Amir Temur davlati tashkil topishi
Reja:
Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining tashkil topishi va uning davlat boshqaruv apparati
«Temur tuzuklari» – muhim tarixiy-huquqiy manba
Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining tashkil topishi va uning davlat boshqaruv apparati
Ma’lumki, Amir Temur butun jahonga mashhur va buyuk qudratli davlat barpo etgan. Uning tashkil etgan bu davlati o‘zbek milliy davlatchiligi davomi bo‘lib hisoblanadi. Bu fikrning tasdig‘ini Amir Temurning quyidagi so‘zlarida ham ko‘rishimiz mumkin: «Biz kim, Mulki Turon Amiri Turkistonmiz. Biz kim, millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i Turkning bosh bo‘g‘inimiz». Amir Temur o‘zbek davlatchiligini tashkil etish bilan Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar mustamlakachiligiga barham berdi. Islom dini, shariat qoidalarini qo‘llabquvvatladi.
Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan biri shundaki, u 150 yillik uzoq bir davr o‘tib, odatlar, an’analarda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganiga qaramay, qadimdan mavjud bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimining eng ilg‘or namunalarini qaytadan tikladi. Davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatini belgiladi. Jumladan, jamiyat a’zolarini 12 tabaqaga ajratib, davlatchilik asoslarini mazmunan boyitdi.
Sohibqiron Amir Temur shaxsi va o‘gitlari bugungi kundagi ahamiyati kattadir. Hozirgi kunda istiqlol sharofati tufayli Amir Temur shaxsi va faoliyati milliy davlatchilik tajribasi nuqtai nazaridan o‘rganilmoqda. Temur tuzuklari esa boy ilmiy-ma’naviy meros sifatida qadrlanib kelinmoqda.
Ushbu so‘zlarimizning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tmoqchimiz:
«Bizning tariximizda Amir Temurday ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu-o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q»1. Mamlakatimiz rahbarining ushbu fikrida mavzuning dolzarbligini yana bir marotaba ko‘rish mumkin.
Prezident Islom Karimovning yana quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir: «Hamisha xalq g‘amini, yurt g‘amini o‘ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog‘i ostida toptalgan o‘lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do‘stlar, barchamiz yakdil bo‘lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O‘zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik. Bu yo‘lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik – dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin» degan dono o‘gitlari doimiy shiorimiz bo‘lsin»2.
Amir Temur hijriy 736-yil (milodiy 1336-yil 9-aprel)da Qashqadaryo vohasining Shahrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida, barlos Tarag‘ay xonadonida tavallud topgan. Otalari – turkiy barlos urug‘ining biyi (oqsoqol) Muhammad Tarag‘ay, onalari Sadr ash-shari’a ɭɪɭԑɢɞɚɧ Ȼɭɯɨɪɨ qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina Muhibegimdir.
Amir Temur quyidagi unvonlarga ega bo‘lgan: Sohibqiron - Zuhro va Mushtariyning bir-biriga yaqinlashish holati «Qiron burji» deb ataladi.
Amir Temur Zuhro (Venera) va Mushtariy (ɘɩɢɬɟɪ) bir-biri bilan yaqinlashganda tug‘ilgan. E’tiqodga ko‘ra bunday bola kelajakda tojsaltanat va baxtu-iqbol egasi bo‘ladi; Qutbiddin – zamona peshvosi, yo‘l ko‘rsatuvchisi, avliyo; Ⱥɛɭɥɦɚɧɫɭɪ – zafarmand, g‘alaba qozonuvchi.
Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoyga yurish chog‘ida O‘trorda vafot etadi. U umrining eng so‘nggi daqiqalarigacha faqat bir narsani – el-yurt osoyishtaligi va ravnaqini o‘yladi. Bu uning vasiyatlarida o‘z aksini topgan: Zo‘ravonlikka monelik qilish ishini kechiktirish mamlakatni xavfu xatar ostida qoldiradi, jumlayi xaloyiqning huzur halovatini buzadi, maslagu-tariqatning buzilishiga olib keladi. Qiyomat kuni bizdan so‘raydilar, surishtiradilar. Shu kundan e’tiboran farzandimiz (nabiramiz) Pir Muhammad (ibn) Jahongirni o‘zimizga valiahd va toju taxt vorisi etib tayinladikkim, Samarqand taxti uning amri farmonida bo‘lg‘ay, tamkinlik va istiqlol bilan mulku millat, lashkar va rayyatning muhim yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lsin. Sizlar esa unga tobelik va bo‘ysunish marosimini o‘rniga qo‘yinglar, birgalikda uni qo‘llab-quvvatlanglar, toki olam buzilmasin… . Mamlakat manfaati va xalqlar farovonligi bobida (kishilar tajribasida) nimaiki aytilgan bo‘lsa, yodda tutinglar. Rayyat va qo‘l ostingizdagilar ahvolidan bexabar qolmang. Qilich dastasini shijoat va mardlik qo‘li bilan mahkam ushlanglar, shundagina men kabi podshohlik tizginini mustahkam tutgaysizlar. Shu yo‘l bilan men Turon va Eronni muxoliflar va mufsidlardan tozaladim, adolat va ehson orqali obod etdim. Agar mening vasiyatlarimga amal qilgudek bo‘lsangiz, adolat va himmatni o‘zingizga maqsad qilib olsangiz, davlat va mulk uzoq yillar davomida siz bilan qolgay. Agar oralaringda bir qadar qarama-qarshilik yuz bergudek bo‘lsa, bilingki, uning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Chunki (bunday sharoitda) dushmanlar fikrini fisqu fasod qamrab oladi va (bu sizlar uchun ko‘plab kutilmagan) qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Rivoyat qilishlaricha, Tarag‘ay Bahodir kunlarning birida g‘alati tush ko‘radi. Tushida bir nuroniy odam uning qo‘liga qilich tutqazadi. Islomga e’tiqodi kuchli bo‘lgan Tarag‘ay ertasiga bomdod namozidan keyin pirishayx Shamsuddindan ko‘rgan tushining ta’birini so‘raydi. Shayx unga «sen o‘g‘il ko‘rasan, bu o‘g‘lon dunyoni zabt etadi», deydi. Chindan ham oilada o‘g‘il tug‘iladi.
Temurning shaxsiy qiyofasi, kuch-qudrati to‘g‘risida Ibn Arabshohning quyidagi iboralari g‘oyatda asoslidir: «Amir Temur jismu jasadi kelishgan, qaddi-qomati tik, uzun bo‘yli, go‘yoki qadimgi pahlavonlar avlodlari misoli bo‘lib, boshi katta, g‘oyatda kuchli va salobatli, ajoyib bo‘lalik, oqish yuzini och qizil rang jonlantirgani bilan hech bir dog‘siz, bug‘doyrang emas. Qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo‘g‘on, pochalari go‘shtli, bo‘yi basti kamoliga yetgan, sersoqol, ikki ko‘zi bamisoli ikki shamdek bo‘lsa-da shodligi bilinmas, yo‘g‘on ovozli edi, u o‘limdan qo‘rqmas, yoshi saksonga yetgan bo‘lsa-da iztirobsiz, vazmin, badani to‘la va pishiq bo‘lib, go‘yo zich tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg‘onni yoqtirmas, o‘yin-kulgi-yu ko‘ngil xushlikka maylsiz, garchi unda o‘ziga ozor yetadigan biron so‘z bo‘lsa ham haqiqat (to‘g‘ri so‘zlik) unga yoqar edi. U bo‘lib o‘tgan ishga aziyat chekmas va qo‘lga kiritiladigan yutuqlardan shodlanmas edi»3.
Manbalarda Amir Temurning quyidagi shaxsiy fazilatlari keltiriladi: ma’rifatparvarlik, insonparvarlik, donishmandlik, raiyatparvarlik, adolatparvarlik, kechirimlilik, rahmdillik, olijanoblik, mardlik, bahodirlik, qattiqqo‘llik, irodalilik, jasoratlilik, sobitlik, vazminlik, chidamlilik, sabrbardoshlik, insoflilik, mehribonlik, muruvvatpeshalik.
Amir Temur tarixan o‘ta murakkab vaziyatda XIV asrning 60yillarida siyosat maydoniga chiqadi. Bu davrda mo‘g‘ul hukmdorlari o‘rtasida toju taxt, davlat va mol-dunyo uchun bo‘lgan kurashlar kuchayib, Chig‘atoy ulusida feodal tarqoqlik avj oladi. Movarounnahr hududida o‘ntacha mustaqil bekliklar vujudga keladi. Shahrisabzda Hoji Barlos, Xo‘jandda Boyazid Jaloyir, Balxda Amir Husayn, Shibirg‘onda Muhammad Aperdi Nayman, Ko‘histonda Amir Sotilmish, Arhang Saroyda O‘ljoy Aperdi va boshqalar o‘zlarini hokimi mutlaq deb hisoblashardi. Shu boisdan ham feodal tarqoqlikka barham berish, markazlashgan kuchli davlat hokimiyati barpo etish, mo‘g‘ullarning istibdodidan ozod bo‘lishga intilish g‘oyasi kuchayib borar edi. Xalqning ana shu istak va orzusini birinchilar qatorida tushungan mahalliy amirlardan biri Amir Temur edi.
Amir Temur dastlab Shahrisabz bekligida hokimiyatni egallagan tog‘asi Hoji Barlos yonida yelkadosh sifatida yuradi. So‘ngra 1361-yilda Mo‘g‘uliston (Jete) xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrdaligi paytida uning xizmatiga kirib, o‘z maslahatlarini beradi. 1365-yilda Tug‘luq Temurning o‘g‘li Ilyosxo‘ja Movarounnahrga yurish qilishi va bunda mahalliy aholi mudofaasi – sarbadorlar harakati ustun kelishi tufayli Amir Husayn bilan birga Amir Temur Samarqandga keladi. Hukmron Amir Husayn o‘zi Balxga, ya’ni Xurosonga ketib, o‘rniga Amir Temurni qoldiradi. 1370-yilda Balx (Amir Husayn hokimligi)ni egallab, poytaxti Samarqandda bo‘lgan Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi.
1370–1371-yillarda Farg‘ona, O‘tror, Yassi, Toshkent, Hisor, Badaxshon, Qunduz bo‘ysundiriladi. 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozondaron, Saraxs, Sabzavor egallanadi. 1371–1389-yillarda jami 7 marta yurish qilib Mo‘g‘uliston hukmdori Amir Qamariddin qo‘li ostidagi Movarounnahrning Sharqiy va Shimoliy hududlari (Farg‘ona, Shibirg‘on viloyati, Qashg‘ar, Issiqko‘l va Yettisuv) bosib olinadi. 1371, 1373, 1375, 1379, 1388-yillarda Xorazmdagi so‘fiylar sulolasini yengib, Xorazm qo‘shib olinadi. 1386–1388, 1392–1396, 1398–1404-yillarda Eron, Kavkaz orti hududlari, Shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq yerlari, Kichik Osiyoning ko‘pgina qismi bosib olinadi. Shu tariqa 1361–1404-yillarda Amir Temur davlati hududiy jihatdan kengayib boradi. Sohibqironning ta’biri bilan aytganda, saltanat 27 o‘lka (jumladan, Turon, Oltin O‘rda va h.k.)dan tashkil topadi.
Amir Temur davlati o‘z davrida dunyoning ko‘p qismiga ega saltanat sifatida dunyoning qudratli davlatlari tomonidan tan olinadi. Yevropaning Fransiya, Angliya, Ispaniya davlatlari bilan iqtisodiy, diplomatik aloqalar olib boriladi.
Temur juda ko‘p jangu jadal, tadbirkorlik bilan kuchli davlat barpo eta oldi. Temur davlatining siyosiy tizimi o‘sha davr ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy holatiga mos kelardi.
Temur davrida markazda va joylarda xon boshchiligida ɦɭɣɹɧ davlat boshqaruv apparati tuzildi. Boshqaruv tizimi ikkiga: dargoh va devonlarga (vazirliklar) bo‘lingan.
Dargoh – eng oliy davlat idorasi. Uning boshlig‘i o‘zida vaqtning o‘zida davlatning oliy hukmdori hisoblanadi. Amir Temur davlat tepasiga kelgandan so‘ng chingiziylardan bo‘lmish Suyurg‘atmishni xon, ya’ni oliy hukmdor deb e’lon qilgan. Suyurg‘atmish «soxta xon» mavqeida bo‘lib, amaldagi hokimiyat Amir unvonidagi Sohibqiron ixtiyorida bo‘lgan.
Mamlakat va davlat ahamiyatidagi masalalar uning hukmi va ko‘rsatmasi asosida hal etilgan. Shu bilan birga, muhim davlat masalalari kengashda hal etilib, dargohda vaqti-vaqti bilan kengaytirilgan va qisqartirilgan tartibda majlislar o‘tkazilib turilgan. Katta kengashda mamlakat hayotiga molik umumiy masalalar haqida kelishib olingan. Kichik kengashda davlat va idorasi faoliyati, yurtda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar muhokamasi, muhim mansab va vazifalarga tayinlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. U g‘oyatda tor doirada o‘tkazilib, davlat ahamiyatiga molik masalalarning chetga ayon bo‘lishidan nihoyatda saqlanilgan.
Kengashlarda amirning qarindoshlari, oliy din vakillari, bosh amir, beklar-begi, amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, oliy mansabdor shaxslar, vazirlar, devonbegi va boshqalar ishtirok etgan. Majlis bayoni maxsus kotib tomonidan daftarga tushirib borilgan. Aftidan, keyingi majlislarda ana shu bayon asosida ilgari qabul qilingan qarorlar, turli choralar natijalari tekshirilgan.
Dargoh, vazirliklar, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini Oliy devon nazorat qilgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan. Devonbegi davlat moliyasini boshqargan va vazirliklar faoliyatini, xazinadan maqsadga muvofiq foydalanishlarini nazorat qilib turgan.
Oliy devonning ahamiyati shu qadar baland bo‘lganki, manbalarda ba’zan uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflash hollari ham kuzatiladi. Oliy devonda har kuni to‘rt vazir: ya’ni, ijroiya idoralari nomidan Bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri hamda moliya vaziri hozir bo‘lib, hisobot berib borgan. Sarhad va boshqa tobe mamlakatlar boshqaruvi bilan bog‘liq yana uch vazirlik - xolisa ham devonbegiga hisobot berganlar.
Dargohdagi muhim lavozimlardan biri – arzbegidir. U dargohga arzdod, shikoyat bilan kelganlar hamda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirish, tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oliy hukmdorga yetkazib turishga mas’ul bo‘lgan.
Dargohda adolat amiri lavozimi mavjud bo‘lib, u turli o‘lka va shaharlarda «sipoh va orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida» boxabar bo‘lib, oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot yetkazib turgan. Ma’lumot olingach, maxsus vakillar – aminlar (ya’ni ishonchli vakillar) joylarga borib voqeani o‘rganib, taftish qilgan. Adolatni tiklab, tegishli choralar ko‘rgan va yozma hisobot bergan. Tobe yerlar to‘lovini yig‘ib kelish ham ularning vazifasi hisoblangan.
Oliy farmonga ko‘ra joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan tavochi shug‘ullangan. Bu vazifa nihoyatda muhim bo‘lgani uchun u oliy hukmdordan keyingi yuqori darajadagi davlat mansabi deb qaralgan. Ma’lumki, tobe o‘lkalar, hukmron sulola vakillari, nufuzli amirlarga taqsimlab berilgan yurtlar oliy ko‘rsatma bo‘lganda tegishli harbiy kuch bilan doim shay turishlari ko‘zda tutilgan. Tavochilar esa xuddi mana shu avval boshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minoti ko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan muayyan yo‘l bilan o‘z vaqtida yetib borishi kabi g‘oyatda mas’uliyatli tadbirlarga javob berganlar. Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, tavochilar bosh tavochi, piyoda askar tavochisi kabilarga taqsimlangan. Bosh tavochilar tumanot (o‘n minglik), hazorajot (minglik), sadajot (yuzlik) yetakchilaridan, viloyat kattalaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan son va sifat bilan yetkazib berish to‘g‘risida tilxat olganlar. Shu bilan birga tavochi harbiy yurish chog‘ida qo‘shinlarning joylashuvi, berilgan buyruqlarning ijro etilishi hamda tinchlik paytlarida katta qurilishlarda ish taqsimlash kabilar ham shug‘ullangan. Chunonchi, Baylaqon kanalini qazishda 60–70 km masofani har bir harbiy qismga taqsimlab berishga tavochilar bosh bo‘lgan.
Dargohda shuningdek, Devonbegi (saroy vaziri)ga bo‘ysunuvchi bir qancha lavozimlar ta’sis etilgan. Ular bosh hojib va hojiblar (rasmiy tadbirlar tashkilotchilari va boshqaruvchilari), xazinador (xazinachi), nosolar (dargohda va oliy farmon bilan boshqa yerlarda, masalan, yurishlarda o‘tkaziladigan to‘y, bazmlar, katta ziyofatlarda stol tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi), jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus o‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi, parvarish qiluvchi) va shu xizmatni boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi (saroy oshpazlarining boshlig‘i) va bakovullar, kotiblar (bitikchilar), choparlar, tabiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, farroshlar, tablxona (nog‘oraxona), dorixonachi kabilardan iborat bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |