225
qahramonlik ko`rsata olishi lozim. Ammo shu bilan birga yaqin tariximizdagi real
hayot, ota-bobolar jasorati va urush yillaridagi chinakam hayot navqiron avlodlar
bilishi joiz haqiqatdir. Qolaversa, o`sha davr o‘smirlarining murakkab tuyulgan shu
hayotni hech ranjimasdan qabul qilishi, ota-onalari qatori turmushning og‘ir
mashaqqatini yelkasiga ortib, boz ustiga har qanday hayot vaziyatlariga bo‘yin
egmaydigan bir tuyg‘u –balog‘atga yetishida sodir bo`ladigan ajib his-tuyg‘ularga
o‘zlari sezmagan holda bandi bo‘lish onlari ta’sirchan aks etadi.
Umuman, yozuvchining qissa va hikoyalari markazida asosan o`smirlar obrazi
turadi. Aytaylik, “Tashvish” qissasida muallif Safaralining urush davri bilan bog‘liq
xatiga nazar tashlarkan, o‘smirlarning kattalar olamiga qadam qo‘yishi, undan o‘z
o‘rnini qidirishi, qalblarda birinchi bor chechak otgan musaffo va shirin muhabbat
romantikasini ilhom bilan tasvirlaydi. Huri, Muso, To‘ra, Kamola muhabbatlari ana
shunday bolalik beg`uborligi bilan yo`g`rilgan, andisha va hayoga to‘la samimiy,
pok hamda ilk tuyg‘u sifatida o`quvchini hayratga soladi.
Yana, shunday adabiy janrlar bo‘ladiki, ular o‘quvchida nafaqat badiiy-estetik
zavq uyg‘otadi, balki ilmiy-nazariy bilimlarini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Adabiy xotira – yodnoma asarlar shu jihatdan tadqiqotchilar va keng kitobxonlar
ommasida alohida qiziqish uyg‘otadi.
Adibning 1988-yilda nashr etilgan “Ustozlar davrasida” kitobi o`z vaqtida ham
yuqori baholangan. Oradan yigirma yildan ziyodroq vaqt o‘tib, yozuvchi bu asarni
qayta to`ldirib, “Topdimu yo‘qotmadim” nomi bilan e’lon qildi. Kitobda qirqqa
yaqin adabiyot salaflarining yorqin siymosi muallif xotirasi orqali qayta
jonlantirilgan.
N.Fozilov o‘z adabiy xotiralarida ustoz san’atkorlar hayotining nodir
sahifalarini yosh avlodga “tiriltirib” beradi. Chindan ham muallifning umr bo‘yi
topganlari – do‘stu birodarlari eng qimmatli gavharga teng. Ularning yodi, olgan
saboqlari yo‘qolmas inju. Buni keng kitobxonlar ommasi bilan baham ko‘rmaslik
esa bila turib ularni shunday ganjinadan mahrum etishday bir gap.
Shunga ko‘ra, bu kitob bugungi avlodlar uchun ham ulkan ma’naviy -hayotiy
tarbiya maktabini o‘tay olishi bilan diqqatga sazovor.
Darhaqiqat, Nosir Fozilovning bolaligidan shu kungacha tanigan-bilgan
ustozlari, o‘zbeku qozoq ijodkorlar, umuman, yaxshi insonlar yodi, ruhi bilan
yashayotganligi ibratli hayotining mazmunini belgilaydi. Binobarin, adib asarlari
har jihatdan bugungi avlodlar uchun ulkan ma’naviy-hayotiy tarbiya maktabini
o‘tay olishi bilan e’tiborga loyiq.
Bolalar adabiyoti,– deb yozadi N.Fozilov,– nozik adabiyot. Bolalar adabiyoti
biz bilgan kattalar adabiyotining boshi... Bolalar yozuvchilari o‘z asarlari bilan katta
adabiyotga boshlovchi darg‘alar. Bu adabiyot – hurmattalab adabiyot, e’zoztalab
adabiyot... Bolaning ko‘ngli ham shunday. Uni sindirib bo‘lmaydi. Unga hamisha
e’tibor darkor.”
Aytish mumkinki, yozuvchi ana shu e’tiqodiga umr bo`yi sodiq qoldi va o`z
asarlari orqali butun mehrini, e’zozini namoyon qila oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: