IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
35
IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI
1-amaliy mashg‟ulot. Axborot kutubxona muassasalarinning texnik
ta‟minoti. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona muassasalarinning
texnikaviy tuzilmasi
Ishdan maqsad: Axborot kutubxona muassasalarini texnik ta‘minotini
o‘rganish. Foydalanuvchularga xizmat ko‘rsatishda texnika samaradorligini
aniqlash. Ma‘lumotlarni saqlashda texnika vazifalarini belgilab olish va AKM
uchun texnik tuzilma ishlab chiqish.
Kutubxonaga kompyuterlar olinmasdan avval, kutubxonada qanday ishlarni
avtomatlashtirish mumkin va bunda qanday masalalar hal qilinishi to‗g‗risida
jiddiy o‗ylab ko‗rish lozim. Moliyaviy imkoniyatni ham chamalab ko‗rish va eng
kerakli texnika vositalarini sotib olishni mo‗ljallash kerak. Moliyaviy muammolar
bo‗lganda va kutubxonadagi kadrlar tayyorgarligi yetarli emasligi hamda elektron
pochta va Internetga ulanishda muammolar borligi yuqorida aytilgan fikrning
muhim ekanligini ko‗rsatib turibdi. Bu yerda yana bir narsani hisobga olishga
to‗g‗ri keladi, u xam bo‗lsa texnika vositalarini sotib olish, uni doimo profilaktik
nazorat qilish va butlovchi qismlar bilan ta‘minlashni talab etadi. Bu esa
qo‗shimcha xarajatlar demakdir.
Shaxsiy kompyuter (ShK) elektron kutubxonalarning muhim texnik elementi
hisoblanadi. Bu qo‗llanmada biz ShK lar qurilmalariga to‗xtalib o‗tirmaymiz,
chunki bunga bag‗ishlangan bir qator adabiyotlar mavjud. Ammo shuni alohida
qayd etish lozimki ShK elektron kutubxonada kutubxonachi ish o‗rnidan to
servergacha turli vazifalarni bajaradi, lokal tarmoqdagi barcha jarayonlarni
boshqaradi va axborotlarni uzatadi.
SD tower (CD disk minorasi) – bu qurilma bir paytning o‗zida CD
disklarning bir nechasini yuklash va turli manbalarga murojaat qilish imkoniyatini
beradi. Uni ShK ning maxsus turi sifatida, katta hajmdagi axborotlarga ega
bo‗lgan, bir necha CD disklarda joylashgan katta ma‘lumotlar bazasini
boshqaruvchi kompyuter sifatida qarash mumkin. SD tower lokal tarmoqlar uchun
server vazifasini ham bajarishi mumkin.
Server - bu kompyuter bo‗lib, u bevosita kutubxona jarayonlarini
avtomatlashtirishda (kataloglashtirish, fondni butlash va boshqa) foydalanilmaydi,
ammo u umumiy tizimli resurslarga kirish uchun imkon beruvchi (hisoblash
quvvatlari, ma‘lumotlar bazasi, dasturlar kutubxonasi, printerlar, fakslar va
boshqalar) va bu resurslarni taqsimlovchi kompyuterdir.
IV. AMALIY MASHG‗ULOT MATERIALLARI
36
Bunday kompyuterdan pochta serveri va Internet serveri sifatida ishlatish va
bu yo‗nalishdagi jarayonlarni boshqarishda foydalanish mumkin. Kutubxona
tizimida ishlatilayotgan ko‗plab serverlar juda katta tashqi xotiraga va katta
tezlikka ega ekanligi bilan ajralib turadi, ular katta hajmdagi kutubxona
axborotlarini, masalan, elektron kataloglarni saqlashga mo‗ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: