101-A-XTA-AU guruhi talabasi To’rayeva Munojat
“Grammatika" termini yunoncha grammatika so’zidan olingan bo’lib, "yozish san'ati" ma'nosini bildiradi. Grammatika – tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi tilshunoslikning bo`limi. Grammatika so`zlarning gapda o`zgarishi va ularning o`zaro birikib, so`z birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to`plamidirDastlab u yozuv tilini tekshirish bilan shug’ullangan. Bora-bora grammatika tushunchasining doirasi kengayib, yozuvi bo’lmagan jonli tillarni ham tekshira boshlagan, lekin nomi avvalgicha qolgan. Shunday qilib, grammatika terminining ma'nosi kengayib, mavhumlashib, tilshunoslik fanining bir tildagi so’z tuzilishi, gapda so’zlarning o’zgarishi va birikishini o’rganadigan katta manbaga aylanadi. Grammatika odatda ilmning nomi sifatida til qonunlarini, til bilan tafakkurning o’zaro munosabatlari, til taraqqiyoti jarayonida bo’ladigan turli o’zgarishlar, hodisalarni nazariy o’rganib to’g’ri yoritadi. Bular esa tilni amaliy jihatdan o’rganishga katta yordam beradi.
Har bir tilning asosi uning fonetik tizimi, leksikasi va grammatikasidir. Grammatika vositasida kishilar o’z fikrlarini gap orqali ifodalaydylar. Gap, odatda, bir-biri bilan o’zaro bog’langan so’zlardan tashkil topgan bo’ladi.
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya qismida so`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida baxs yuritilsa, sintaksis qismida so`zlarning bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil qilishi tekshiriladi.
Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo leksikologiya leksik so`zni – leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni – so`zning shaklini, so`z shaklini tekshiradi.
So`z shakl va grammatik ma’no
Leksik so`z yoki leksema ma’no va ifoda birligidan iborat bo`lganidek («kitob» leksemasining ma’nosi, yoki mazmun plani - «o`qish quroli» tushunchasini anglatishi, ifodasi yoki ifoda plani k, i, t, o, b tovushlaridan tashkil topishidir), grammatik so`z, yoki so`z shakl grammatik ma’no ham grammatik ifoda (shakl) birliogidan iboratdir. Jumladan, kitob so`zi «o`qish quroli» tushunchasidan tashqari ot, birlik son, bosh kelishik tushunchalarini ham bildiradi. Bunda kitob so`zining «o`qish quroli» tushunchasini ifodalashi uning leksik ma’nosi sanaladi va shu so`zning otga mansubligi, birlik son va bosh kelishikda ekani uning grammatik ma’nosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |