www.ziyouz.com kutubxonasi
69
— O’sha yili sizlarda nima bo‘lgan edi? — so‘radi miss Kleri.
Palmer yelkalarini qisdi.
— E, hech narsa bo‘lgani yo‘q. O’shanda mening kollejda o‘qiyotganimning birinchi yili edi.
Umuman, men tashqi dunyodan yaxshi himoyalangandim.
— Kollejni 1934 yili bitirdingizmi?
— Ha, juda ajoyib yil edi.
— Men ham Bernard kollejini 1934 yilda tugatganman, — dedi miss Kleri.
Hayron bo‘lgan Palmerning qoshlari chimirildi, keyin ohista o‘ziga keldi. U hayron bo‘lganimni
sezdimikin, deb o‘yladi. Keyin, albatta, sezgandir. Umuman buni yashirishning nima keragi bor? —
degan to‘xtamga keldi.
— Hecham bunaqa o‘ylamasdim, — dedi u, — siz ancha yosh ko‘rinasiz.
— Harholda, men sizdan ancha yoshman. Peddi Kalxeyn tufayli men Bernard kollejini bitirishga
muvaffaq bo‘ldim.
Palmer sal oldinga engashdi:
— Bu nom menga ham tanishga o‘xshaydi.
— U bir vaqtlar bizning Garlemda politsiya kapitani bo‘lgandi.
— Vik Kalxeynga qarindosh emasmi, mabodo?
Miss Kleri hayron bo‘lib unga qaradi:
— Ha. Uning otasi edi, — dedi.
— Siz o‘zingiz Vik Kalxeyn bilan tanishmisiz?
— Bo‘lmasam-chi. U ham Xouli Naym maktabida, bolalar bo‘limida o‘qigandi.
— O’shandan beri uni hech ko‘rdingizmi?
— Ha, bir necha bor. Mening gazetada ishlaganimni bilasiz-ku. Sizga bu yoqmaydimi?
Palmer boshini chayqadi.
— Yo‘q, nima deyapsiz? Aksincha.
Miss Kleri unga uzoq vaqt qarab turdi, keyin oromkursiga yastanib, qo‘llarni tizzalariga qo‘ydi.
— Nima bo‘lganida ham, Virjiniya Klerining bor tarixi shu bilan tugaydi. Yana shuni qo‘shimcha
qilishim mumkinki, butun bo‘sh vaqtimni onamning bankka nisbatan ko‘r-ko‘rona nafratdan
davolashga bag‘ishlayapaman.
— Siz bankda ishlayotganingizni onangizdan yashirishingiz mumkin edi.
— Bu haqda o‘ylab ko‘rgandim, — dedi Virjiniya, — U holda onam meni har kuni ertalab ibodatga
borishga majbur qilardi. Hozir ancha yaxshi.
Shu payt ofitsiant kelib stolga taomnomani qo‘ydi.
— Nima ichasizlar?
— Faqat qahva, — dedi Virjiniya.
— Menga ham, — qo‘shib qo‘ydi Palmer.
— Axir, shirin ichimlik, sharbatlar ovqat narxiga qo‘shiladi-ku, — eslatdi ofitsiant.
— Bilaman, — dedi Palmer. — Faqat qahva bering.
— Xo‘p bo‘ladi, ser.
Ofitsiant qiz shu yerda o‘ralashib turganda ular jim o‘tirishdi. Xizmatchi ketishi bilan Palmer so‘radi.
— Bu yerda tez-tez bo‘lib turasizmi?
— Deyarli har kuni, — dedi Virjiniya. — Bu yer yaqin. Tez xizmat ko‘rsatishadi. Har holda
ishxonada, quruq buterbroddan ko‘ra yaxshi-da.
— Esimda, bu borada otamning bir hikmati bor edi.
— Ha, otangizning hayotning har bir hodisasiga doir hikmatli so‘zlari bor edi. Men sizning ikkinchi
avlod bankiri ekaningizni o‘zimga hamisha eslatib turaman.
— Ikknchi emas, uchinchi avlod, bankni buvam tashkil etgan.
— Nega sizni tanlashganini bu yerda hech kim tushunmaydi. Nyu-Yorkdagi bank xodimlaridan
birortasini tanlashsa ham bo‘lardi-ku. Ular bu yerdagi vaziyatni yaxshi tushunishardi. Nega sizni
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |