Mavzu: Navoiyning til haqidagi qarashlari.
R E J A :
1.
Navoiyning til haqidagi qarashlari.
41
2.
«Muhokamat-ul lug'atayn» asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati.
3.
O'zbek adabiy tili tarixida Alisher Navoiyning o'rni.
Buyuk shoir va adib, ulug' mutafakkir olim Alisher Navoiyning adabiy, ilmiy,
ijtimoiy-siyosiy faoliyatida umuman tillarga, xususan ona tiliga munosabati alohida
o'rin egallaydi. U deyarli barcha asarlarida o'zining til haqidagi qarashlarini, ona tilini
rivojlantirish, uning boyligi va go'zalligi haqidagi, o'z xalqini ana shu tilda yozilgan
g'oyaviy-badiiy yuksak asarlardan bahramand etish haqidagi g'oyalarini, fikr-
mulohazalarini bayon etadi. Umrining oxirlarida esa o'zining bu sohadagi butun
faoliyatini umumlashtirdi va ilmiy-tarixiy jihatdan katta qiymatga ega bo'lgan
«Muhokamat-ul lug'atayn» (Ikki til muhokamasi asarini yozdi).
Navoiy lisoniy qarashlaridan eng muhimlari tilning kelib chiqishi, uning ijtimoiy
mohiyati, til va tafakkurning masalalari, mazmun bilan shakl birligi kabilardir.
Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Balkim guxari sharifroq yo'q ondin.
Bu satrlar navoiyning til haqidagi asosiy g'oyasidir. Uning fikricha, tafakkur va til
bir-biri bilan bog'liqdir. Inon qalbi- tafakkuri daryodir, so'z esa qimmatbaho toshdur,
so'zlovchi esa g'avvos-tafakkur daryosidan dur teruvchidir: ... so'z durredurkim, aning
daryosi kunguldir va kungul mazxarudurkim, jomiy maoniy juzv va «kuldur». Uning
tushunishicha, mazmun, ma'no birlamchi, shakl so'z esa ikkilamchi, ma'noning
ifodasidir: «Ammo chun alofoz va iboratdin murod ma'nidur va mazkur maxluqotdin
maqsud insondur va ul mazxari maoniy va bayon so'z aning so'zindadur va takallum
aning kalomida borur». Shuning uchun «mani adosida alfoz tilga kelur va ul alfozdin
ma'ni fahm bo'lur». Durning qiymati turlicha bo'lgani kabi so'z ham har xil bo'ladi,
«sharifidin ulgan badanga ruhi pok yetar, kasifidin hayotlik tanga zaxri halok hosiyati
zuxur etar». U asosda Navoiy tilining ijtimoiy xususiyatini, u mazmunning ifoda
vositasi ekanlgini, madaniyat va ma'rifatning rivojiga xizmat qilishini ko'rsatadi. U til
doim rivojlanib boradi, tillar bir-biriga ta'sir va boyishi kabi masalalarda bir qator
cheklanganlik va ziddiyatlar, qarama -qarshi mulohazalar uchrab turadi.
Navoiyning tilning lug'at boyligi, lug'avi birliklarning turlicha uslubiy
maqsadlarda qo'llash haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga egadir. U ikki tilning lug'atini
bir-biri bilan qiyosiy tarzda o'rganar ekan, fors-tojik tilida muqobil bo'lmagan ko'plab
o'zbek so'zlarini keltiradi.
Mansabda kurchi, suvchi, xazinachi, yurtchi, shilonchi va hunar-peshada
quruqchi, tamg'achi, xalvochi, kemachi, kuychi, qushchi kabi. So'zga bir «voz» va
«lom» qo'shish orqali harbiy va bazm sohalariga xos belgi bildiruvchi ot-sifat hosil
bo'ladi: xirovul, qorovul, suzovul, bakovul, shigvul, yasovul kabi so'zlarga «lom»
qo'shib, sifat ma'nosidagi yasol, kabol, tunkol, birkol, tuskol, sevargol kabi.
Navoiyda so'z yasalishi sohasida quyidagilarni ko'rish mumkin:
1)
Arab tiliga xos mufoala shakli – ikki va undan ortiq shaxslar
harakatini anglatgan birgalik shakli fors-tojik tilida yo'q, o'zbek
tilida esa bir «shin» harfi qo'shish orqali ifodalanadi:
chopishmoq, topishmoq, quchushmoq, o'pushmoq kabi;
2)
Arabiy ikki maf'ulluk fe'llar (vositali ob'yektli buyruq ma'nosi)
ham sortlarda yo'q, turklar bir harf qo'shish orqali bu ma'noni
juda qisqa va aniq ifodalaydilar: kildurd, yashurt, chikart kabi;
3)
Harakatning gumon bilan bajarilishini ifodalaydi borgudek,
yergudek, kelgudek, bilgudek, aytgudek shakllar ishlatiladi;
42
4)
Fe'l oxiriga bir «chim» qo'shish orqali harakatning bajarilishi
sur'ati, yezlik ifodalanadi: tegach, aytkach, borgach, yergoch,
topqoch, sotqoch; «re» harfini qo'shish bilan muolag'a,
kuchaytirish anglashiladi: bilakur, qilakur, ketakur, yetakur;
5)
Sifatlarda belgining ortiqligi, mubolag'a ma'nosida oldidan bir
«p», «mim» harfi qo'shadilar: op-oq, qop-qora, qip-qizil, ko'm-
ko'k, yam-yashil, bo'm-bo'sh kabi.
«Muhokamat-ul lug'atayn» asari 1499 yilning dekabrida yozib tugallandi. Navoiy
bu asarida turk-o'zbek tili bilan sort fors-tojik tilini bir-biriga qiyolash asosida o'rganadi.
Ma'lumki, Navoiy yashagan davrda o'zbek adabiyoti, o'zbek adabiy tili yangi taraqqiyot
bosqichiga ko'tarildi. Bu adabiyot va adabiy tilning rivojlanishida Xorazmiy, Gadoiy,
Yaqiniy, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy va ayniqsa Lutfiy o'z asarlari bilan katta hissa
qo'shdilar. Bu haqda Navoiy shunday deydi: «... Xologuxok (Xolakuxon) zamonidin,
sultoni sohibqiron Temur Kuragon zamonidin farzandi xalafi Shoxrux Sultonning
zamonini oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo'ldilar, ... Sakkokiy va Xaydar
Xorazmiy va Atoiy, Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar va forsiy mazkur
bo'lgon shuaro mukoba asida kishi paydo bo'lmadi, bir Mavlano Lutfiydin o'zgakim, bir
nechta matla'lari borkim, tab' axli qoshida ukusa bulur».
Shunga qaramay, o'zbek adabiyotida hali badiiy-g'oyaviy jihatdan yuksak asarlar
juda kam edi. O'zbek adabiy tli va jonli so'zlashuv tilining boy imkoniyatlari hali
to'laligicha namoyon bo'lgan emas edi, uning boy xazinasi shoirlar nazaridan yashirin
qolib kelmoqda edi. «Bu alfoz va iboratda bu nav' daqoyiq ko'pdurkim, bu kunga
degincha hech kishi haqiqatga mulohaza qilmagal jihatidin bu yashurun qolibdur». Bu
davrlarda fors-tojik adabiy tili va adabiyoti esa ko'p asrlik katta taraqqiyot yo'lini bosib
o'tgan edi, uning lug'at boyligi, xilma-xil badiiy tasvir vositalari, uslub rang-barangligi
va imkoniyatlari buyuk so'z san'atkorlari tomonidan mukammal ishlanib sayqal topgan
edi. Fors-tojik adabiyoti haqida, uning imlo-kofiya va lug'ati haqida bir qator kitoblar,
tazkiralar ham yaratilgan edi. Shu sababdan shoirlar nazdida bu tilda she'rlar bitish,
asarlar yozish birmuncha osonroq va yengilroq ko'rinar edi. Hatto ko'pgina o'zbek
yozuvchi-shoirlari ham o'z asarlarini ona tilida emas, balki fors-tojik tilida yozar edilar.
Buni Navoiy ham qayd qiladi: «Va hunarsiz turkning sitam zarif yigitlari osonlikka
bo'la forsiy alfoz bila nazm ayturga mashg'ul bulubturlar». Xolbuki, turkiy elatning
nifuzi ancha ko'paygan, mavqei kengaygan bir davrda mamalakatda ko'proq xalq bilan
xalq tilida so'zlashishi lozim edi.
Buning ustiga, o'zbek kitobxonlarining fors-tojik tilini bilgan o'qimishli bir
qismidan tashqari, xalqning asosiy ko'pchiligi bu adabiyotdan bahramand emas edi.
Buni yaxshi tushungan Navoiy «Arbain» asarida bunday deydi:
Forsiydonlar aylabon idrok,
Oriy erdi bu naf'din atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori
Bo'lmagaylar bu naf'dn oriy.
Binobarin, dastlab Navoiyning o'zi fors-tojik adabiyoti namunalarini chuqur
o'rgandi, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Hoqoniy, Anvariy, Sa'diy, Hofiz Fariddin Attor,
o'z ustozi va do'sti Abduraxmon Jomiy va boshqalarning boy adabiy merosini
o'zlashtirdi, ularning adabiy-ijodiy an'analarini ona tilida davom ettirdi, «Xazoyin-ul
maoniy»dagina 16 xil adabiy janrda asarlar yaratdi. Buyuk shoir «Xamsa», «Lison-ut
43
tayr», «Maxbub-ul kulub», «Nazm-ul javohir», «Nasoim-ul muxabbat», «Arbain»
singari shox asarlar bilan o'z xalqining adabiy-badiiy durdonalardan bahramand qildi,
ayni zamonda o'z xalqi orasidan yetishib chiqqan shoirlar ona tilida asarlar yaratishga
da'vat etdi.
Navoiy «Muhokamat-ul lug'atayn»da o'zbek tilining boyligini, uning katta
imkoniyatlariga ega ekanligini asoslab bergandan keyin shoirlarga murojaat qilib
bunday deydi: «Andin so'ngrakim, turk tilining jome iyati muncha daloil bila sobit
bo'ldi, kerak erdimki, bu xalq orasidin paydo bo'lg'on tab' salohiyat va tab'larini o'z
tillari torg'och, o'zga til bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar
ikkalasi til bila aytur qobiliyatlari bo'lsa, o'z tillari bila ko'proq aytsalar erdi va yana bir
til bila ozroq aytsalar erdi. Va agar mubolag'a qilsalar, ikkalasi til bila teng aytsalar erdi.
Bu ehtimolga xud yo'l bersa bo'lmaskim, turk ulusining xush tab'lari majnun sort tili
bila nazm aytkaylar va bilkull turk tili bila aytmagaylar, balki ko'pi ayta olmagaylar...».
Navoiy ona tilini forsigo'ylar ta'nasidan butunlay xolos etish uchun ona tilini
tahqirlagan, uni mensimagan shoirlarga qarshi keskin kurash olib bordi. U ilm-fanda
arab tili va badiiy adabiyotda fors-tojik tili an'analarini keskin rad etdi, ona tilining
boyligini, badiiy-uslubiy vositalari, imkoniyatlarini namoyish etdi. Shoir barcha badiiy
asarlari singari «Muhokamat-ul lug'atayn», «Mezon-ul avzon», «Majois-un nafois» va
boshqa ilmiy asarlarini ona tilida yaratdi.
Navoiy «Muhokamat-ul lug'atayn»da boshqa-boshqa oilaga mansub bo'lgan ikki
tilni bir-biriga qiyoslab o'rganish orqali o'zbek tilining ham boy tillardan bo'lib,
g'oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratishda u katta imkoniyatlarga ega ekanligini
isbotlaydi, uning to'liq ma'noda rivojlangan adabiy til ekanligini amaliy ravishda va
ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi.
«Muhokamat-ul lug'atayn»da muallif tilning lug'at boyligi, fonetik tuzilishi va
grammatik shakllari bilan birga so'z va iboralarning uslub xususiyatlarini predmet,
belgi, harakat kabilarni turli tomondan ixcham-qisqa va aniqroq ifodalashda ularning
muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. M: «... Xusn ta'rifida ulug'roq xolgakim,
turklar meng o kuyupturlar».
Bayt: «Aningkim, ol enginda meng yaratdi,
Buyi birla sochini teng yaratdi»
deb yozadi shoir.
Yoki: «Vatomshimokki, g'oyat zavqdin bot ichmas va lazzat topa-topa oz-oz
ichar. Bu grib ma'ni adosida turkcha bu matla' bordurki:»
Bayt: «Sokiy chu ichib, manga tutar kush:
Tomshiy- tomshiy ani qilay nush», deydi.
Navoiy o'zbek tili bilan fors-tojik tilini qiyosiy o'rganish, o'zbek tilining lug'at
boyligini ko'rsatishda xolisona fikrlar bayon qiladi: birining ahamiyatini oshirib,
ikkinchisini kamsitib qaramaydi. Balki har ikkalasi tilga barobar munosabatda bo'ladi,
til xodisalarni, aniq faktlarni chuqur taxlil qilish asosida o'zbek tilining ham fors-tojik
tili singari boy va go'zalligini, ixcham grammatik shakllarga ega ekanligini, unda
chiroyli badiiy asarlar yaratish imkoniyatlari keng ekanligini namoyish qiladi. Bu haqda
Navoiy shunday deydi: «Bu so'zlardan xasm mundoq bilmasun va mudday bu nav'
gumon qilmasunki, mening tab'im turk alfozda muloyim tushgan uchun ta'rifida
mubolag'a izxor qilurmen va forsiy iboratka munosabatim ozroq uchun inkor va nafiyga
isror ko'rguzurmenkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istixosin kishi mendan ko'prak
qilmaydur erkin va salox va fasodin mendin yaxshiroq bilmaydur erkin...» Darhaqiqat,
44
fors-tojik tili Navoiy uchun ikkinchi ona tiliday bo'lgan. U yoshligida ijodiy faoliyatini
shu tilda she'rlar mashq qilish, yozish ilan boshlagan, umrining oxirigacha «Foniy»
taxallusi bilan g'azallar, ruboiy va qasidalar bitgan, maxsus devon tuzgan. Uning fors-
tojik tilidagi asarlarini ustoz Jomiy ham yuqori baholagan.
Ikki tilni qiyoslab o'rganish jaaryonida Navoiy bu tillarga doi barcha masalalarni
to'la hal qilib berish vazifasini qo'ymaydi. U «Muhokamat-ul lug'atayn»da bu
masalaning faqat bir tomoniga – asosan fors-tojik tilida muqobil bo'lmagan o'zbekcha
so'zlarni tahlil qilish bilan chegaralanadi, shular asosida ma'lum xulosalarga keladi.
Aksincha, fors-tojik tillariga arab tilidan kirib qolgan so'zlar haqida hech narsa
demaydi. Xolbuki, o'zbek tilini himoya qilish, uni har xil ta'na- kamsitishlardan
qutqarish uchun har ikkala tilning o'zaro bir-biriga ta'sirini ko'rsatish va shu orqali
o'zbek tilining lug'at boyligi jihatidan badiiy asarlar yaratishda katta imkoniyatlarga ega
ekanligini aniqlash lozim edi. To'g'ri, Alisher Navoiy arab va fors-tojik tillaridan o'zbek
tiliga kirib qolgan so'zlar haqida, o'zbek va fors-tojik tillarining o'zaro aloqasi haqida
bunday deb ma'lumot beradi. «Har miqdorkim bu birining u biri bila omezish va guftu-
guzori bor, ul birning ham bu bir bila xamonchi takallum va gufftori bor».
Ammo qiyosiy tadqiqot o'zbek tilining fors-tojik tiliga ta'sirini va aksincha fors-
tojik tilining o'zbek tiliga ta'sirini, kengroq aniqroq yoritishni taqozo etadi.
Demak, «Muhokamat-ul lug'atayn» o'zbek adabiy tilining takomiliga erishuvi
uchun Navoiy olib borgan kurashning, u amalga oshirgan btun adabiy, ilmiy va
ijtimoiy-siyosiy faoliyatning yakuni, umumlashmasi sifatida maydonga keldi.
Alisher Navoiyni to'la asos bilan va haqli ravishda o'zbek adabiy tilining
asoschisi deb hisoblaymiz. Bu albatta, Navoiy qandaydir yangi bir til yaratdi degan
ma'noni anglatmaydi. Ammo Navoiyning buyuk xizmatlarini kamsitish ham adolatdan
emas.
Shuni ta'kidlash kerakki, ikki shaxs, alohida bir kishi, hatto Navoiy singari daho
iste'dod va qobiliyat sohibi bo'lsa ham, u o'z xalqi tilini yarata olmaydi. Biroq ona
tilining takomili uchun, uning yashirinib yetgan juda katta imkoniyatlarini aniqlash va
namoyon etishda nihoyatda vazifalarni bajarishi mumkin.
Alisher Navoiy XY asr o'zbek adabiy tili uchun, uning kelgusi istiqboli uchun ana
shunday buyuk xizmatlarini ado etdi. Jamiyatning, ijtimoiy hayotning til oldiga yangi
yuksak talabalar qo'yganligini yaxshi tushungan Navoiy xalq jonli tiliga, o'zdan oldin
o'tgan va zamondosh shoir-yozuvchilarning tiliga asoslangan holda asarda tildan
foydalanish usullari va yo'nalishlarini qaytadan ko'rib chiqdi va o'zgartirdi. Buning
natijasida tilda yangi aniq, yerkin, qisqa ranglar, bo'yoqlar paydo bo'ldi, xilma-xil
voqea-xodisalarni, turlicha fikrlar va kechinmalarni badiiy tarzda chiroyli, ixcham,
ta'sirchan qilib fodalash imkoniyati yaratildi. Shuning uchun Navoiy adabiy tili o'sha
davrdayoq uning zamondoshlari va izdoshlari tomonidan eng yaxshi yerkin namunali til
sifatida qabul qilingan edi. Shu tariqa Navoiy she'riyati va nasriy asarlari tili uchun asos
soluvchilik ahamiyatiga ega bo'ldi.
Navoiyning buyuk xizmati shundaki, uning asarlarida o'zbek adabiy tilining
umumxalq me'yorlari ishlab chiqildi va qat'iylashtirildi. Bu me'yorlar uning
zamondoshlari va keyingi avlodlar tomonidan to'la ma'qullandi, yana rivojlantirildi.
Adabiy tilning umumiy me'yorlarini yaratish faqat til qurilishidagina emas, balki uning
turli uslub ko'rinishlarini ham qamrab oldi. Garchi Naoiy yagona umumiy me'yorlarni
badiiy adabiyot tili asosida ishlab chiqqan bo'lsa ham, lekin ular faqat badiiy adabiyot
tilinigina emas, balki umuman o'zbek adabiy tilining keyingi tararqqiyoti uchun ham
muhim manba bo'lib xizmat qildi.
Navoiy yaratgan juda ko'p hikmatli so'z va iboralar xalq maqollariga aylanib
ketsa, uning obrazli badiiy iboralari esa xalqning ibratli hikmatlariga aylandi va o'zbek
45
tili frazeologiyasini boyitdi. Bunday birikma va iboralar orqali u ijtimoiy hayotdagi
voqea-xodisalarning xalq donoligiga xos tipik xususiyatlarni umumlashtirib,qisqa-lo'nda
va mazmunli ifodalash namunalarini ko'rsatdi. Shu tariqa Navoiy o'zining badiiy
asarlari orqali o'zbek adabiy tilining bitmas-tuganmas boyligini ko'rsatdi, uning
istiqbollarini kelgusi taraqqiyot yo'llarini belgilab berdi. Navoiy bu to'g'rida faxrlanib,
«Muhokamat-ul lug'atayn»da: «... umidim uldur va xayolimga andoq kelurkim, suzuv
martabasi avjdin kuyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a'lo darajada o'zga yerni
beganmagay» degan edi. Bu sohada o'z faoliyatini va xizmatlari haqida bir qancha
faxriyalar yozdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |