Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari o’rtasida “Bori elg‘a qilg‘il yaxshilik” nomli o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
BAYONNOMASI
TTJ binosi faollar zali 15.02.2022
15:00
Qatnashdilar:
1. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekanlari - O.R.Avezov
2. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari -
O.R.Haydarov
3. Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri - N.T.Tosheva
4. Fakultetning o‘qituvchilari, Maktabgacha ta’lim yo’nalishining 2MT-21K guruh rahbari S.H.Ro‘ziyeva va guruh talabalari
Kun tartibidagi masala:
1.“Bori elg‘a qilg‘il yaxshilik” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirni yuqori saviyada o’tkazish.
2. Z.M.Boburning hayot yo‘li, ijodi, shohlik va shoirlik faoliyati, qoldirgan boy ma’daniy merosi haqida ma’lumotlar berish.
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani O.R.Avezov tadbirni kirish so’zlari bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini buyuk bobokalonimiz Z.M.Bobur tavvalludining 539 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.R.Haydarov, maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri N.T.Toshevalar ham so’zga chiqib buyuk bobokalonimiz Z.M.Boburning boy ma’naviy merosi, shohlik-shoirlik faoliyati haqida yuz yuritdilar. Z.M.Bobur butun umri mobaynida Vatan sog‘inchi bilan yashagan. O‘z yurtidan yiroqlashib o‘zga yurtlarda o‘z yurtiga qilmoqchi bo‘lgan ezgu amallarini Hindistonda amalga oshirgan. O‘zbek xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni Z.M.Bobur o‘zida mujassam etgan shaxsdir. Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini Z.M.Bobur o‘z asarlarida bayon etgan. Bunday shaxs bizning barchamizga iftixor baxsh etishini ta’kidlab yana bir bor ishtirokchilarni bayram bilan tabriklashdi.
Ko’zlarida Vatanga bo’lgan mehr, iftihor, chaqnab turgan talaba yoshlarimiz Z.M.Boburning ruboiy va g‘azallarini yoddan aytishdi. Boburxonlik tadbiri uchun maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari mumtoz ohanglarga raqsga tushib tashrif buyurganlarning dilini shod aylashdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, Buxorcha mavrigi raqsi ijro etildi. Bu ko‘rinish va lavhalar tomoshabinlarda kata taassurotlar uyg‘otdi.
Tadbir davomida S.H.Ro‘ziyeva buyuk bobokalonimiz Z.M.Bobur hayoti va asarlari haqida yaxshi ma’lumotlar berdi. Z.M.Bobur hayoti haqida P.Qodirovning Yulduzli tunlar hamda Avlodlar dovoni nomli asarlar bilan talabalarni tanishtirdi. Talaba yoshlar tadbirni zo‘r ishtiyoq bilan tinglab, ma`naviy hordiq olishdi. Tadbir ko’tarinki ruhda yuqori saviyada tashkil etildi va kechada faol ishtirok talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Q A R O R Q I L I N D I:
1. “Bori elg‘a qilg‘il yaxshilik” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirni yuqori saviyada o’tkazish namunali tashkil etildi deb topilsin.
2. Navbatdagi tadbirlarda boshqa yo‘nalish talabalari ishtirokini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta`lim fakulteti dekani: O.R.Avezov
Maktabgacha ta`lim kafedrasi mudiri: N.T.Tosheva
Maktabgacha ta`lim kafedrasi o‘qituvchisi: S.H.Ro‘ziyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |