www.ziyouz.com kutubxonasi
72
agar uni hayotga tatbiq qilaman desangiz, ehtimol, bir necha hafta ichida butun mamlakatni
xonavayron qilardi. Bank ishining ko‘p asrlik tarixiga asoslangan bankchining pulga nisbatan nuqtai
nazari ana shunaqa.
Miss Kleri sal bosh egdi-da, unga sinovchan nazar soldi:
— Xonavayron qilish falsafangizni menga izohlab bering-chi...
Palmer kulib yubordi, kulgisi g‘alati chiqdi.
— Bor narsangni sarflashga shoshilma, — dedi u. — Bu juda aniq, lekin juda qiyin, bajarish og‘ir
masala. Biror chiroyli narsani ko‘rsang, o‘zingda paydo bo‘lgan uni sotib olish istagini yengishga
harakat qil. Uning uchun avval pul yig‘, keyin xarid qil. Ehtimol bu orada uni sotib olish istaging so‘nib
qolar.
Miss Kleri keng qoshlarini chimirdi.
— Oh, bunaqa cheklangan turmush tarzi naqadar dahshat, — to‘ng‘illadi Virjiniya.
Palmer yelka qisdi
— Ha, agar cheklangan degan so‘zni intizom ma’nosida aytayotgan bo‘lsangiz.
— Intizom? — Nahotki bu so‘z, sal-pal yaxshiroq jaranglasa? Miss Kleri bosh chayqadi. — Yo‘q,
bunaqa hayot mahzun, rangsiz, sovuq. Hodisalarsiz, hayajonlarsiz.
— Zero, hal qilib bo‘lmas muammolarsiz, tangliklarsiz.
— Mana, ko‘rdingizmi? Bu, umuman, hayot emas, faqat muqaddimasi-ku.
— Safsata.
— Hayotning o‘zi nima? Muammolar, qiyinchiliklar va birdan o‘z yo‘lingda ajoyib narsa uchraydi-yu,
uni o‘zingniki qilib olishni istaysan. Sen o‘z istagingni bajarasan, pulini esa keyin to‘laysan.
— Hozir kimning hayoti haqida gapirayapsiz o‘zi? — qiziqdi Palmer.
Virjiniya yana qoshlarini chimirdi.
— Ha-a. siz haqsiz. Hamma ham shunday yashashni hohlaydi, deb bo‘lmaydi. Men buni esdan
chiqarib qo‘yibman.
Ikkalasi ham jim qoldi. So‘ng yana Palmer gap boshladi.
— Harholda, bu yerdan biz kimning hayotini muhokama qilishimizdan qat’i nazar, falsafa, baribir,
meniki.
— Meni kechirasiz-u, bu siz aytganingiz puldan kamchiligi bo‘lmagan odamning falsafasi, — dedi
Virjiniya.
Palmer bir necha lahza qimirlamay o‘tirdi, so‘ng qo‘llarini stoldan olib tizzalari ustiga qo‘ydi.
— Balki, siz haqdirsiz, — javob berdi loqaydlik bilan Palmer. — O’z istagini tiya bilish haqida fikr,
bunday qilish zarurati bo‘lmaganlar miyasiga tez keladi.
Miss Kleri stolda Palmerning qo‘llari turgan joyga qaradi.
— Lekin bu bilan men, — deya asta gap boshladi Virjiniya, — kimda pul bor bo‘lsa, har qanday
istagini o‘z-o‘zidan qondiraveradi, demoqchi emasman. Pulga sotilmaydigan buyum yo‘q. Balki
hamma narsa sotilar. Ammo sotib olgan hamma narsadan ham qoniqish hosil qilinavermaydi.
— Meni kechirasiz-u,— dedi kinoya bilan Palmer, — bu endi ilohiy olam puchmoqlarida adashib
yurgan odamning falsafasi.
— Ha, — rozi bo‘ldi miss Kleri. — Men axir, keltlar toifasidanman, avrashni bilaman, qarta bilan fol
ochaman. Hatto jodugar ham bo‘la olaman.
— Qiziq. Unda sizga ikki maosh belgilashimizga to‘g‘ri keladi, biz tomonda qolganingiz uchun,
albatta.
— «Biz tomonda» deb nimani aytayapsiz?
— Sigareta chekasizmi? — taklif qildi Palmer. Xonim «ha» deya bosh irg‘adi. — bu bor-yo‘g‘i
obrazli ifoda, xolos.
— Yo‘q, bu oddiy obrazli ifodadan kattaroq, — dedi Virjiniya xonim, u tutgan chaqmoqtoshdan
sigaretasini yondirib. — Mister Berkxardt «Biz tomonda» degan ifodaga go‘yo biz kim bilandir urush
holatida turganimizday ma’no beradi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |