www.ziyouz.com kutubxonasi
44
paytgacha u YuBTK uchun nima qilib berdi?
— Har holda bolalarimizni Bentli maktabiga olishlariga erishdi. Axir, bu maktabga qabul qilish
to‘xtatilgan edi, — e’tiroz bildirdi Edis.
— Bu Berns uchun juda oddiy ish. Afsuski, YuBTK uni iltifot yuzasidangina ushlab turgani yo‘q.
— Biroq ushbu iltifotlarning qadriga yetmaslik ham insofdan emas, — dedi Edis. — Birinchi vitse-
prezidentning bolalari yaxshi ma’lumot olishlaridan bank ham manfaatdor, axir.
— Ha, lekin bunaqa iltifotlar bankka ancha qimmatga tushib ketmayaptimi? Bilishimcha, u yiliga
qariyb ellik ming dollar oladi, — to‘ng‘illadi Palmer.
— Unga to‘layotgan bor-yo‘q maoshlaring shumi?
— Ha. Tag‘in unga vakillik xarakatlari ham to‘lanadi.
— Ammo, azizim, bu juda kam-ku. Axir u topib bergan pudratchi bir oyda butun ishni bajarib
qo‘ydi...
Palmer soatiga qaradi: sakkiz yarim. U deraza oldiga borib, ko‘chaga qaradi. Bankning oltmishta
mashinasidan bittasi — maxsus buyurtma bilan tayyorlangani — mehmonxona oldidagi yo‘lakda,
avtomobillarning safida ikkinchi bo‘lib o‘z yo‘lovchisini kutib turardi.
— Edis, — dedi Palmer chiqib ketayotib, — ba’zan senda ham yumor hissi paydo bo‘lib turishini
istardim.
— Mening yumor hissiyotim juda yaxshi! — baqirib qoldi Edis uning orqasidan.
— Bunday narsalarni gapirayotganda sal-pal jilmaysang bo‘lmaydimi?
— Men ba’zan jilmayib qo‘yaman, — dedi Edis, qo‘lida qahvasi ichib tugatilmagan finjon bilan
uning orqasidan ergashib.
Bo‘sh qo‘li bilan Edis erining bo‘yinbog‘ini to‘g‘rilab qo‘ydi. Mashinaga o‘tirgach, o‘zim qaytadan
to‘g‘rilab qo‘yaman, o‘yladi Palmer. Chikagoda bunga beparvo qaralardi, lekin bu yerda, Nyu-Yorkda
bunday pala-partishlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Palmer xotinining yonog‘idan qattiq o‘parkan, so‘radi: — Bugun kechqurungi rejalarimiz qanday?
— Kechqurun Osborn pesasini ko‘rgani boramiz.
— Kechki ovqatga mehmonga boramizmi?
— Ha, hozir shunaqasi ma’qul, — pinagini buzmay javob berdi Edis.
— Men ushlanib qolaman, bolalarga «xayrli tun»ni ham telefonda aytsam kerak.
— Qo‘rqamanki, aynan shunday bo‘ladi, azizim, — dedi Edis. — Yaxshi boring.
— Hozircha...
Liftda pastga tusharkan, Palmer ko‘z oldiga keltirdi: Edis oyna oldida o‘tirib kipriklarini, ayniqsa
qovog‘i ustini astoydil bo‘yamoqda. U balki Edisga nisbatan adolatsizlik qilayotgandir. Lekin, baribir, u
haq. Nihoyat, shunday xulosaga kelgan Palmer, mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tirdi. Darbon mashina
eshigini chaqqonlik bilan yopdi.
— Xayrli tong, ser, — dedi shofyor.
— Xayrli tong, Jimmi.
Bulutlardan tozalangan osmonda oktyabr quyoshi toza nur sochardi. Tong chindan ham ajoyib,
xayrli ko‘rinib ketdi Palmerning ko‘ziga. Bu tong unga ilhom baxsh etganday bo‘ldi.
Bizning kayfiyatimiz, deya ishontirmoqchi bo‘ldi u o‘zini, oddiy yovuzlikdan boshqa hech narsa
emas. Bunday kayfiyat undan qutulishimiz uchungina kerak. Aks holda jiddiy ishlar bilan shug‘ullanish
mutlaqo mumkin bo‘lmay qoladi. Kayfiyatga bo‘ysunish uning uchun hamisha o‘zgarmas haqiqat
bo‘lib kelgan. Bu hodisa moddiyunlik toifasidan emas, shuning uchun ham u irratsionaldir. Hayot esa
o‘z mohiyatiga ko‘ra hamisha umidsiz moddiydir va agar uning ratsional mag‘izi doimo aniq vujudga
kelmasa-da, hech bo‘lmaganda u mantiq qonunlariga bo‘ysunadi.
Uning otasining eng qat’iy e’tiqodlaridan biri ham aynan shunga asoslanardi. Endi bu narsa uning
ham e’tiqodiga aylandi va chuqur ildiz otgan tamoyillar, masalan, respublikachilar firqasi
nomzodlariga ovoz berish, asosiy sarmoyaga teginmaslik, oq ko‘ylak kiyib yurish va hokazolarda o‘z
ifodasini topadi. Ushbu tamoyillarning hammasi, deb o‘ylardi u mashina Beshinchi avenyuga
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |