O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Qudrat Hikmat
 
 she’rlarining badiiy - tasviriy xususiyatlari
 
(1925-1968) 
 
        Qudrat  Hikmatning    bolalar  shoiri  sifatidagi  qirralari  rang-barang.  Uning 
badiiy  olami  nihoyatda  boy.  Shoirning  so‘z  va  topilmalari,  o‘z  fikrini  badiiy 
tamsillar  yordamida  obrazli  ifodalash  orqali  betakror  badiiy  nutq  yarata  olish 
mahorati o‘ziga xos uslubini belgilaydi. 
Qudrat  Hikmat  Toshkentning  eng  qadimgi  mahallalaridan  biri  bo‘lgan 
Sebzorda  1925-yil  kambag‘al  dehqon  oilasida  dunyoga  kelgan.  U  onasidan 
yoshligidanoq  yetim  qoladi.  O‘rta  maktabni  bitirib  chiqqach,  adabiyotga, 
she’riyatga  bo‘lgan  ixlosi  ijodkorlar  huzuriga  boshlaydi.  U  o‘quvchilik 
chog‘lardayoq,  Q.Muhammadiy  rahbarligidagi  ijodkorlar  to‘garagiga  qatnagan. 
1945-yildan Qudrat Hikmat she’rlari o‘sha davr matbuotida nashr etila boshlagan. 
1947-yilda  esa  Oybek  tavsiyasi  bilan  xalq  og‘zaki  ijodini  puxta  o‘rganish 
maqsadida Samarqandga borib, Islom shoirning kotibi sifatida ish boshlaydi. 1950-
yilda yosh shoirning ilk kitobi “Mening Vatanim” nomi bilan nashr etildi. Shundan 
so‘ng  Qudrat  Hikmat  nafaqat  matbuotdagi  chiqishlari,  balki  birin-ketin  chop 
qilingan  “Baxtli  bolalar”(1951),  ”Obodlik”(1954),  “Do‘stlik”(1955),  ”Moskvaga 
sayohat”,  ”Chirchiq”,  ”Ilonshoh  va  uning  amaldori  Ari  haqida  ertak”,  “Uch 
o‘rtoqning  sovg‘asi”,  ”Soatjonning  soati  ”(1964)  kabi  she’riy  to‘plamlari  orqali 
tanilib bordi. Qudrat Hikmatning mehnat faoliyati ham asosan, bolalar matbuoti va 
nashriyotlarida kechgan. 
Qudrat  Hikmat  she’rlaridagi  lirik qahramonlar obrazi,  umuman  bolalik  olami 
ifodasi keng va mo‘l. Ularning ko‘pchiligi juda kichkina, hatto endi tili chiqqan-u 
shunda ham o‘z mulohazasiga ega. Shoirning “Ajoyib” she’ri shu jihatdan e’tiborli. 
She’rda  lirik  qahramonning  kechinmalari  kichkintoy  qizaloqning  xarakter 


217 
 
xususiyatini  eng  yorqin  detallarda  izohlay  olishi  orqali  teranlashadi.  U  qizning 
do‘mbillab yurishini, chug‘irlashini behuda ta’kidlamagan. Demak qizchasi endi 3-
4 yoshga kirib, biyron gapirishga o‘tayapti. Ammo hali na o‘simliklar va na tabiat 
hodisalarini  yaxshi  tushunmaydi.  Shu  sababli  osmondagi  quyoshni  ham  o‘zining 
qo‘lidagi pufagi kabi tasavvur qiladi: 
Talpinib der quyoshga 
Qarang ular katta shar 
Ustlariga o‘rashib 
Qo‘yishibdi tilla zar 
 
Unga o‘rtoq yuboray 
Qulog‘iga gul taqib 
Bog‘imizdan ketmasin 
Boshqa yoqqa uloqib 
Qizcha  o‘z  pufakiga  gul  taqib,  yuqoriga  uzatmoqchi.  Quyosh  boshqa  yoqqa 
uloqib  ketmasin  tag‘in,  degan  xayol  uni  bezovtalantirgan.  Shoir  lirik  qahramon 
tilidan qizchadagi ana shu holatni yorqin tasvirlaydi. 
Qudrat Hikmatning ko‘pgina she’rlarida bolalar tilidan hikoya qilish ustuvor. 
Shoir  she’rlarini  o`qigan  kattalar  ham  beixtiyor  bolalar  dunyosining  sirli  olamiga 
kirgandek  his  qiladi  o‘zini.  “Yomg‘ir  va  men”  she’rida  buni  yaqqol  ko‘rish 
mumkin: 
Asfalt yo‘ldan kelardim 
Uyim ham yaqin 
Bo‘ldi momoqaldiroq 
Chaqnadi chaqin 
 
Yig‘lab tuya bulutlar 
Qochdilar qirga 
Yo‘l yarqirar oynadek 
Uchrab yomg‘irga 
 
Men o‘zimga qoyilman 
Bosib ancha yo‘l 
Botinkam yap-yangiday 
Bo‘lmapti hech ho‘l 
Qudrat Hikmat bola tilida uning dilidagilarni shundaygina qofiyaga sola olgan. 
Bulutlarni tuyaga o‘xshatilishi, ularning qirga qarab qochishi esa aynan kichkintoy 
tasavvurlariga  xos.  Muhimi,  bolajon  botinkasining  yomg‘irda  yap-yangiday 
bo‘lishidan  behad  xursand.  Bu  detal  shoirning  kichkintoylar  istagi  va  sodda 
tasavvurini yaxshi bilganligidan dalolatdir. 
Qudrat  Hikmatning  bolalar  uchun  yozilgan  ko‘pgina  she’rlari  kitobxonlarni 
o‘ylantiradi,  ularni  fikrlashga,  hayot  haqida  mulohaza  qilishga  da’vat  etadi. 
Jumladan,  “Nok  nusxa  lampochka”,  “Qo‘lqop  kiygan  askarga,  o‘xshaydi  mix 
polvon  ham”,  “Tog‘dan  kelar  pildirab,  ariqlarda  shildirrab”,  ”Serhosil,  qaychi 


218 
 
bargcha,  xuddi  bir  qarich  archa”  kabi  satrlari  ko‘p  jihatdan  sodda  topishmoqlarga 
o‘xshaydi. 
Shoir  she’rlarining  badiiy  olami  ulardagi  rang-barang  tasviriy  ifodalar, 
obrazlar  orqali  ko‘zga  tashlanadi.  Masalan,“Bahor”  she’rida  o‘ziga  xos  topilmalar 
mavjud: 
Uchib yurar mayin shamollar, 
Yelpib- yelpib anhor yuzini. 
Qirg‘oqlarda soyabon tollar, 
Oyna suvda ko‘rar o‘zini. 
 
Tong yellari o‘ynoqlab sekin, 
Jiydazorga kirib yo‘qolar 
Maysa o‘tlar tebranib sekin, 
Orqasidan kuzatib qolar. 
 
Chumchuqlarning og‘zida cho‘p- xas, 
In qo‘yishar tutlar ustiga. 
Ko‘kni quchgan teraklar to‘ymas, 
Oro berar kulrang po‘stiga 
She’rni  o‘qigan  har  qanday  kitobxon  uning  estetik  tasviri  va  jozibadorligini 
darrov  ilg‘aydi.  Bolalar  she’riyatida  fasllar  to‘g‘risida  ko‘plab  she’rlar  bitilgan. 
Ammo,  shoir  bahorni  shunday  tasvirlaydi-ki,  natijada  she’rning  har  bir  misrasida 
yangi-yangi  obrazlar  jilolanadi.  Bunda  shoir  tashxis  san’atidan  mohirona 
foydalanib,  ko‘klam  obrazini  qaytadan  inkishof  etadi.  Natijada,  bahor  o‘ziga  oro, 
zeb  berib,  husnidan  sarxush  bo‘lgan  go‘zal  qiz  timsolida  yaxlit  umumlashma 
obrazga aylanadi; tonggi shabboda, tol, maysa, o‘t-o‘lanlar, chinor va teraklar bir- 
birlarini kuzatadilar, ilhomlanadilar, yoki o‘zlarini yelpiydilar. Bunday tasviriy usul 
o‘quvchilarning  xayolot  olamini  yanada  kengaytirib,  mushohadalashga  o‘rgatadi. 
Shu  bilan  birga,  yosh  avlodga  tabiat  va  jamiyat  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqadorlik  va 
o‘xshashlikni anglashga yordamlashadi. 
Qudrat Hikmat bolalar shoiri sifatida she’r ohangdorligiga katta e’tibor beradi. 
Uning  “Eshak  nega  hangraydi?”  she’rida  dolzarb  ijtimoiy  g‘oya  ham  aks  etgan. 
She’r mazmunidan hayvonlarning podshosi sanaluvchi  Sher bir kuni o‘rmonda fil, 
tulki, kiyik, eshak va cho‘chqani chaqirib  majlis qiladi. Ularga savol tashlaydi: 
–  Qaysi hayvon dunyoda 
Kuch-quvvatda ziyoda? 
Boshqa  hayvonlar  nima  deyishlarini  bilmasdan,  o‘ylanib  qolishganda,”Eshak 
hangrab tepib yer: – Ho men, i-ho men der.”  Sher uni chindan ma’qullab: “–mayli, 
sen zo‘r, ko‘p kuching!” deydi. Sher yana: 
–Qaysi hayvon dunyoda 
Go‘zallikda ziyoda?!– 
deb  savol  berganida,  na  bo‘rsiq,  na  jirafa,  na  kenguru  biror  marta  gapga  og‘iz 
ochmay,  eshak  yuqoridagi  javobni  qaytaradi.“Xo‘p,  sen  ko‘rkam”,–  deb  qutuladi 
Sher. Nihoyat,            Bahsda go‘yo tong otar,  


219 
 
Sher so‘ng marta so‘z qotar: 
–  Dunyoda eng ahmoq kim? 
Majlis ahli qolar jim. 
 
Bu gal ham el burundan 
Eshak turib o‘rindan 
–I-ho men, i-ho men!– der 
–Ha, sen o‘zing!– deydi sher. 
Demak, shoir ahmoqlik belgilarini eshak xatti-harakatlari misolida aks ettiradi. 
Zukko o‘quvchi she’rdagi kinoyani tez payqaydi. Jamiyatda, insonlar orasida 
o‘zini dono sanaydigan nodonlar ko‘pligi va ularning  kulgili ahvoli haqida xulosa 
chiqaradi. Kamtarinlik insonga kamol bag‘ishlashiga iqror bo‘ladi. Zotan, shoirning 
g‘oyaviy  maqsadi  ham  shu.  Qudrat  Hikmat  she’riyatning  badiiy  xususiyatlari 
serjilo, shoir fikrlarni rassom singari chizayotganga o‘xshaydi. 
Qudrat  Hikmat  “Ilon  shoh  bilan  uning  amaldori  Ari  haqida  ertak”  nomli 
she’riy-  adabiy  ertakda  esa  folklor  motivlaridan  keng  foydalangan.  Buni  shoir 
quyidagicha  e’tirof etadi: 
Yangi emas bu ertak, 
Tinglang aytib beraman, 
Uni xalqdan olgandim, 
Xalqqa qaytib beraman… 
Darhaqiqat,  shoir  bu  adabiy  ertakni  yozishda  xalq  rivoyatiga  asoslanadi. 
Ammo  uni  ifodalashda,  obrazlarni  tasvirlashda,  voqea  sujetini  bayon  etishda 
bolalarbop  ohang,  sodda  tilni  asos  qilib  oladi.  Shoir  ertak-  rivoyat  boshlanmasida 
dastlab,  ilon,  bo‘ri,  tulki  kabi  hayvonlar  fe’l-atvori,  yashash  tarziga  ham  e’tibor 
qaratadi.  Shuningdek,  qovoq  arining  “ayg‘oqchiligi”ni  uzun  kun  g‘ung-g‘unglab 
turli  mish-mishlarni  shohga  yetkazishi,  hukmdor  shoh  Ilonning  tulki  kabi 
hiylakorlar ichida qanday siyosat yuritishni birma-bir ta’kidlab o‘tadi. 
Xalq  rivoyatiga  ko‘ra,  Ilon  ariga  eng  shirin  qonni  aniqlashni  buyuradi.  Ari 
barcha  jonzotlarning  qonini  birma-bir  totib  chiqqach,  eng  mazali  qon  insonning 
tanasida oqayotganini bilib oladi. Bu xushxabarni Ilonga yetkazish uchun  shoshilib 
ketayotgan ariga duch kelgan qaldirg‘och, bu ma’lumotni sevinch bilan qarshi oladi 
va tilidan o‘pish bahonasida arining tilini uzib oladi. Shundan buyon  xalq orasida 
ari  nuqul  “g‘ung‘illaydi”,  qaldirg‘och  esa  inson  tepasida  in  qo‘yib,  osoyishta 
yashaydi, degan inonch bor.  
Bu sujet Qudrat Hikmat she’riy  -adabiy ertagida yangicha talqin, qo‘shimcha 
voqealar va obrazlar bilan to‘ldirilib, she’riy ifodalangan. Shoir bo‘rining yovuzlik, 
tulkining ayyorligini xalq ertaklari an’anasiga tayanib, teranroq ochib beradi.. 
Masalan, hukmdor shoh vaziri – tulkini yurt kezib, yerning xayrixohligini, sir-
asrorini  bilib  kelishga  yuborganida,  tulki  o‘z  odati  bo‘yicha  ish  ko‘radi.  Avval 
qo‘raga  ko‘z  olaytiradi,  g‘ozni  yemoqchi  bo‘lganida,  it  vovullab  huradi.  Shunda 
odamlar  uni  ushlab,  kaltaklab  uradilar.  Arang  qutulib  qolgan  tulki  odamga 
nisbatdan kekini unutmaydi. 


220 
 
Yoki Ilonshoh do‘lga qolib, betob bo‘lganda tulki paytdan foydalanadi: qovoq 
ariga  eng  shirin  qon  topib  kelish  amrini  buyuradi.  Garchi  adabiy  ertak  xalq 
rivoyatidagidek yakun topsa-da, arining qon ta’mini aniqlashdagi sarguzashtlari, ari 
va  qaldirg‘och,  qaldirg‘och  va  Ilon  shoh  muloqotlari  yorqin  voqealar  ta’sirida 
jozibador  hikoya  qilingan.  Natijada  asar  nihoyasidagi  g‘oya  tarbiyaviy  xarakter 
kasb etadi: Ilon xilvatda baqa ovlaydi. Yuzi shuvut tulki esa har joyda pisib yuradi. 
U qush, odam bor joyda qorasini ko‘rsatmaydi. Ammo: 
Katta-kichik qaldirg‘och, 
Uchib keng yer kaftida 
Yashar ekan shod- inoq. 
Har xonadon shiftida, 
Hanuzgacha insonlar, 
Uni chorlab qoshiga, 
Sof dilligi tufayli, 
Ko‘tarishar boshiga. 
Binobarin, xalq rivoyatidagi aqida she’riy ertakda yanada ta’sirchan tarbiyaviy 
g‘oyalarga boy tarzda aks etgan. She’riy ertakda fabula o‘zgarishsiz saqlansa ham 
shoir  g‘oyaviy  maqsadini  allegoriya  va  antropomorfizm  usullari  vositasida 
ifodalaydi. Ya’ni, tulki, arining xatti-harakatlarida kinoya, istehzo yarq etib ko‘zga 
tashlansa, hayvonlar va qushlarning o‘zaro so‘zlashuvida, ularning hukmdor, vazir, 
soqchi  va  ayg‘oqchi  kabi  vazifalarni  bajarishida  insonga  xos  xususiyatlar 
mujassamdir.  Bu  esa  o‘z  navbatida,  Qudrat  Hikmat  asarida ham  ma’rifiy-  axloqiy 
maqsadlarni  singdirish  imkoniyatini  bera  olgan.  Zotan,  bu  kabi  she’riy-adabiy 
ertaklar  nafaqat  xalq  rivoyatlari  talqini  nuqtayi  nazaridan  diqqatga  sazovor,  balki, 
ular  orqali  bolalarga  jamiyatdagi  turli  toifali  insonlarning  xarakter  xususiyatlari, 
munosabatlari mohiyatini real ifodalashi bilan ahamiyatlidir. 
Qudrat  Hikmat  bundan  tashqari,  “Chovkar”,  “Toshbaqalar  hujumi”,  ”Qum 
ostida  qovunlar”  kabi  she’riy  ertaklarida  ham  xalq  og‘zaki  ijodining  u  yoxud,  bu 
qirrasi zamonaviy masalalar omixtaligida talqin etiladi. 
Zotan,  Qudrat  Hikmat  she’rlaridagi  voqeabandlik,  obrazlilik  qofiyalarning 
ixchamliligi,  hatto,  sodda  tuzilishi,  til  xususisyatlari  –  barcha-barchasi  shoir 
she’rlarining g‘oyaviy-badiiy emotsionalligini oshirishga xizmat qiladi. Hamchunin, 
Qudrat Hikmat she’rlarini o‘qib- ulg‘aygan o‘quvchi o‘z ona tilimiz boyliklaridan 
voqif  bo‘lib,  badiiy  so‘z  qudratini  teran  his  etadi,  Vatan  va  yurt  iftixori  bilan 
yashaydi. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish