqat bitta – Qahhor 
degan odamda patefon bo‘lib, salgina bo‘lsa-da, dillardan g‘amlarni yuvib, kishini 
xayolan  uzoqlarga olib ketardi. Biroq  kitobxonlik kuchli  bo‘lgan. Odamlar  o‘qish-
yozishni  deyarli  bilmasalar-da,  Nosir  Fozilovga  o‘xshash  7-8  yoshdan  maktabga 
borib,  sharillatib  o‘qishni  qoyillatadigan  bolalarga  kechalari  xalq  dostonlari  – 
“Go‘ro‘g‘li”dan  “Hasanxon”,  “Ravshanxon”,  “Avazxon”  dostonlarini  takror  va 
takror  o‘qitishgan,  sel  bo‘lib  tinglashlardan  charchashmagan.  “Keyinchalik 
tushunsam,–  mushohada  yuritadi  adib,  –  ular  shu  dostonlarda  ushalmagan 
armonlarini  ko‘rishar,  ular  bilan  birga  tug‘ilib,  birga  yashab,  g‘am-hasratlarini 
unutishar ekan. Adabiyotning kuchini qarang-a”... 
Bo‘lg‘usi  adib  ham  o‘qib,  ham  mehnat  qilgan.  U  o‘z  tengdoshlaridan  ancha 
kech,  ya’ni  1949-yilda  o‘rta  maktabni  tugatgan.  So‘ng  Toshkentga  kelib, 
universitetda o‘qishga kiradi va uni 1954-yilda tugatadi. Shundan keyin “Gulxan”, 
“Sharq yulduzi” kabi jurnallarda, “Yosh gvardiya”, G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot 
va san’at nashriyotlarida turli lavozimlarda ishlaydi. 
Adibning  birinchi  hikoyasi  “Lenin  uchquni”  (hozirgi  “Tong  yulduzi”) 
gazetasida  1953-  yilda  bosilgan  bo‘lsa,  uning  birinchi  kitobi  1959-  yilda  “Irmoq” 
nomi  bilan  chop  qilinadi.  So‘ngra,  “Oqim”(1962),  “Robinzonlar”(1964),  “Qush 
qanoti  bilan”(1965),  “Qorxat”(1968),  “Ko‘klam  qiyoslari”(1970),  “Diydor”(1979), 
“Tanlangan  asarlar”  2  jildlik  (1983-84),  “Shum  bolaning  nabiralari”(1985), 
“Ustozlar 
davrasida”(1988), 
“Bolaligim-poshsholigim”(1989), 
“Topdim-u 
yo‘qotmadim”(2010) kabi kitoblari nashrdan chiqadi. 
1985-yilda  unga  “Shum  bolaning  nabiralari”  kitobi  uchun  O‘zbekiston 
Yozuvchilar  uyushmasining  G‘.G‘ulom  nomidagi,  1986-yilda  esa  qozoq 
adabiyotidan  qilgan  tarjimalari  uchun  Qozog‘iston  Yozuvchilar  uyushmasining 
Boyimbet Maylin nomidagi, “Ustozlar davrasida” asari uchun esa Hamza nomidagi 
Davlat mukofoti beriladi. 1990-yilda esa u “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at 
arbobi”  unvoniga  sazovor  bo‘ldi.  Shuningdek,  Qozog‘iston  Prezidentining 
“Tinchlik  va  ma’naviy  hamjihatlik  uchun”  xalqaro  mukofoti  (1994),  Qozog‘iston 
Yozuvchilar uyushmasining  “Olosh”  nomli xalqaro Mukofoti  (2000),  G‘alabaning 
50  yilligi  munosabati  bilan  medal  (1995),  “El-yurt  hurmati”  ordenlari  (1999) 
sohibidir. 
Yozuvchi  qissalari  mavzusiga  ko‘ra  o‘tmish  va  zamonaviy  voqealarni  ifoda 
etishi bilan ajralib turadi. O‘tmish deganimiz, o‘tgan asrning birinchi yarmi. Bunda 


222 
 
milliy  tariximizdagi  dolg‘ali  yillarda  xalq  hayoti,  bolalar  va  o‘smirlar  olami 
o‘quvchi  ko‘z  o‘ngida  yorqin  gavdalanadi.  N.Fozilovning  o‘ziga  xos  badiiy 
mahorati shundaki, u nafaqat o‘zbek, balki qardosh xalqlar turmush tarzi, tilini ham 
yaxshi  biladi  va  ularni  tabiiy  aks  ettira  oladi.  Shu  ma’noda,  uning  qissalarida  turli 
davr  va  turli  millat  o‘smirlarining  obrazlari  gavdalanadi.  Binobarin,  “Shum 
bolaning nabiralari” qissasi oddiy voqeadan boshlangan. Bolalar maktabdagi “Qizil 
iztoparlar”  to‘garagiga  a’zo  bo‘lishadi  va  bu  a’zolar  ro‘yxati  “Gulxan”  jurnaliga 
yuborilgach,  muharririyat bolalarga maxsus xat yo‘llab, urush veteranlari jasoratini 
o‘rganish bilan bog‘liq topshiriq beradi. Anvar Furqat nomiga kelgan shunday xatni 
pochta qutisidan o‘g‘irlayotgan payt o‘rtog‘ining o‘zi kelib qoladi va xatni na o‘zi 
o‘qiy oladi, na do‘stiga ko‘rsata oladi. Ammo Furqat maktabdagi yana bir shunday 
to‘garak  a’zosi  G‘ayrat  nomiga  kelgan  xatdan  xabardorligi  uchun  bu  topshiriqni 
bajarish haqida Anvarga maslahat soladi. 
Yozuvchi  Anvar  obrazini  tasvirlashda 
G‘afur G‘ulomning shum bolasiga taqlidan yondashgani sezilib turadi. Faqat Anvar 
taraqqiy  etgan  davr  bolasi  ekanligidan,  uning  shumliklari  ham  zamonaviyroq. 
Masalan, u maktabda fizika to‘garagiga ham a’zo. Sababi, temir-tersak uning jon-u 
dili.  Radiomi,  eski  televizormi,  zvonog-u  dazmolmi-ey,  xullas  qo‘llariga  nima 
tushib  qolguday  bo‘lsa,  bilsa-bilmasa  kavlagani-kavlagan.  Shuning  uchun  hatto 
choraklik  baholari  ham  pasayib  ketadi...  Uyda  ham  shu  sababli  turli  hangomalarni 
qo‘zg‘ab yuradi. Anvar maktabdan kelganida singlisi Mahfuza chiqib qoladi. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish