Uslubiy va huquqiy ta‟minot (UHT) –AK faoliyati uchun zarur uslubiy
ko‗rsatmalar, huquqiy va me‘yoriy hujjatlar majmuidir. AK ning bu ta‘minoti
muhim ta‘minot bo‗lib, u kutubxonachilar faoliyatini huquqiy jihatdan aniqlab
beradi. Uslubiy va huquqiy ta‘minot o‗z ichiga kutubxonalar va unga yaqin sohalar
(axborot texnologiyalari, Internet, elektron resurslar, axborotga ega bo‗lish huquqi
va boshqalar)ni rivojlantirishga mo‗ljallangan hukumat qarorlarini oladi. Bu
qonunlar jumlasiga: «Kutubxonalar haqida qonun», yoki «Kutubxona ishi haqida
qonun», «Majburiy ekzemplyar haqida qonun», «Elektron kutubxonalarni
rivojlantirish dasturi», «Respublikani axborotlashtirish dasturi», «Ma‘lumotlar
bazasi va dasturlar bo‗yicha mualliflik huquqi himoyasi to‗g‗risida qonun» va
boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |