Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
— Yo‘q, — dedi Tom. – Loks — suyuq kislorod. Undan raketa yonilg‘isi uchun foydalanadilar. 
— Bu topishmoqni aytgan maktabdagi qizaloq, — tushuntirdi unga opasi, — aytdiki, loks — bu 
dudlangan baliq, dedi. Dudlangan syomga. 
— U — jinni ekan, — dedi Tom. 
— Nima bo‘lganda ham, — so‘radi Palmer, — bu topishmoqning nimasi kulgili? 
Bolalar jim bo‘lib qolishdi. 
Sen tushunmaysan, — dedi oxiri Jerri. 
Palmer bosh irg‘adi: 
— Ovqat yana o‘n daqiqadan keyin.  
Vudining xonasiga kirish uchun u tanobiy xonaga tushdi. O’piq eshik oldida to‘xtab, u ichkaridan 
nog‘oraning asabiy taraqa-turug‘iga hamohang chiyillagan klarnet ovozini eshitdi. Roudining 
musiqaga qiziqishi yaqqol ko‘rinib turardi. Ovozi uyni to‘ldirib turgan orkestr chinakamiga yengil 
orleancha usulda kontrabas o‘rniga trubadan foydalangan edi. Palmer ko‘zining teparog‘ida, bosh 
suyagining ichida og‘riq boshlanayotganini his etdi. 
U eshikni chertdi, kutib turdi, yana qattiqroq chertdi. Birpas kutib turib, eshikni ochdi va to‘ng‘ich 
o‘g‘lini logarifmik lineyka bilan yozuv stoli uzra engashib turganini ko‘rdi. Palmer proigrivatel oldiga 
bordi va keskin burab ovozini pasaytirdi. 
— Barcha avliyolar haqi, bu ahvolda qanday o‘ylab, qanday ishlaysan?  — so‘radi u.  
Vudi unga ma’nosiz qaradi: 
— E, salom! 
— Ovqat o‘n  daqiqadan keyin. Besh daqiqa hatto. 
Vudi bosh irg‘adi: 
— Dada, foizlar haqida nimani bilasiz? 
— Hamma narsani. 
Vudi unga ishonqiramay qarab turardi: 
Bilasizmi, nima to‘g‘risida gapirayapman... Zayomlar foizi va har xil shunga o‘xshagan narsalar. 
— Nima to‘g‘risida gapirayotganingni bilib turibman,  — vazminlik bilan gapirdi Palmer. — Nimani 
bilmoqchisan? 
— Men “Muddatli sotuv” mavzuida insho yozishim kerak. 
— Matematika bo‘yichami? 
— Yo‘q, ijtimoiy fanlar bo‘yicha. 
Palmer bir talay plastinkalarni nari surib qo‘ydi-da, o‘g‘lining karavotiga o‘tirdi. 
— Ular qanaqa misollar keltirishdi? 
U  misol keltirmadi, — shikoyatomuz dedi Vudi. — Men o‘zim o‘ylashim kerak. 
— Unday bo‘lsa, quloq sol. 
Bola og‘ir xo‘rsindi va yuzida tund bir ko‘rinish zohir bo‘ldi. 
— Bir odam 3000 dollar turadigan mashina sotib olmoqchi, — gap boshladi Vudi bular barchasi 
qanchalik joniga tegib ketganini bildirmoqchiday cho‘zib, bir zaylda. — O’zining eski mashinasini 1000 
dollarga sotmoqchi. Qolgan ikki mingni ikki yilda to‘lamoqchi. Bu — yetti foizli zayom bo‘ladi. 2000 
dan yetti foizi — 140 dollar bo‘ladi. Ikki yilga. Demak, 3000 dan tashqari mashina yana unga foizlarda 
280 dollar turadi. To‘g‘rimi? 
— Ha. 
— Bo‘pti, rahmat, dada. 
— Bu raqamlarning ijtimoiy fanlarga qanday aloqasi bor? 
Vudining yuzidagi tund ifoda o‘rnini endi o‘ta malollik ifodasi egalladi. 
— O’lay agar, bilmayman. 
— Bu masalani yechish nimaga kerak bo‘lib qoldi? Oddiy arifmetikadan xabardorligingni isbotlash 
uchunmi? 
Bola yelka qisdi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish