O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

                
Farhod Musajon 
(1933-2013 
– ko‘p qirrali ijodkor.
 


226 
 
 U  1933-yilning  19-dekabrida  Toshkentda  tavallud  topgan,    nosir,  dramaturg 
va  kinosenaristdir.  1956-yilga  kelib,  Toshkent  Davlat  universitetining  Sharq 
fakultetini  muvaffaqiyatli  tugatadi.  Respublika  radiosi,  televideniyasi  hamda 
“O‘zbekiston  madaniyati”  gazetasi,  “G‘uncha”  va  “Sharq  yulduzi”  jurnallarida 
ishlagan,  “O‘zbekfilm”  (1967)  studiyasida  xizmat  qilgan.  1968-1970-  yillarda 
Moskvada  senaristlar  Oliy  kursida  o‘qib,  1976-yildan  esa  “O‘zbekfilm”da  turli 
lavozimlarda, “O‘zbekkino” aksionerlik kompaniyasida ishlaydi. 
F.  Musajonov  adabiy  ijodining  boshlanishi  50-yillarning  o‘rtalariga  to‘g‘ri 
keladi.  O‘z  ijodini  bolalarga  she’r  va  hikoyalar  yozishdan  boshlaydi.  “Daradagi 
qishloqda”    deb  nomlangan  birinchi  hikoyasi  1956-yilda  chop  qilingan.  Uning 
“Oftobni  quvalab”,  “Bo‘sh  kelma,  Aliqulov!”,  “Bir  qultum  buloq  suvi”  kabi 
qissalari va oltmishga yaqin hikoyalari mavjud. 
Ayni chog‘da u kattalar uchun ham “Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi”, “Zo‘raki 
kashanda”  kabi  asarlarni  yaratgan.  Bundan  tashqari,  F.Musajonov  dramaturg 
sifatida  “Oq  kabutar”,  “Najot  istab”,  Hamza  teatrida  qo‘yilgan  “Olifta”, 
“Xizmatingga hozirman”, “Talvasa” kabi dramalarni yozadi. 
Shuningdek,  “Jazirama  oftob  ostidagi  uy”,  “Birovning  boshi”,  “Minoralar 
ostidagi sirk”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Huvaydo”, “Askiya”, “Qiziqchi”, “So‘nmas 
ziyo”  kabi  senariylar  muallifi  hamdir.  Uning  “Dushanba,  nonushtadan  so‘ng” 
(1974), “Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman” (1977), “Qilich va shamshir”, “Ko‘rgulik”, 
“Qilich va soz” (2000), “Lafz” (2003) kabi qissalari o‘z o‘quvchisiga ega. 
Iste’dodli bolalar adibi, dramaturg va senarist F.Musajonov “Shuhrat” medali 
bilan taqdirlanadi (2000).   
Farhod  Musajonov  taniqli  bolalar  adibi  sifatida  kichkintoylar  uchun  qator 
hikoyalar  yozdi.  Uning  “Sovg‘a”,  “Yaxshilik”,  “Saxiy  bog‘bon”,  “Yomg‘ir” 
hikoyalari  kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarda  katta  qiziqish  uyg‘ota  oladi. 
Aytaylik,  “Yaxshilik”  hikoyasining  qahramoni  Erkin  ismli  maqtanchoq  bola.  U 
ko‘chada  o‘ynab  yurib,  qo‘shnilari  Pirmat  boboning  tuguncha  ko‘tarib 
kelayotganini ko‘rib qoladi va hovliqib o‘rtog‘iga maqtanadi: 
–Hozir-chi,  men  borib  Pirmat  bobomlarga  yordam  beraman.  Qo‘llaridagi 
tugunchani ko‘tarib kelaman. Meni Pirmat bobo juda yaxshi ko‘radilar. “Aqlli bola 
ekansan,  haqiqiy  o‘quvchi  shunday  bo‘lishi  kerak”,–  deb  maqtaydilar. 
Ishonmasang, men bilan yurgin, o‘zing ko‘rasan. 
Bolalarga yaqinlashib qolgan Pirmat bobo  Erkinning so‘zlarini eshitib qoladi. 
Shu  sababli  uyiga  yetganidan  keyin  Pirmat  bobo  Erkinning  qo‘lidan  tugunchani 
oladi,  lekin  har  galgidek,  “Barakalla,  rahmat  bolam,  aqlli  ekansan”,–  deb 
maqtamaydi.  Faqat  “Rahmat”  deydi  va  engashib  Erkinning  qulog‘iga  allanarsalar 
deb pichirlaydi. 
Ha,  Erkindagi  maqtanchoqlik  uning  yaxshiligini  yuvib  yuborgandi.  Pirmat 
bobo  unga  ana  shuni  tushuntiradi.  Bu  xususiyat  Erkin  tengi  ko‘pchilik  bolalarga 
xos,  albatta.  Bunday  o‘quvchilar  biror  kishiga  yordamlari  tegsa,  maqtanish 
uchungina qiladilar, go‘yo. Ammo buni ta’kidlash, o‘z yaxshiligini ko‘z-ko‘z qilish 
odobdan emasligi hikoyaning tarbiyaviy ahamiyatini belgilaydi. 


227 
 
F.Musajonovning  “Yomg‘ir”  hikoyasida  ham  asosan  kichik  yoshdagi  bolalar 
orasida  uchrab  turadigan  mug‘ombirlik,  yalqovlik  alomatlarining  paydo  bo‘lishi 
Erkinjon  obrazi  orqali  ko‘rsatib  berilgan.  Yomg‘irli  kunda  issiqqina  uyda  mazza 
qilib  derazadan  ko‘chani  tomosha  qilib  o‘tirgisi  kelib,  o‘zini  kasalga  solgan  yosh 
qahramon o‘rnidan turgisi kelmaydi. Unga onasining: “Ha, nima bo‘ldi senga, kasal 
bo‘lib qolmadingmi?”– degan gapi xush yoqib, “Boshim og‘riyapti”,– deydi. Onasi 
ishga  ketgach,  u  chaqirgan  doktor  keladi  va  Erkinjonga:  “kasaling  og‘ir,  oldini 
olmasang  bo‘lmaydi,  ishing  chatoq,”–  deb  haqiqiy  tashxisni  qo‘yib  ketadi.  Shu 
tariqa,  Erkinjondagi  yolg‘onchilik  sababi  yalqovlik  ekani,  qolaversa  onasini 
mug‘ambirlik  bilan  aldagani  har  qanday  kasaldan  ham  xavfli  ekani  anglashiladi. 
Shubhasiz,  bu  hikoya  tahlili  jarayonida  o‘quvchilar  o‘zida  mavjud  shu  kabi 
nuqsonlarni tuzatishga, ya’ni o‘z “kasali”ni davolashga harakat qiladi. Erkinjondek 
izza  bo‘lmaslik  uchun  yalqovlikdan  qochishi    ham  tayin.  Hikoyada  doktor 
Erkinjonga:  “Shu  dorini  ichsang,  tuzalib  ketasan”,–  deydi.  Bu  dorining  nima 
ekanligini zukko o‘quvchining o‘zi tushunib olishi lozim. Ya’ni, har ertalab barvaqt 
turish, badantarbiya bilan shug‘ullanish, jismoniy sog‘lomlik har qanday o‘quvchini 
yalqovlikdan qutqazadi. Shunda yolg‘on gapirishga ham o‘rin qolmaydi. 
Yozuvchining  “Saxiy  bog‘bon”  hikoyasida  esa  mehnatning  haqiqiy  maqtov 
hissini tuygan kichkintoy obrazi tasvirlangan. Odiljon otasi bilan birgalikda hovliga 
gul ko‘chatini o‘tqazishi, uni parvarishlab, g‘uncha tukkanidagi cheksiz quvonchi, 
nihoyat,  g‘uncha  uchi  yorilib,  qip-qizil  piyoladay  atirgulga  aylanganidagi  shodligi 
jonli aks etgan. Shunday kunlarda o‘zi tengi qo‘shnisi Shohista uni tug‘ilgan kuniga 
taklif  qiladi.  Oila  a’zolari  Odiljonning  nima  olib  chiqishini  maslahat  qilishadi. 
Shunda dadasi: 
–  Atirgulingni olib chiqaqol ,–deydi. 
– Ho...–  deydi Odiljon,– hali men Shohista uchun shuncha ovora bo‘lib gulni 
o‘stirgan ekanman-da. Kerak emas,– deb e’tiroz bildiradi. Shunda dadasi va buvisi 
ibratomuz  fikrlar  aytadi.  Uning  yolg‘iz  o‘zi  uchun  ish  qilishidan  hatto  xafa 
bo‘lishadi.  Shohistaning  gulni  juda  yaxshi  ko‘rishini  ta’kidlashadi.  Odiljon 
shundagina  rozi  bo‘lib,  qip-qizil  atirgulini  Shohistaga  sovg‘a  qiladi.  Natijada 
hammadan  shirin  maqtov,  yaxshi  bog‘bon  shunday  saxiy  bo‘ladi,  degan  gaplarni 
eshitib, xursand bo‘ladi. 
Farhod  Musajonov  hikoyalarida  shu  tariqa,  kichkintoylarning  rang-barang 
olami  bilan  birga,  ulardagi  endigina  kurtak  ota  boshlagan  nuqsonlarning  tuzalishi 
tasvirlanadi.  Bunday  hikoyalarning  o‘rganilishi  o‘quvchilarda  axloqiy  tarbiya 
namunasi  sifatida  e’tirofga  sazovor.  Hikoyalardagi  badiiy  so‘z  mohiyati,  ularda 
qo‘llangan  o‘xshatish,  gullarni  parvarish  qilish  bilan  bog‘liq  tasvirlar  esa 
o‘quvchining  bu  boradagi  ma’rifiy  sabog‘ini  oshiradi.  Qolaversa,  yozuvchida 
kichkintoylar ruhiyati, ular olamidagi turfa ranglarni tasvirlay bilishi hikoyalarning 
jonliligini,  qiziqarliligini  ta’minlagan.  O‘z  navbatida,  bu  kichik  yoshdagi 
o‘quvchilarning  hikoyalar  mazmunini  tushunishi  va  undan  o‘zi  uchun  kerakli 
bilimni olishiga yordam beradi. 
Adibning  “Bo‘sh  kelma,  Aliqulov!”,  “Bir  qultum  buloq  suvi”,  “Orzuga  ayb 
yo‘q”  qissalari  esa  o‘smirlar  kitobxonligidan  keng  o‘rin  olgan.  Unda  o‘smir 


228 
 
yoshidagi  qahramonlarning  turli  kechinmalari,  kattalar  bilan  va  o‘zaro 
munosabatlari goh yumoristik, goh hazin, yoxud jiddiy mushohadalar tarzida ifoda 
etiladi. 
Farhod  Musajonov  asarlari  rus,  ukrain,  qozoq  va  qoraqalpoq  tillariga  ham 
tarjima qilingan. 
 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish