Гулду табиатшунослик факультети 5А140501- кимё (фан йўналишлари бўйича) магистратураси талабаси Худоёров Хамза Муртозовичнинг “Айрим тритерпеноидлар металлокомплекслари синтези”



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/37
Sana15.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119856
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
kasb-hunar kollezhlarida informatika va axborot texnologiyalari kursini oqitishda integratsiyalashgan texnologiyalardan fojdalanish metodikasi.

Yangi mavzuni mustahkamlash.  
O‟qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun  Axborot texnologiyalarida 
qo‟llaniladigan  texnik  vositalar  haqidagi  videofilmni  o‟quvchilarga  namoyish 
etadi.  Buning  uchun  O‟QITUVCHI,  1-BOB,  VIDEO    tugmachalarini  birin-ketin 
bosaganida, ekranga ovozli videofilm namoyish etiladi 2.2.1.3.rasm. 
Videofilm  tugaganidan  so‟ng  o‟qituvchi  guruhni  uchta  kichik  guruhga 
ajratadi  va  har  bir  guruhga  quyidagi  ko‟rinishdagi  tarqatma  materialni  tarqatadi 
2.2.1.4-rasm. 
Guruh a‟zolari kelishgan holda bu tarqatma materialni to‟ldiradilar va xulosa 
qismida o‟z xulosalarini bayon etadilar. 
Tarqatma  material  to‟ldirishga  berilgan  vaqt  tugaganidan  so‟ng,  har  bir 
guruhning bittadan o‟quvchisi doskaga chiqib, guruh fikrini himoya qiladi. Boshqa 


91 
 
guruh o‟quvchilari bergan savollarga javob beradi, javoblar to‟liq  bo‟lmay qolsa,  
shu guruhning boshqa o‟quvchilari  javobni to‟ldiradilar  va baholanadilar. 
O‟tilgan  mavzuning  hajmidan  kelib  chiqib  guruhlarga  beriladigan 
varaqadagi savollar, unga mos xulosalar ham turlicha bo‟lishi mumkin. 
   
Tayanch so’zlar: axborot, texnologiya, axborot texnologiyasi, axborot 
texnologiyasida  qo‟llaniladigan  texnik  vositalar,  axborotlashgan  jamiyat,uning 
ijobiy va salbiy tomonlari..  
O’quvchilarni rag’batlantirish. 
O‟qituvchi  o‟quvchilarni  rag‟batlantirish  uchun  ularni  baholaydi.     
Baholashda quyidagilarga e‟tibor beradi[20]. 
-      o‟quvchilarni  darsga  bo‟lgan  qiziqishlari,  dalillar,  tushunchalar,  va 
tamoyillarni bilishlariga; 
 - axborot texnologiyalarida qo‟llaniladigan texnik vositalarni bilishi; 
- axborot texnologiyalarining qanday sohalarda qo‟llanishini  tushunishi. 
- axborotlashgan jamiyat, uning salbiy va ijobiy tomonlarini tushunib etishi 
va hokazo.  
  O‟qituvchi  darsda  rezyume  texnologiyasini  qo‟llab  o‟quvchilarni 
baholaganda,  ko‟proq  bir  guruhni  birgalikda  baholaydi.  Darsda  o‟quvchini 
individual,  yakka  tartibda  baholash  kerak  bo‟lganda,  yoki  o‟quvchilarni    test 
asosida  baholashi  uchun  dars  tugashiga  15  daqiqa  vaqt  qolganda  elektron  o‟quv-
metodik  qo‟llanmaning  “O‟quvchi”,  “1-BOB”,  “TEST”  tugmachalarini  bosib, 
o‟quvchilar mavzuga mos test savollarini ishlashlari tushuntiriladi [29].  
Mavzu bo’yicha namunaviy  test  savollari 
 
1. 
Texnologiya so’zining ma’nosi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan? 
A. Mahorat 
B. Fan 
V. San‟at, mahorat va fan, ta‟limot 
     G. Texnika 
2 Axborot texnologiyalari fani  nimani o’rgatadi? 


92 
 
A. Axborotlarni jamlashni  
B. Axborotlarni qayta ishlashni 
V.  Axborotlarni  jamlash,  saqlash,  uzatish  va  shu  jarayonlarni  amalga 
oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni 
G. Axborotlarni almashtirishni 
3. Axborot texnologiyasining qanday uskunaviy vositalari mavjud
A. Skaner, plotter, multimediya, elektron doska, videoko‟zgu 
B. Plotter, operatsion sistema, protsessor 
V. Maykrosoft ilova programmalari 
G. Tarmoq tizimi 
 
4.Telefon  tarmog’i  orqali  boshqa  kompyuterlar  bilan  ma’lumot  almashish 
imkonini beruvchi qurilma qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan? 
A. Skaner 
B. Printer 
V. Protsessor 
G. Modem 
5. Interfeys  qanday vazifani bajaradi? 
A.Ma‟lumotlarni saqlovchi qurilma 
B. Ma‟lumotlarni ekranga chiqaruvchi qurilma   
V. Kompyuter imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo‟lib, tashqi  
qurilmalardan  kiritiladigan ma‟lumot (signal)larni kompyuterga qayta ishlash 
uchun qulay holatga  keltirishdan iborat 
G. To‟g‟ri javob yo‟q 
6. Axborotlarning  qanday uzatish usullarini bilasiz? 
A. Aloqa bo‟limi orqali (yozma ravishda), telefon tarmog‟i orqali  (og‟zaki), 
zamonaviy telekommunikatsion vositalar orqali. 
B. So‟zlashuv orqali. 
V. Texnik  qurilmalar orqali. 
G.  Bayonnoma tarzida 


93 
 
7. Axborot texnologiyalarining  qo’llanilayotgan sohalari to’liq ko’rsatilgan 
javobni belgilang! 
        A.  Madaniyatda 
        B.  Aloqa  tizimida,  banklarda,  birjalarda,  ma‟naviyat  sohasida,  ishlab 
chiqarishda,  ta‟lim  sohasida,    sog‟liqni  saqlashda,  xizmat  ko‟rsatish  va  h.k. 
sohalarda 
V. Bilim yurtida 
G. Sifatni aniqlashda 
8. Jamiyatni axborotlashtirishni nechta asosiy yo’nalishga ajratish mumkin. 
        A. 3 ta.             B. 2 ta. 
        V. 7 ta.             G. 5 ta. 
9 .Axborot texnologiyalarining ichki omillariga nimalar kiradi? 
A. Axborotlarni  uzatish 
B. Axborotlashtirish ishlari 
V. Bu axborotlarning paydo bo‟lishi, turlari, xossalari, axborotlar      bilan 
turli amallarni bajarish, ularni jamlash,uzatish, saqlash va h.k. 
G. Javob A, B. 
10. Axborot texnologiyalarining tashqi omillariga nimalar kiradi? 
A. Bu texnik vositalar: kompyuter, skaner,  
B. Videoproektor, videoko‟z, kodoskop 
V. Modem, multimediya vositalari va h.k. 
G. Barcha javoblar to‟g‟ri.  
Testni  echish  tugagach,  har  bir  o‟quvchining  bahosi  o‟zi  ishlab  turgan 
kompyuter ekraniga chiqadi (2.2.11-rasm. 68 - bet) 
Ma‟ruza  darsida  o‟quvchilar  tomonidan  javob  berilgan  testlar  soni  10  ta 
bo‟lib,    9-10  to‟g‟ri  javobga  5  baho,  7-8ta  to‟g‟ri  javobga  4  baho,  5-6  ta  to‟g‟ri 
javobga 3 baho va 5 tadan kam to‟g‟ri javobga 2 baho qo‟yiladi. 
Dars  o‟quvchilarga uyda mustaqil  bajarish uchun topshiriqlar berish bilan 
yakunlanadi.        
 


94 
 
“Axborot texnologiyalari” fanining jamiyatdagi o’rni va ahamiyati» mavzusining 
texnologik xaritasi 
Mashg‟u
lot 
bosqichl
ari 
Faoliyat 
Vaqt 
         O‟qituvchi 
             O‟quvchilar 
1-
bosqich 
Kirish. 
Salomlashish. Yangi mavzuni 
doskaga yozib, uning maqsadi va 
kutilayotgan natijani e‟lon qilish. 
   Diqqat bilan o‟qituvchini 
tinglash,  yangi mavzuni yozib 
olish. 
5da- 
qiqa 
2-bosqich 
Yangi 
mavzuga 
kirish 
 Guruhga muammoli savollar bilan 
murojaat etish va muammoga 
elektron o‟quv metodik 
qo‟llanmadagi slaydlar bilan  yakun 
yasash 
Berilgan vazifani tushunib olish, 
muammoli savollarga javob 
topishga harakat qilishi 
10 
daqiqa 
3-bosqich 
Mavzuni 
ishlash. 
    Mavzuga mos videoni elektron 
o‟quv metodik qo‟llanmadan 
namoyish etish 
   Videoni tomosha qilish, 
10 
daqiqa  
4-bosqich 
Yangi 
mavzuni 
mustah 
kamlash 
      Topshiriqni rezyume 
texnologiyasi asosida o‟quvchilarga 
berish va ularning javobini    
tinglash 
Topshiriqni bajarish va o‟z fikr-
mulohazalari bilan ishtirok etish 
20 
daqiqa 
5-osqich 
test 
echish 
Test savollariga javob topishni 
kuzatib borish 
 Mavzuga mos testni echish 
20 
daqiqa 
6-bosqich. 
Yakuniy 
   Mavzuni yakunlash, uyga vazifa 
berish. 
    Uyga vazifani 
  yozib olish 

daqiqa  
 Jami  
 
 
80 
daqiqa 
 
Yaratilgan  elektron  o‟quv-metodik  qo‟llanmada  to‟qqiz  bob  bo‟yicha 
nazariy  ma‟lumotlar,  har  bir  bobga  mos  slaydlar,  atamalarning  izohli  lug‟ati 
berilgan  bo‟lib,  o‟qituvchi  uchun  nazariy  mashg‟ulotlarni  olib  borish  davomida  
ulardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‟ladi. Kasb-hunar kollejlarida «Axborot 
texnologiyalari fanidan nazariy mashg‟ulotlarni o‟tkazishda interfaol usullar bilan 
bir  qatorda    multimediali    elektron  o‟quv-metodik    qo‟llanmadan  uyg‟unlashgan 
holda  foydalanish  faqat  interfaol  usuldan  yoki  faqatgina  multimedia  vositasidan  
foydalanishdan ko‟ra  samaraliroq ekanligini ko‟rsatdi.   


95 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish