www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Lekin hozir unga chinakam azob berayotgan kasallikka qarshi dorini qaerdan olish mumkin? U ana
shu mavhum jumboq bilan bankning markaziy darvozasiga yetib keldi. Mashinadan chiqarkan,
shofyorga minnatdorlik bildirib, o‘z kaliti bilan bankka olib kiruvchi yon eshikni ochdi.
O’ninchi bob
Palmer yo‘l-yo‘lakay bosh irg‘ab kotiba bilan salomlashib, o‘z xonasiga kirib, yozuv stoli tomon
yurganida soat besh daqiqasi kam to‘qqiz edi. Stol yonida bir oz turgach, signal tugmachalariga ko‘z
yugurtirdi. Saf tortib turgan tugmachalardagi belgilar faqat undosh harflardan iborat edi. «Brkxrdt»
degan yozuvli tugmacha deyarli hech qachon qariya bilan bog‘lanish imkonini bermasdi. Lekin Palmer
shuni yaxshi bilardiki, barcha interkom chiroqli signallarning deyarli yarmi Berkxardt tugmachalari
bilan bog‘liq edi. «Mrchndl» yozuvi YuBTK vitse-prezidanti va mas’ul kotibi Kliff Merchendal ismini
bildirardi. U birinchi galda qimmatli qog‘ozlar masalasi bilan shug‘ullanar, bundan tashqari eng puldor
mijozlar ishini olib borardi. Shu bilan birga u yana qimmatli qog‘ozlar hamda ishonchnomalar bo‘yicha
boshqariladigan mol-mulk bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilardi. «Skrtr» tugmasi esa o‘z sohibiga ega
emasdi, chunki Palmer kotiba vazifasini bajaradigan biror qizni tanlashga sira vaqt ajrata olmasdi.
O’ng tomondagi tugmachalarda bo‘lsa boshqa ikki birinchi vitse-prezidentlar: Garri Elder va Fipps Kars
(ayni paytda g‘aznachi ham) ismlari yozilgandi.
Palmer yozuv stoli tagidagi yashirin tugmachani bosdi. O’sha zahoti uning orqasidagi devor ilondek
vishillab ochildi. Ichkarida javon ko‘rindi. Palmer unga palto va shlyapasini ildi va devorni yana
bekitdi.
Devor javonida sirli bo‘linma mo‘jazgina bar shaklida yasalgandi. Unda ikkita shisha, beshtacha
qadah va muz solingan chelakcha bor edi. Maxfiy ravishda telefonga ulash uchun mo‘ljallangan
kichkinagina magnitofon ham o‘sha yerda saqlanardi. Bundan ikki yil avval, jamg‘arma banklari bilan
olishuv paytida uni chindan ham ulashmoqchi edi. Garri Elderning ta’kidlashicha, yuqori qavatda va
barcha filiallarda maxfiylik tartibi o‘rnatilgandi. Ish kuni yakunida Berkxardt o‘z kotibalarini
savatchalardagi barcha qog‘ozlarni yig‘ishtirib yoqib yuborishga majbur etardi. O’sha olishuvda
Berkxardt g‘olib chiqdi va keyin telefonlar maxfiy mikrofonlarga ulanmay qoldi. Aftidan, o‘ylagan
ishidan voz kechdi, shekilli.
Darvoqe, bu ishni bu yil qilsa ham bo‘ladi, o‘yladi Palmer. U o‘z o‘rniga o‘tirdi va ertalabki pochtani
ko‘rishdan oldin, xonasiga ko‘z yugurtirdi. Stol qarshisidagi devorda yo‘lakdan olib kelingan Bark
ishlagan rasm ilib qo‘yilgandi.
Xonaning olis devoridagi ulkan derazasi yonida endi qora haykal turardi. U bundan yetti yil oldin
quyilgan bo‘lib, ularning Chikagodagi hayoti davriga taalluqli edi, o‘shanda Edis uchala bolasini
haykalda aks ettirish g‘oyasi bilan chiqqandi. Haykal ishlangan paytda katta o‘g‘illari yetti, kenjasi ikki,
Jerri esa hali to‘rt yoshga ham to‘lmagandi.
O’sha paytda Edis bolalarining yoshligini e’tiborga olib, ularni yalang‘och tasvirlashga e’tiroz
bildirmagandi. Palmer haykaltaroshni hozir esladi, o‘sha xonimni Xanna Kerd deb atashardi. Uning
haykallarida Xanna nimani tasvirlamoqchi ekanini tushunish mumkin edi. U keksa ayolmi, boyo‘g‘limi
yo qo‘zichoqmi, xullas, nima bo‘lmasin, silliqlanmagan toshdan yasardi.
Mana endi, oradan yetti yil o‘tganidan so‘ng, bu haykal Palmerga yoqa boshladi. Xanna Kerd o‘z
ishini tugallaganda, Edis shodligining cheki yo‘q edi. Biroq oradan bir yil o‘tgach, haykalni chordoqqa
chiqarib tashlashdi. Uni qandaydir ko‘rgazmaga vaqtinchalik berib turish uchun ba’zi-ba’zida
chordoqdan olib turishardi. O’g‘illarning to‘ng‘ichi Vudi, katta bo‘lgani sari haykaldan kamchiliklar
topardi, lekin kenjatoy Tommiga u juda yoqib qolgandi. Garchi bu asar «Uch farzand» degan nomga
ega bo‘lsa-da, Jerri uni «Dengiz tipratikonlari bazmi» deb atagandi.
Hozir haykalga qarab turib, Palmer unda tasvirlangan bolalarning qiyofalarida raqs alomati borligini
sezdi. Bundan to‘rt yil muqaddam Chikagodagi tasviriy san’at instituti Kerdning haykalini oliygohga
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |