Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
Hammasi joyida, — hozirjavoblik bilan dedi missis Keyj, — qarashgani Jerrini bu yoqqa 
yuboring, shu bilan tayyormiz, mister Palmer. 
—Yaxshi. 
Yosh bolalariga yana bir ko‘z solib qo‘yish uchun Palmer Jerrining xonasiga qaytdi. 
— Qani, qani, — dedi Jeri, — endi umrim bo‘yi sen bilan boshqa gaplashmayman. 
— Qo‘rqib ketdim, — piching qildi Tom. — Qara, qo‘rqqanimdan dag‘-dag‘ titrayapman. 
— Yana qo‘rqasan! Agar men... 
— Hali ham janjalashayapsizlarmi? — uning gapini bo‘ldi Palmer, — Jerri, missis Keyjga qarashib 
yubor. Tom, qo‘llaringni ko‘rsat-chi. 
Bola kaftlarini pastga qilib cho‘zdi. 
— Top-toza. 
— Kaftingni yuqoriga qil. 
— Top-toza dedim-ku, — yozg‘irdi u. 
— Bitliqi Merining o‘zginasi, — ming‘irladi Jerri. 
Uzoq jimlikdan keyin Tom og‘ir xo‘rsindi va tanobiyning to‘ridagi vannaxonaga qarab ketdi. Palmer 
bir lahza uning ortidan kuzatib turdi-da, ozg‘in ota-onaning o‘g‘li uchun uning dumbasi semizlik qiladi, 
deya ko‘nglidan o‘tkazdi... 
Palmer ikkinchi qavatdagi oilaviy oshxonaga yo‘l oldi. Chiroqni yoqib qarasa, dasturxon allaqachon 
tuzalib qo‘yilibdi. Shamlarni chaqmoqtosh bilan yoqishga behuda urinib ko‘rdi, so‘ng bufet 
tortmasidan gugurt topib, ularni yoqib chiqdi.  
U qarshidagi devorga, turli kattalikdagi eski g‘ishtlardan yasalgan chog‘roq kaminga qarab qo‘ydi 
va Bufe asaridagi erkak yuziga razm sola boshladi. Bu odam ham tuzalmagan yog‘och stolda o‘tirar, 
oldida, stolning o‘zida chala yeyilgan baliq bor edi. Nimqorong‘ilikda uning chehrasida moviy, ma’yus, 
och ko‘zlaridan boshqa hech nima yo‘q edi. Palmer chiroqni yoqib, erkakning yuzida hech narsa 
o‘zgarmaganini ko‘rdi. Baliqlarni o‘zi yeganmi yoki birovning sarqitiga qarab o‘tiribdimi, bilib 
bo‘lmasdi. 
Kaminning yonida yana bir suvrat: pishloq, ikkita olma, pichoq va  vino shishasi tasvirlangan 
natyurmort osig‘liq edi. Palmer yorug‘ni asta pasaytirdi va barcha buyumlardan faqat pichoq ko‘rinib 
qolganining shohidi bo‘ldi. Taajjub. Balki bu suvratlarning qandaydir yangi xossasini kashf 
qilgandirman, mulohaza qilardi u. Rassomlarning o‘zlari bu haqda bilganmikinlar? Uning qulog‘iga 
Jerri bilan missis Keyjning qo‘shni xonada idishlarni taraqlatayotganlari eshitildi.  
Yuqorigi chiroqni o‘chiriqli qoldirib, u zinapoya maydonchasiga chiqdi va pastdan kiraverishdagi 
vestibyulga olib chiquvchi zinapoyaning ikki o‘ramiga nazar soldi. Har biri 180ga 25 santimetr bo‘lgan 
zinapoyalar 7 santimetrdan qalinroq bo‘lmagan dub taxtalaridan yasalgandi. Zinapoyalarni yaxlit tortib 
turuvchi plastik orasidan yog‘och xira aks etib turardi. Ular bamisoli havoda muallaq osilib turgandek 
bo‘m-bo‘sh edi. Palmer kayfi baland odamning bundan qanday tushib-chiqishini ko‘z oldiga keltirishga 
harakat qildi. 
Shularni xayolidan kechirgancha u bir qo‘li bilan panjaradan tutgancha zinapoyadan tusha 
boshladi. Xuddi o‘ylaganidek bo‘ldi. Bir oyog‘ini qo‘yib, ikkinchisi bilan keyingi zinani paypaslagancha 
o‘z og‘irligini chamalab ko‘rdi – bamisoli havoda parvoz qilayotgandek bir hissiyotni tuydi. U 
pastgacha tushib oldi-da, u yoq-bu yoqni qarab chiqib, “Zinapoya qafasi” degan lavhachani topdi. 
Tugmachani bosdi. Ikkinchi qavat shiftiga yashiringan chiroqlarning nuri zinapoyani zamonaviy 
haykaltaroshlik asariga aylantirdi. Uni tomosha qilar ekan, Palmer jilmayib qo‘ydi. Dramatik asar. 
Ta’sirchan asar. Jozibador asar — gap yo‘q. 
U nazorat taxtasi tomonga burildi va g‘ildirak ko‘rsatkichini asosiy mehmonxonaga surib qo‘ydi. 
Chor-atrofni mayin aks etib turgan yog‘du chulg‘adi. Bu avvaliga unga yoqmagan yagona xona edi, 
haddan tashqari kattaligi uchun yoqmagandi. Uning 7,5 ga 18 metr keladigan butun birinchi qavati 
asosan mehmonxona va mayda-chuyda yordamchi xonalar qilib qo‘yilgandi. Uncha katta bo‘lmagan 
foye mehmonxonaning birgina burchagini egallagan. Zinapoya ham bir chetginasida edi, biroq reja 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish